18 iyun, seshanba

Siyosat

Toshkentning beshta tumanida davlat soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi 

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Sergeli, Shayxontohur va Bektemir tumanlari davlat soliq inspeksiyalarida yangi rahbarlar ish boshladi.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun 13 iyun kuni Bishkekka jo‘nab ketdi.

Toshkent viloyatidagi ikkita tumanga yangi hokimlar tayinlandi 

Toshkent viloyatining Ohangaron va Quyi Chirchiq tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.

6 shahar va 1 ta shaharcha respublika bo‘ysunuviga o‘tkazildi 

Oltita shahar va bitta shaharcha respublika bo‘ysunuviga o‘tkazildi, ularni rivojlantirish Vazirlar Mahkamasidagi yangi bo‘limga yuklatildi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tabrikladi 

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev Bishkek va Dushanbedagi sammitlarda ishtirok etadi 

Shavkat Mirziyoyev 13−14 iyun kunlari Bishkekdagi SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishi, 15 iyunda esa Dushanbeda Osiyoda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash anjumanida ishtirok etadi.

Prezident Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbarini qabul qildi 

O‘zbekiston prezidenti hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari investitsiya loyihalarini va kreditlarni o‘zlashtirishni tezlashtirish, bankning mamlakatdagi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi ko‘magini kengaytirishni muhokama qildi.

Buyuk Britaniya elchisi O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlamoqda 

Buyuk Britaniya elchisi Kristofer Allan O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlamoqda.

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Toqayevni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi 

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qilib, Qozog‘iston prezidenti saylovida ishonchli g‘alabaga erishgani bilan tabrikladi.

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev vatandoshlarni Ramazon hayiti bayrami bilan tabrikladi.

Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi 

G‘ulomjon Ibragimov Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Rustam Xolmatov zimmasiga hudud rahbari vazifasini bajarish yuklatildi.

Toshkent viloyati uchun 784 ta investitsiya loyihasidan iborat yangi dastur shakllantirilgan 

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi korxonalar va ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha dolzarb vazifalarni belgilab berdi.