29 mart, yakshanba

Siyosat

Prezident «Raqamli Toshkent» loyihasi bilan tanishdi 

Pezident ta’lim, tibbiyot, uy-joy kommunal, transport, qurilish, kadastr va boshqa sohalarni qamrab oluvchi «Raqamli Toshkent» loyihasi bilan tanishdi. Bu yil shahar miqyosida elektron tibbiyot kartasi joriy etiladi.

Sardor Umurzoqov nomzodi bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga ma’qullandi 

Qonunchilik palatasi bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga ma’qulladi.

Olmazor tumaniga prokuror tayinlandi 

Toshkent shahar prokurorining katta yordamchisi bo‘lib ishlagan Oybek Mannonov Olmazor tumani prokurori etib tayinlandi.

Hukumat jahon bozorlaridagi vaziyatning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini muhokama qildi 

O‘zbekiston hukumati xalqaro moliya va tovar bozorlaridagi vaziyatning mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sirini kamaytarish bo‘yicha choralarni ishlab chiqmoqda. So‘m kursi hozircha barqaror deb baholanmoqda.

Neft narxi keskin pasaydi, rubl arzonlashdi — jahon birjalaridagi qulashlar 

Brent neft narxi 35 AQSH dollari atrofida bo‘lib turibdi, rubl so‘nggi to‘rt yil ichida keskin arzonlashdi, jahon birjalari qulashni boshladi. Buning sabablari va oqibatlari — «Gazeta.uz» sharhida.

«Hokimlar yerto‘lani tozalash bilan shug‘ullanadigan vaqt o‘tdi» — prezident 

«Toshkentda juda katta resurslar bor. Hozircha ularning yarmidan ham foydalanilmayapti», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident hokimlar yerto‘la tozalashni bas qilib, tadbirkorlikni rivojlantirish bilan shug‘ullanish vaqti kelganini ta’kidladi.

O‘zbekiston YeOII bilan kuzatuvchi-davlat maqomida hamkorlik qilmoqchi 

Vazirlar Mahkamasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi-davlat maqomida hamkorlik qilish taklifini ma’qulladi. Ushbu taklif Oliy Majlisga kiritiladi.

Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi 

«O‘zagrokimyohimoya» boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan Olimjon Isayev Namangan shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Kattaqo‘rg‘on shahriga ham ayol kishi hokim etib tayinlandi 

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahriga senator Gavhar Alimova hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Deputatlar Davlat ekologiya qo‘mitasining yangi rahbarini tasdiqladi 

Qonunchilik palatasi Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimiga Shavkat Abdurazzoqovning nomzodini tasdiqladi. Bungacha u Namangan hokimi bo‘lib ishlagan.

O‘zbekiston Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasiga qo‘shildi 

O‘zbekiston Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasiga qo‘shildi. XXHGKga a’zolik milliy qonunchilikka bir qator o‘zgartishlar kiritish, jumladan, xorijdagi fuqarolar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga imkon beradi.

Adib Isajon Sulton vazir maslahatchisi etib tayinlandi 

«Boqiy darbadar» romani muallifi Isajon Sulton Innovatsion rivojlanish vaziriga maslahatchi etib tayinlandi.