24 fevral, dushanba

Siyosat

Yashnobod tumani hokimi v.b. tayinlandi 

Tillashayxov Hojiakbar Kamoliddinovich Yashnobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

Prezidentning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi tayinlandi 

TIV rahbarining sobiq o‘rinbosari Abdujabbor Abduvohidov prezidentning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi tayinlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga yangi rahbar tayinlandi 

Oliy ta’lim vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Dilmurod Nabiyev jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlandi.

«Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonun imzolandi 

«Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunda ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi organlar belgilab berildi.

Falastin TIV rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi 

Falastin tashqi ishlar vaziri Riad al-Malkiy O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Shavkat Mirziyoyev Marokash qirolini tabrikladi 

Shavkat Mirziyoyev Marokash qiroli Muhammad VIni mamlakat milliy bayrami — Qirol taxtga chiqqan kun munosabati bilan tabrikladi.

«STV» telekanali faoliyati to‘xtatildi, «Sevimli» telekanali qat’iy ogohlantirildi 

Behayo sahnalar namoyish etilgani sababli «STV» telekanali faoliyati to‘xtatildi, «Sevimli» telekanali qat’iy ogohlantirildi.

Shavkat Mirziyoyev — oila va baxt haqida 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hujjatli filmda oilaning hayotidagi o‘rni hamda nima uni baxtli qilishi to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi 

«O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Toshkentda «S5+1» hamkorlik shaklining Xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 

Toshkentda «Markaziy Osiyo — AQSH» («S5+1») hamkorligi shaklining Xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhi navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Har bir ilmiy ishga mahsulot sifatida qaralishi va uning xaridori bo‘lishi lozim — prezident 

Prezident Shavkat Mirziyoyev olimlar va tadqiqotchilar bilan uchrashuvda har bir ilmiy ishga mahsulot sifatida qaralishi va uning xaridori bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Maskatga jo‘nab ketdi 

O‘zbekistonning Ummondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Anvar Abduhalimov Toshkentdan Maskatga jo‘nab ketdi.