23 fevral, yakshanba

Siyosat

AQSH O‘zbekistonga ko‘proq iqtisodiy ko‘mak berishini ma’lum qildi 

AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan yopiq eshiklar ortida muloqot o‘tkazdi. Qo‘shma bayonot vaqtida diplomatlar iqtisodiy hamkorlik masalalariga katta urg‘u berishdi. Pompeo diniy erkinlik va inson huquqlariga ham to‘xtaldi.

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi 

Shavkat Mirziyoyev koronavirus tarqalishining fojiali oqibatlari sababli Si Szinpinga hamdardlik bildirdi. U O‘zbekiston kasallik tarqalishiga birgalikda qarshi kurashish choralarini Xitoy bilan yaqindan muvofiqlashtirishga tayyorligini bildirdi.

Amaldorlar xarajatlari va daromadlarining muvofiqligi nazorat qilinadi 

O‘zbekistonda yangi tashkil etilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish organi davlat xizmatchilari xarajatlari va daromadlarining muvofiqligini nazorat qiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev kichkina bir bojxona posti boshlig‘ining uyidan 400 ming dollar topilganini ma’lum qildi.

Hokimlarning mahalliy deputatlarga rahbar bo‘lishiga chek qo‘yiladi 

Senat raisi Tanzila Narbayeva kelgusida hokimlar mahalliy deputatlar ustidan rahbarlik qilmasligi, ijro hokimiyati va vakillik organlari ajratilishini ma’lum qildi.

«Hali ko‘p rektorlarni ishdan bo‘shatamiz» — Shavkat Mirziyoyev 

Prezident tez orada bir qator oliy ta’lim muassasalari rektorlarini ishdan bo‘shatish haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning ba’zilari hatto qorovul bo‘lib ishlashga ham loyiq emas.

O‘zbekistonda geologiya sohasida yangi universitet tashkil etiladi 

Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasida faoliyat ko‘rsatadigan yangi universitet kampusiga tamal toshi qo‘ydi.

Transport sohasi rahbarlari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi 

Hukumat qarori bilan transport sohasi rahbarlari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. Bu ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga qaratilgan. Uzbekistan Airways boshqaruvchisi v. b. Baxtiyor Xakimovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi.

Ulug‘bek Qosimxo‘jayev lavozimidan ozod qilindi 

Davlat turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari v. b. lavozimida ishlagan Ulug‘bek Qosimxo‘jayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi.

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva AOKAdagi lavozimlarini tark etdi 

AOKA direktori v. b. Komil Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva nodavlat sektorda ishlash maqsadida o‘z lavozimlarini tark etdi. Dilshod Saidjanov AOKA direktori v. b. etib tayinlandi.

Xitoy Uxandagi chet elliklarni evakuatsiya qilishni rejalashtirayotgani yo‘q 

Xitoy hukumati Uxandagi chet el fuqarolarini evakuatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqayotgani yo‘q. Shu bilan birga, Xitoy chet el fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha majburiyatlarni bajarishini ma’lum qildi.

Zoyir Mirzayev — Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev haqida 

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev O‘zbekistonning ikki prezidenti — Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyevning sifatlari va siyosatini taqqosladi.

Andijonda yoshlar 10 kun muddatga hokim va uning o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlanmoqda 

«Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasi doirasida viloyatdagi barcha hokimlik rahbar lavozimlari yoshlarga topshirilmoqda. Ular 10 kun muddat Andijon viloyatini hokim Shuhrat Abdurahmonov bilan birga boshqaradi.