29 yanvar, chorshanba

Siyosat

Abdulla Aripov bosh vazir etib tasdiqlandi 

Senatorlar va deputatlar prezident taklifiga binoan amaldagi hukumat rahbari Abdulla Aripovni bosh vazir etib tasdiqladi. Hech kim qarshi ovoz bermadi.

Shavkat Mirziyoyev: «Markazda o‘tiravergan vazirlar xalqqa nima kerakligini qayerdan biladi?» 

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida qonun, farmon va qarorlar ijrosini to‘g‘ri tashkil etib, amalga oshirilayotgan islohotlarni har bir tuman va qishloqqacha yetib borishini ta’minlash zarurligi ta’kidladi.

«Integratsion birlashmalarga a’zo bo‘lish mustaqillikni yo‘qotishni anglatmaydi» +1

Integratsion birlashmalarga qo‘shilish O‘zbekiston mustaqilligini yo‘qotishni anglatmaydi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentning parlamentga murojaati 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi 

Prezident 24 yanvar kuni O‘zbekiston parlamentiga murojaat bilan chiqadi. Odatda, davlat rahbari o‘z murojaatida yangi yil nomini e’lon qiladi.

«Rahbarlar munozaralarga sabab bo‘layotgan muammolar yuzasidan tushuntirish berishlari kerak» — prezident 

Xalq orasida munozaraga sabab bo‘layotgan muammolar yuzasidan mas’ul rahbarlarning parlament va mahalliy kengashlarga tushuntirish berish tartibini joriy qilish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev deputat Rasul Kusherbayevga jonkuyarligi uchun minnatdorchilik bildirdi 

O‘zbekiston prezidenti Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevga jonkuyarligi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Nurdinjon Ismoilov Qonunchilik palatasiga rahbar bo‘ldi 

Nurdinjon Ismoilov O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri etib qayta saylandi. Parlament quyi palatasida spikerning birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi, unga Akmal Saidov tayinlandi.

Bayroqni ko‘tarib olib, «yest» qilamiz, degan davrlar o‘tib ketdi — Shavkat Mirziyoyev 

Prezident Shavkat Mirziyoyev avvalgiday bayroqni ko‘tarib olib, «yest» qilamiz, degan davrlar o‘tib ketganini ta’kidladi.

«Qancha jim o‘tirsang, shuncha yaxshi edi» — Shavkat Mirziyoyev 

Prezident Shavkat Mirziyoyev eski davr deputatligi haqida — «Qancha jim o‘tirsang, shuncha yaxshi edi».

«Ta’limning inqirozi — bu millat inqirozidir» — bosh prokuror 

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev: «Har qanday millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq masofali raketa shart emas. Buning uchun ta’lim sifatini tushirib, imtihonlarga aldov aralashtirishning o‘zi kifoyadir», — dedi.

O‘zLiDeP Abdulla Aripovni bosh vazirlikka nomzod qilib ko‘rsatdi 

O‘zLiDeP 2016 yildan beri hukumatni boshqarib kelayotgan Abdulla Aripovni bosh vazir lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatdi. Nomzod prezident tomonidan ko‘rib chiqilishi va keyin parlament tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Prezident 13 nafar senatorni tayinladi 

Prezident poytaxt va viloyatlardan saylangan 84 nafar senatorga qo‘shimcha ravishda 13 nafar senatorni tayinladi. Ularning ikki nafari — amaldagi hukumat a’zolari. Eng yoshi — 25 yoshli Alisher Sa’dullayev.