20 oktabr, yakshanba

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga boradi 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 aprel kuni Sirdaryo viloyatiga boradi.

Sherzod Kudbiyev bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bo‘ldi 

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Sherzod Kudbiyev bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bo‘ldi.

Abduqahhor To‘xtayev qurilish vaziri bo‘ldi 

Toshkentning Olmazor tumani hokimi Abduqahhor To‘xtayev qurilish vaziri etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tabrikladi 

O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjonning amaldagi prezidentini ushbu lavozimga qayta saylangani bilan tabrikladi.

Prezident davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirishga topshiriq berdi 

Prezident davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari va muddatlarini tubdan qisqartirish, blank va shakllarni sezilarli darajada optimallashtirishga topshiriq berdi.

Shavkat Mirziyoyev Jazoir xalqiga hamdardlik yo‘lladi 

O‘zbekiston prezidenti Jazoir prezidentiga Il-76 qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.

Bosh prokuror o‘rinbosari tayinlandi 

Prezident G‘ayrat Hidoyatovni bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinladi.

«Ilmdagi 90-yillardagi sharoitimiz hozirgiga nisbatan yuz karra yaxshi edi» — prezident 

«Hech qanday rivojlanish bo‘lmadi. Ilmdagi 90-yillardagi sharoitimiz hozirgiga nisbatan yuz karra yaxshi edi», — dedi prezident olimlar bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari chegaradagi hodisani muhokama qildi 

Abdulla Aripov va Sapar Isakov telefon orqali muloqotda O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida qirg‘iz fuqarosining o‘limiga olib kelgan hodisani muhokama qildi.

Fayzulla Qosimov IIV AT, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasi rahbari bo‘ldi 

Fayzulla Qosimov IIV Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Qirg‘iziston fuqarosi O‘zbekiston chegarachilar tomonidan otilgan o‘qdan halok bo‘ldi 

Chegarani noqonuniy kesib o‘tgan Qirg‘iziston fuqarosi o‘zbek chegarachilari tomonidan otilgan o‘qdan halok bo‘ldi. Tergov harakati olib borilmoqda.

Prezident devonida yangi xizmat tashkil etildi 

O‘zbekiston Prezidenti devonida Huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish va islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash xizmati tashkil etiladi.