13 iyul, dushanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Siyosat

5 aprel 2019, 13:02

O‘zbekiston va Turkmaniston tovar aylanmasi hajmini 70 foizga oshirdi

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yili 302 mln dollarga oshib, avvalgi yilga nisbatan 70 foizga ko‘paydi.

5 aprel 2019, 12:32

Shayxontohur tuman hokimi va yetti nafar DSI rahbarlari ishdan olindi

Byudjetga soliqlarning tushishi bilan bog‘liq prognozlar bajarilmagani sababli prezident Shayxontohur tumani hokimini vazifasidan ozod qildi.

5 aprel 2019, 00:19

Prezident soliq islohotlariga xalal berayotgan muammolarni bartaraf etishga topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat byudjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

3 aprel 2019, 23:24

Prezident yoshlar va xotin-qizlar manfaatlariga xizmat qiluvchi 5 ta tashabbus bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbus bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

2 aprel 2019, 16:56

Surxondaryo viloyati hokimi ishdan bo‘shatildi

Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov bosh vazir Abdulla Aripov tashrifidan so‘ng vazifasidan ozod qilindi. Ishdan bo‘shatilishiga taxminiy sabab — xalqaro baxshichilik festivaliga qoniqarsiz tayyorgarlik.

1 aprel 2019, 20:25

Prezident BAAga tashrif yakunidagi kelishuv va bitimlarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

Shavkat Mirziyoyev BAAga rasmiy tashrif doirasida erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni amalga oshirishni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

1 aprel 2019, 16:37

O‘zbekiston Samarqandda Afg‘oniston bo‘yicha tinchlik muzokaralarini o‘tkazishni taklif qildi

O‘zbekiston delegatsiyasi Kobulga tashrif vaqtida Samarqandda Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» harakati o‘rtasida muzokaralar o‘tkaishni taklif qildi.

1 aprel 2019, 13:22

Buxoro viloyatida uch hokim va ikki universitet rektori o‘zgardi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifidan so‘ng Buxoro viloyatida uchta tuman hokimi va ikkita universitet rektori o‘zgardi.

30 mart 2019, 20:44

Shavkat Mirziyoyev: «Buxoro viloyatini xotin-qizlar masalalari bo‘yicha eng namunali hududga aylantirishimiz kerak»

Prezident Buxoro viloyatida 35 mingdan ziyod ayollar ish bilan ta’minlanmagani, xotin-qizlar jinoyatchiligi saqlanib qolayotganini tanqid qildi.

30 mart 2019, 19:00

Prezident Buxoroni «sayohatlar chorrahasi"ga aylantirish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev Buxoroni «sayohatlar chorrahasi"ga aylantirish, shahar tarixi muzeyini qurish, ko‘ngilochar maskanlar, hunarmandlar markazlari va Buxoroning eski shahar qismida turistlar piyoda sayr qiladigan yo‘nalishlar tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

29 mart 2019, 10:45

Energetik tengsizlik

O‘zbekistonning energetika tarmog‘idagi narx siyosati kamabag‘allar yanada kambag‘alroq, boylar esa yanada boyroq bo‘lishiga olib kelmoqda, deb yozadi iqtisodchi Behzod Hoshimov.

29 mart 2019, 10:17

Prezident Buxoroga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi.

28 mart 2019, 16:44

Shavkat Mirziyoyevning BAAga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.

28 mart 2019, 15:56

MDH chegarachilari 2019−2020-yillarda maxsus operatsiyalar o‘tkazadi

MDH chegarachilari yaqin ikki yilda maxsus operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rish hamda 2020-yilda MDHning tashqi chegaralari bo‘ylab estafetalar o‘tkazish masalalari muhokama qildi.

28 mart 2019, 14:56

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Qizilo‘rda viloyatida vertolyot qulab tushgani munosabati bilan Qozog‘iston rahbariga hamdardlik bildirdi.

27 mart 2019, 16:51

Shavkat Mirziyoyev «Masdar City» texnoparki bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklaridagi «Masdar City» texnoparkiga tashrif buyurdi.

26 mart 2019, 17:40

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri, Dubay amiri bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev BAAga rasmiy tashrifi doirasida BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokara o‘tkazdi.

25 mart 2019, 18:10

O‘zbekiston va BAA o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi

Abu-Dabi shahridagi «Qasr al-Vatan» saroyida O‘zbekiston Respublikasi prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

25 mart 2019, 16:10

Shavkat Mirziyoyevning BAA Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi.

25 mart 2019, 14:55

Shavkat Mirziyoyev «Vahat al-Karama» yodgorligida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahridagi Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon maqbarasi hamda masjidini ziyorat qildi.