8 avgust, shanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Siyosat

1 noyabr 2019, 17:14

BMTning maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahidning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda

2020 yil boshida BMTning Din yoki e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahidning O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.

1 noyabr 2019, 17:13

Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi bosh vazirini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi majlisi doirasida Toshkentda bo‘lib turgan Belarus bosh vaziri Sergey Rumasni qabul qildi.

1 noyabr 2019, 16:32

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bosh vazirini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun kelgan Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.

1 noyabr 2019, 15:54

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Maminni qabul qildi.

1 noyabr 2019, 15:43

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi bosh vazirini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHTga a’zo davlatlar bosh vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun kelgan Qirg‘iz Respublikasi bosh vaziri Muhammadqaliy Abilg‘aziyevni qabul qildi.

1 noyabr 2019, 11:20

Parlament a’zolari Davlat dasturi bajarilishi yuzasidan hukumat hisobotini eshitdilar

Parlamentda Vazirlar Mahkamasining «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturining 2019 yil uchinchi choragidagi bajarilishining borishi to‘g‘risida"gi hisoboti eshitildi.

1 noyabr 2019, 11:12

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevni qabul qildi.

1 noyabr 2019, 09:13

Toshkent va London sheriklik va hamkorlik kelishuvini imzoladi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya «Breksit» sodir bo‘lgan taqdirda ikki davlat aloqalari uzilib qolmasligi uchun sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi.

31 oktabr 2019, 18:22

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati va 2020 yilga mo‘ljallangan parametrlar ko‘rib chiqildi

Shavkat Mirziyoyev makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati, davlat byudjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020 yilga mo‘ljallangan parametrlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

30 oktabr 2019, 12:48

Adliya vazirligi bosh vazir nomzodi qanday tasdiqlanishi haqida ma’lumot berdi

Adliya vazirligi ayrim bloger va OAVlar tomonidan bosh vazir nomzodini tasdiqlash yuzasidan qonunchilikka zid ma’lumot tarqatish, har xil asossiz so‘rovlar o‘tkazish holatlari uchrayotganini bildirdi.

29 oktabr 2019, 10:13

Xorijdagi o‘zbekistonliklar konsullik ro‘yxatidan o‘tmasdan turib saylovda qatnashishlari mumkin

Endilikda xorijda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari Qonunchilik palatasi saylovida qatnashishlari uchun konsullik ro‘yxatiga kirishlari shart emas.

26 oktabr 2019, 20:51

Jizzax viloyati hokimining yangi o‘rinbosari va ikkita tumanga hokimlar tayinlandi

Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod qilingan Zafar Ro‘ziyev Jizzax viloyatining Zarbdor tumaniga hokim bo‘ldi.

26 oktabr 2019, 17:29

Qashqadaryoda viloyatning barcha rahbarlari almashdi (to‘liq o‘zgarishlar)

Qashqadaryo viloyatiga Zoyir Mirzayev hokim bo‘ldi. Zafar Ro‘ziyev, uning ikki o‘rinbosari, IIB, prokuratura va soliq xizmatlari rahbarlari, Qarshi va bir qator tumanlar hokimlari ishdan bo‘shatildi.

26 oktabr 2019, 17:26

Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyat hokimi v.b. etib tayinlandi

Sharof Rashidov tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Mirzayev Zoyir Toirovich Qashqadaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

26 oktabr 2019, 09:07

«Endi banklar „o‘z aravasini o‘zi tortishi“ kerak» — prezident

«Endi banklar resurs jalb etish bo‘yicha „o‘z aravasini o‘zi tortishi“ kerak», — deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. So‘nggi ikki yil ichida banklar kapitalizatsiyasini oshirish uchun 3,3 mlrd dollar berildi, biroq ushbu mablag‘lardan samarali foydalanilmadi, dedi u.

25 oktabr 2019, 19:54

O‘zXDP g‘alaba qozongan taqdirda, Ochilboy Ramatov nomzodini bosh vazir lavozimiga ilgari surishini ma’lum qildi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dekabrdagi saylovlarda g‘alaba qozongan taqdirda, Ochilboy Ramatov nomzodini bosh vazir lavozimiga ilgari surishni rejalashtirmoqda. Boshqa partiyalar munosib nomzodlar zaxirasi mavjudligini ma’lum qildi, biroq ular nomini oshkor etmadi.

23 oktabr 2019, 19:40

Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi

Shavkat Mirziyoyev sanoatni rivojlantirish, neft-gaz mahsulotlari ishlab chiqarish va iste’molchilarga muntazam yetkazib berish borasidagi ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

22 oktabr 2019, 19:51

Sherobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Alisher Amirov Sherobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.

22 oktabr 2019, 09:11

Prezident — o‘zbek tili nufuzini oshirish to‘g‘risida

Shavkat Mirziyoyev barcha sohalarda o‘zbek tilidan to‘laqonli foydalanish, lotin yozuviga asoslangan alifboni takomillashtirish va boshqa millat vakillarining til o‘rganishi uchun sharoitlar yaratishning muhimligini ta’kidladi.

22 oktabr 2019, 08:44

Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etiladi. Yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish bo‘yicha Atamalar komissiyasi tuzilmoqda.