Siyosat

3 fevral 2020, 19:01

Prezident Tramp Markaziy Osiyoga nisbatan yangi strategiyani e’lon qiladi — Pompeo

AQSH davlat kotibi Tramp ma’muriyati AQSHning Markaziy Osiyoga nisbatan yangi strategiyasi ustida ish olib borayotganini bildirdi. U tez orada e’lon qilinadi.

3 fevral 2020, 18:52

AQSH O‘zbekistonga ko‘proq iqtisodiy ko‘mak berishini ma’lum qildi

AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan yopiq eshiklar ortida muloqot o‘tkazdi. Qo‘shma bayonot vaqtida diplomatlar iqtisodiy hamkorlik masalalariga katta urg‘u berishdi. Pompeo diniy erkinlik va inson huquqlariga ham to‘xtaldi.

2 fevral 2020, 09:57

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev koronavirus tarqalishining fojiali oqibatlari sababli Si Szinpinga hamdardlik bildirdi. U O‘zbekiston kasallik tarqalishiga birgalikda qarshi kurashish choralarini Xitoy bilan yaqindan muvofiqlashtirishga tayyorligini bildirdi.

1 fevral 2020, 12:19

Amaldorlar xarajatlari va daromadlarining muvofiqligi nazorat qilinadi

O‘zbekistonda yangi tashkil etilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish organi davlat xizmatchilari xarajatlari va daromadlarining muvofiqligini nazorat qiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev kichkina bir bojxona posti boshlig‘ining uyidan 400 ming dollar topilganini ma’lum qildi.

1 fevral 2020, 11:19

Hokimlarning mahalliy deputatlarga rahbar bo‘lishiga chek qo‘yiladi

Senat raisi Tanzila Narbayeva kelgusida hokimlar mahalliy deputatlar ustidan rahbarlik qilmasligi, ijro hokimiyati va vakillik organlari ajratilishini ma’lum qildi.

1 fevral 2020, 10:13

«Hali ko‘p rektorlarni ishdan bo‘shatamiz» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident tez orada bir qator oliy ta’lim muassasalari rektorlarini ishdan bo‘shatish haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning ba’zilari hatto qorovul bo‘lib ishlashga ham loyiq emas.

31 yanvar 2020, 14:53

O‘zbekistonda geologiya sohasida yangi universitet tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasida faoliyat ko‘rsatadigan yangi universitet kampusiga tamal toshi qo‘ydi.

31 yanvar 2020, 11:51

Transport sohasi rahbarlari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi

Hukumat qarori bilan transport sohasi rahbarlari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. Bu ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga qaratilgan. Uzbekistan Airways boshqaruvchisi v. b. Baxtiyor Xakimovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi.

31 yanvar 2020, 10:43

Ulug‘bek Qosimxo‘jayev lavozimidan ozod qilindi

Davlat turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari v. b. lavozimida ishlagan Ulug‘bek Qosimxo‘jayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi.

29 yanvar 2020, 20:02

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva AOKAdagi lavozimlarini tark etdi

AOKA direktori v. b. Komil Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva nodavlat sektorda ishlash maqsadida o‘z lavozimlarini tark etdi. Dilshod Saidjanov AOKA direktori v. b. etib tayinlandi.

28 yanvar 2020, 15:54

Xitoy Uxandagi chet elliklarni evakuatsiya qilishni rejalashtirayotgani yo‘q

Xitoy hukumati Uxandagi chet el fuqarolarini evakuatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqayotgani yo‘q. Shu bilan birga, Xitoy chet el fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha majburiyatlarni bajarishini ma’lum qildi.

28 yanvar 2020, 10:24

Zoyir Mirzayev — Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev haqida

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev O‘zbekistonning ikki prezidenti — Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyevning sifatlari va siyosatini taqqosladi.

27 yanvar 2020, 16:59

Andijonda yoshlar 10 kun muddatga hokim va uning o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlanmoqda

«Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasi doirasida viloyatdagi barcha hokimlik rahbar lavozimlari yoshlarga topshirilmoqda. Ular 10 kun muddat Andijon viloyatini hokim Shuhrat Abdurahmonov bilan birga boshqaradi.

27 yanvar 2020, 16:36

Ishchi guruh o‘zbek-tojik chegara chizig‘iga oydinlik kiritmoqda

O‘zbekiston hukumati ishchi guruhining Dushanbega safarida umumiy chegara delimitatsiya masalalariga oydinlik kiritishi kutilmoqda.

27 yanvar 2020, 16:19

Ozodbek Nazarbekov vazir sifatida jamoaga tanishtirildi

Madaniyat vazirligida Ozodbek Nazarbekov yangi lavozimda jamoaga tanishtirildi. Tadbirda bosh vazir Abdulla Aripov hamda sobiq vazir, ayni paytda senator Baxtiyor Sayfullayev ham ishtirok etdi.

27 yanvar 2020, 12:19

O‘zbekiston kun tartibida siyosiy muammolar yo‘q — Abdulaziz Komilov

O‘zbekiston tashqi siyosatda integratsiyalardan chetda qolishi mumkin emas, deya fikr bildirdi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov. U YeOII, Yevropa Ittifoqi va Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik borasida mulohazalarini bildirdi.

26 yanvar 2020, 18:25

Zoyir Mirzayev ariq voqeasi bo‘yicha ilk bor izoh berdi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ilk bor ariq voqeasi bo‘yicha izoh berdi. U katta xulosa chiqargani va xatolar uchun javob berish kerakligini tushunib yetganini aytib o‘tdi.

25 yanvar 2020, 19:28

Propiska tizimi ochiq tanqid qilinmoqda

Parlament va hukumat vakillari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan so‘ng mavjud propiska tizimini ochiq tanqid qila boshladi.

25 yanvar 2020, 17:41

Murojaatnomadan xulosalar: O‘zbekiston muhtasham 10 yillikka kirib bormoqda

Parlament va hukumat vakillari prezident murojaatnomasi bo‘yicha munosabatini bildirishdi. Moliya vaziri raqamli iqtisodiyot nega kerakligini tushuntirdi.

24 yanvar 2020, 23:12

Maykl Pompeo O‘zbekistonga fevralda tashrif buyuradigan bo‘ldi

AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo 2−3-fevral kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U prezident bilan uchrashadi va Toshkentda vazirlar yig‘ilishida ishtirok etadi. Tashrif yanvar oyida rejalashtirilgan edi, ammo kechiktirildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting