5 iyul, yakshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Siyosat

14 avgust 2018, 10:56

O‘qituvchilarning maoshi oshirildi

Prezident qarori asosida 2018 yil 1 sentyabrdan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining maoshi 1,1 baravarga, yuqori sinf o‘quvchilari uchun o‘rtacha 1,24 baravargacha oshirildi.

14 avgust 2018, 10:03

Toshkent shahar Xalq qabulxonasiga yangi mudir tayinlandi

Tohir Oxunovich Mullajonov O‘zbekiston prezidentining Toshkent shahar Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlandi.

13 avgust 2018, 19:04

To‘y va boshqa marosimlarni tartibga solish bo‘yicha komissiyalar tuziladi — Senat

Senat majlisida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

13 avgust 2018, 15:12

Jaloliddin Rahimov UZINFOCOM rahbari bo‘ldi

2005−2012 yillarda UZINFOCOM markazini boshqargan Jaloliddin Rahimov yana bosh direktor bo‘ldi.

11 avgust 2018, 15:43

«Tolibon» harakati delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

«Tolibon» harakatining Doxadagi siyosiy idorasi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

11 avgust 2018, 11:23

Emomali Rahmon 17−18 avgust kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Tojikiston prezidenti 17 yil ichida ilk bor O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi.

10 avgust 2018, 10:31

Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Shukurov Elbek Habibullayevich Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

9 avgust 2018, 18:31

Aholidan chiqindilar bo‘yicha to‘lovlar Majburiy ijro byurosi tomonidan yig‘iladi

Shavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni atrof-muhitni muhofaza qilish, maishiy chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

9 avgust 2018, 16:37

AKT vazirligida rahbar o‘zgardi

AKT vaziri Azim Axmedxodjayev vazifasidan ozod qilindi. Loyiha boshqaruvi milliy agentligining sobiq direktori Shuhrat Sodiqov AKT vazirligiga rahbar bo‘ldi.

9 avgust 2018, 16:18

Maxsum Mahmudov yana UNICON.UZ markaziga rahbar bo‘ldi

Maxsum Mahmudov yana UNICON.UZ Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

9 avgust 2018, 14:27

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsuli tayinlandi

Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsuli etib tayinlangan Abdusalom Hatamov Toshkent shahridan jo‘nab ketdi.

9 avgust 2018, 14:17

Boshqaruv organlarining virtual makonda ishtiroki faollashtiriladi

2018 yil 7 avgustda «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Hukumat qarori e’lon qilindi.

9 avgust 2018, 13:33

Qonunchilikning to‘liq inventarizatsiya qilinishi kutilmoqda

O‘zbekistonda qonunchilik inventarizatsiya qilinib, muayyan sohalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tizimlashtiriladi.

9 avgust 2018, 11:25

Toshkent shahridagi 4 ta tuman soliq inspeksiyalariga yangi boshliq tayinlandi

Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatining 2018 yil 8 avgustdagi buyrug‘iga asosan Toshkent shahrining to‘rtta tuman davlat soliq inspeksiyalariga yangi boshliq tayinlandi.

9 avgust 2018, 11:14

Bojxona organlari o‘z bayrog‘i va farqlash belgisiga ega bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining bayrog‘i va farqlash belgisi tasdiqlandi.

8 avgust 2018, 20:49

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari telefon orqali suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an telefon orqali muloqotda ikki mamlakat hamkorligi va bo‘lg‘usi uchrashuvlarni muhokama qildi.

8 avgust 2018, 17:34

TXVU talabasi Davlat turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari v. b. etib tayinlandi.

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti talabasi Saidakbarxon Akbarov Davlat turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari v. b. etib tayinlandi.

8 avgust 2018, 16:22

Mudofaa vazirligida Tojikiston delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Tojikiston Respublikasi mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.

8 avgust 2018, 15:56

Ravshan G‘ulomov Davlat raqobat qo‘mitasi raisi lavozimini tark etdi

Davlat raqobat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan Ravshan G‘ulomov Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentiga rahbar bo‘ldi.

8 avgust 2018, 14:45

Brigadalar va alohida batalonlarda «harbiy psixolog» lavozimi joriy etildi — Qurolli Kuchlar

Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.