22 oktabr, seshanba

Siyosat

Sho‘rchi tumaniga yangi hokim tayinlandi 

Baxtiyor Xudoyberganov Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekistonning BMT Bosh Assambleyasidagi delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri rahbarlik qiladi 

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 21−29 sentyabr kunlari AQSHga tashrif buyurib, BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etadi.

Surxondaryoning ikki tumaniga yangi hokimlar tayinlandi 

Surxondaryo viloyatining Boysun va Qumqo‘rg‘on tumanlari hokimlari o‘zgardi.

BMTning sudyalar va advokatlar mustaqilligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi O‘zbekistonga keladi 

BMTning sudyalar va advokatlar mustaqilligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi.

Adliya vaziri o‘rinbosarlari tayinlandi 

Rahim Hakimov adliya vaziri o‘rinbosari va Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, To‘lqin Abdusattorov esa adliya vaziri o‘rinbosari va Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi.

Moliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbar bo‘lgan Axadbek Haydarov hamda bunga qadar qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Abdimuxtor Ergashev moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Prezident o‘tkazgan videoselektorda sanoatda mahalliylashtirish masalasi muhokama etildi 

Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoatni rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Olimxon Rustamov iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi 

Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Olimxon Rustamov iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbarini qabul qildi 

Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Davlat dumasi raisini qabul qildi 

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federal Majlisining Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin boshchiligida O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan delegatsiyani qabul qildi.

Jismoniy tarbiya va sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi 

Shu vaqtga qadar Moliya vazirligida ishlagan Nodir Murotov jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

To‘y-marosimlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi 

Parlament to‘y-marosimlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. 1 yanvardan kuchga kiradigan qaror bilan ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikni cheklashga qaratilgan.