24 fevral, dushanba

Siyosat

Adham Ikromov Almazbek Atambayev bilan uchrashdi 

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari va Qirg‘iziston Prezidenti ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirishni muhokama qildi.

O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi muhokama uchun e’lon qilindi 

Prezidentning O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Yuridik xizmatlar faoliyatini takomillashtirish taklif qilinmoqda 

Yuridik xizmatlar faoliyatini yaxshilash to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

Huquqiy ma’lumotlar tashviqoti kengaytiriladi 

Adliya vazirligi aholi o‘rtasida yangi huquqiy-normativ aktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar targ‘ibotini kengaytiradi.

O‘zbekiston va RF bosh prokurorlari uchrashdi 

O‘zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev Moskvada rossiyalik hamkasbi Yuriy Chayka bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga hamdardlik bildirdi 

Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atambayevga Boing-747 yuk samolyoti qulashi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Prezident: “30 mingga yaqin fuqaro xorijda davolanishga majbur bo‘lmoqda” 

Har yili 30 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi xorijda davolanishga majbur bo‘lmoqda, dedi Prezident.

Prezident bosh vazirning ikki nafar o‘rinbosariga xayfsan e’lon qildi 

Prezident “O‘zneftmahsulot” va “O‘zeltexsanoat” rahbarlarini ishdan bo‘shatib, bosh vazir o‘rinbosarlari Rozuqulov va Ibragimovga xayfsan e’lon qildi.

Prezident Vatan himoyachilarini mukofotladi 

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, Mudofaa vazirligi va FVVning bir guruh xodimlari Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mukofotlandi.

O‘zbekiston o‘z harbiy sanoat majmuasini bunyod etadi 

Prezident Qurolli Kuchlarni qayta ta’minlash va harbiy sanoat majmuasini barpo etish zarurligini ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev BAAga hamdardlik yo‘lladi 

O‘zbekiston Prezidenti BAA rahbariga mazkur mamlakat vakillarining Qandahorda nobud bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston poytaxtlari hamkorlikni kengaytiradi 

Toshkent hokimi va Qirg‘iziston elchisi ikki mamlakat poytaxtlari hamkorligini muhokama qildi.