31 may, yakshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Siyosat

29 may 2020, 23:36

Toshkentning Sergeli tumanida kichik tuman tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan alohida “Yangi hayot” kichik tumanini tashkil etish taklifini bildirdi.

29 may 2020, 19:46

Prezident Zangiotada ko‘p tarmoqli maxsus shifoxona qurilishi bilan tanishdi

Prezident Zangiota tumanida barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli maxsus shifoxona qurilishi bilan tanishdi. Muassasa 2 ming o‘ringa mo‘ljallangan. Lekin 4 ming o‘ringacha transformatsiya qilish imkoniyati bor.

29 may 2020, 18:56

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Furqat Sidiqov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

29 may 2020, 18:08

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri tayinlandi

Alisher Yakubov Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi. U hozirga qadar Qoraqalpog‘iston Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyati yuritib kelayotgan edi.

29 may 2020, 13:36

Qiynoqning oldini olish qo‘mitasi tashkil etilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda alohida huquqni muhofaza qilish organi — Qiynoqning oldini olish qo‘mitasi tashkil etilishi kutilmoqda. Qo‘mita o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari, ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshirib, prezident va Oliy Majlis palatalariga hisobdor bo‘ladi.

28 may 2020, 17:26

Marhamat tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bobirbek Yuldashev Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi etib tayinlandi. U tayinlovga qadar prezident Administratsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘'basi bosh inspektori bo‘lib ishlagan.

28 may 2020, 14:29

“COVID-19 tufayli afg‘on xalqiga yordamni kengaytirish zarur” — TIV

“O‘zbekiston — AQSH — Afg‘oniston” birinchi uch tomonlama majlisida COVID-19 pandemiyasi tufayli afg‘on xalqiga insonparvarlik yordamini berish, avvalo, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

28 may 2020, 12:02

15 aprel — “Madaniyat va san’at xodimlari kuni”

To‘liq jonli ijroda o‘tkazilgan konsert dasturlari uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma beriladi, 15 aprel mamlakatda “madaniyat va san’at xodimlari kuni” deb e’lon qilindi — madaniyat va san’at sohasidagi muhim o‘zgarishlar.

28 may 2020, 11:54

Madaniyat vazirligi faoliyati takomillashtiriladi

Madaniyat vazirligi faoliyati takomillashtiriladi. Jumladan, Madaniy meros departamentida Badiiy ekspertiza boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi va O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi Madaniyat vazirlik tizimiga o‘tkazildi.

27 may 2020, 15:17

Uchta yangi davlat mukofoti ta’sis etildi

O‘zbekistonda “Salomatlik” ordeni, “Sog‘lom turmush” medali va “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Ular koronavirus pandemiyasi davrida, tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat ko‘rsatganlarga, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga hissa qo‘shganlarga beriladi.

26 may 2020, 18:19

To‘rtko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining maxsus farmoyishi bilan Rustam Shamuratov To‘rtko‘l tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

26 may 2020, 17:15

Adliya vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

2017−2020 yillarda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Bahrom Qo‘chqorov va 2015−2017 yillarda Adliya vazirligini boshqargan Muzraf Ikromov adliya vaziri o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

26 may 2020, 14:11

Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Qonun qabul qilinsa, davlat xizmatchilari har yili daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishi va manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar berishi kerak bo‘ladi. Davlat xizmatchilari mehnatiga yagona tizim asosida haq to‘lanadi.

25 may 2020, 14:27

Eski propiska tizimi 1 sentyabrgacha amalda bo‘ladi

O‘zbekiston fuqarolarini Toshkent shahri va poytaxt viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi yangi nizom 1 sentyabrdan kuchga kiradi. Ungacha propiska to‘g‘risidagi eski nizomga amal qilinadi.

25 may 2020, 12:25

Andijon viloyatida 16 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochiladi

2021 yil yakuniga qadar Andijon viloyatining barcha shahar va tumanlarida jami 16 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochiladi. Ularda, jumladan, yoshlarni o‘qitish va axborot texnologiyalari yo‘nalishida har yili 5 mingdan ziyod o‘qituvchilar malakasi oshiriladi.

23 may 2020, 21:54

Prezident: “Bugungi qiyinchiliklar albatta o‘tib ketadi”

Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti tabrigida bu yilgi Ramazonda sabru qanoat, shukronalik, ruhiy poklanish, mehr va ko‘makka muhtojlarga yanada e’tiborli bo‘lish, savobli amallar qilishdek olijanob fazilatlar har qachongidan ham yaqqol namoyon bo‘lganini ta’kidladi.

23 may 2020, 14:27

Sement importi bo‘yicha cheklov bekor qilindi

Sement importi bo‘yicha qo‘yilgan cheklov bir oy o‘tib olib tashlandi.

22 may 2020, 16:44

AQSH koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga qo‘shimcha $3 mln ajratadi

AQSH hukumati COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga qo‘shimcha 3 million dollar ajratadi. Vashingtonning O‘zbekistonda koronavirusga qarshi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda ko‘rsatgan bevosita yordami ja’mi 5,92 mln dollarni tashkil etdi.

22 may 2020, 14:11

Har bir sektorda “Kambag‘allikni qisqartirish shtabi” tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatidagi yig‘ilish davomida endilikda har bir sektorda “Kambag‘allikni qisqartirish shtabi” tashkil etilishini ma’lum qildi. Mazkur shtablarga iqtisodiyot, moliya, mehnat, investitsiya, soliq idoralari va bank vakillari biriktirilishi va ularning ish haqi miqdori erishilgan natijalarga bog‘liq bo‘lishi ta’kidlandi.

21 may 2020, 19:22

Andijonda yigirmata 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uy barpo etildi

Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida barpo etilgan yigirmata 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uylarni ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbari Andijon aholisining zichligini hisobga olib, bu hududda hamyonbop ko‘p-qavatli uylar qurilishi kambag‘allikdan chiqishga zamin yaratishini ta’kidlab o‘tdi.