Siyosat

9 sentabr 2020, 16:16

Xo‘jaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Zohidjon Ahmadaliyev Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hokimi etib tayinlandi. Ushbu lavozimni egallab kelayotgan Otabek Rasulov vazifasidan ozod etildi.

9 sentabr 2020, 13:44

Asaka tumani va Shirin shahriga yangi hokimlar tayinlandi

Andijon viloyati Asaka tumani hokimi Inomjon Mamadaliyev egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi. Uning o‘rniga Andijon viloyati Jalaquduq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Mansurbek Alixanov tayinlandi. Shuningdek, Sarvarbek Sultonov Sirdaryo viloyati Shirin shahri hokimi bo‘ldi.

8 sentabr 2020, 14:40

Davlat soliq qo‘mitasi tizimida Kadastr agentligi tuzildi

Davergeodezkadastr qo‘mitasi negizida Kadastr agentligi tashkil etildi. Qo‘mitaning qishloq xo‘jaligi yerlari sohasidagi vakolatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkaziladi. Yangi agentlik Davlat soliq qo‘mitasi huzurida bo‘ladi.

8 sentabr 2020, 12:51

Toshkent shahrida Yangihayot tumani tashkil etilmoqda

Qonunchilik palatasi Toshkent tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish hamda Toshkentning Sergeli, Bektemir tumanlari va Toshkent viloyatining Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyo‘l va O‘rtachirchiq tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Yangihayot tumani tarkibiga 2131,2 gektar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Qaror Oliy Majlis Senatiga yuborildi.

8 sentabr 2020, 12:25

Namanganda yangi tuman tashkil etiladi

Parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan Namangan viloyati Namangan shahar tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi. Davlatobod tumanining umumiy maydoni — 4 686 gektar bo‘lib, uning tarkibiga Namangan shahrining 25 ta mahallasi o‘tkaziladi.

5 sentabr 2020, 14:00

«Korrupsiya darajasi — mamlakat taraqqiyoti va demokratiyasining ko‘rsatkichi hisoblanadi» — Akmal Burxanov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida oldin egallagan lavozimlarida uchragan korrupsiya holatlari, O‘zbekistonda korrupsiyani qo‘zg‘atuvchi omillar, qonunchilikda qanday bo‘shliqlar borligi va agentlik davlat byudjetini talon-taroj qilish holatlari bilan qanday kurashishi haqida so‘zlab berdi.

4 sentabr 2020, 23:55

«Kechalari ko‘zlarimni yumolmadim». Prezident — Fatxulla Ma’sudov vafoti to‘g‘risida

Shavkat Mirziyoyev 30 avgust kuni vafot etgan O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori Fatxulla Ma’sudovni qutqarishga urinishlar haqida gapirdi. «Kechalari ko‘zlarimni yumolmadim», dedi prezident.

4 sentabr 2020, 23:35

SHHT, MDH va KXSHT ilk bor terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma o‘quvlar o‘tkazadi

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov SHHT, MDH va KXSHT mudofaa mahkamalari rahbarlari majlisida ishtirok etdi. Ushbu tashkilotlar ilk bor terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma o‘quvlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

2 sentabr 2020, 11:55

O‘zbekistonda Birinchi prezident xotirasi yodga olindi

Toshkent, Samarqand va Qarshida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasi yodga olindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, parlament va hukumat vakillari poytaxtdagi yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

1 sentabr 2020, 19:10

Mustaqillik — bu katta imkoniyatlar va ulkan mas’uliyatdir

Mustaqillikning 29 yilligi munosabati bilan davlat arboblari Sodiq Safoyev va Aziz Abduhakimov hamda tadbirkor Zafar Hoshimov “Gazeta.uz"ga 1991 yil 31 avgust kunini qanday eslab qolganliklari, o‘sha vaqtda qanday tuyg‘ularni his qilganliklari va mustaqillik ular uchun nimani anglatishi haqida aytib berishdi.

31 avgust 2020, 12:15

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi

31 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Davlat rahbari mamlakat mustaqilligining 29 yillik bayrami munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.

31 avgust 2020, 12:07

Qashqadaryoda hokimlar velopoygada qatnashishdi. Foto

Qashqadaryo viloyatida «Avtomobilsiz 1 kun» loyihasi doirasida viloyat sektor rahbarlari, tuman va shahar hokimlari velopoyga uyushtirishdi. Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev va Kitob tumani hokimi Alisher Zokirovlar g‘olib bo‘lishdi.

29 avgust 2020, 17:18

Toshkent yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi

Toshkent yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, jamoatchilik bilan birga poyezdda yurdi.

29 avgust 2020, 13:44

O‘zbekiston va Afg‘oniston 10 yilga elektr energiyasi yetkazib berish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hamda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, ikki davlat o‘rtasidagi savdo, transport va energetika masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 10 yillik elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

28 avgust 2020, 20:36

Maktablarda ta’lim jarayoni an’naviy va masofaviy shaklda tashkil etiladi

Maktablarda ta’lim jarayoni bir vaqtning o‘zida ikki xil — an’anaviy va masofaviy shaklda yo‘lga qo‘yiladi. Yangi o‘quv yili esa 14 sentyabrdan boshlanadi. Prezident pandemiya sharoitida ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

28 avgust 2020, 19:41

Prezident COVID-19 bo‘yicha haqiqiy raqamlarni yashirmaslik to‘g‘risida ogohlantirdi

Prezident barcha rahbarlarni COVID-19 bo‘yicha haqiqiy raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirdi. Bunga uringanlarga jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralar ko‘rilishi mumkin. To‘y-marosimlarni bir kunda 3−4 marta o‘tkazish holatlariga chek qo‘yish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

28 avgust 2020, 11:38

Farhod Umarov Buxoro hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi

Prezident farmoniga ko‘ra, Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alchilikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan Farhod Umarov viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

28 avgust 2020, 11:01

Bo‘stonliq tumanida alohida ma’muriy-boshqaruv tizimi joriy qilindi

Prezident farmoni bilan Bo‘stonliq tumanida 2022 yil yakunigacha alohida ma’muriy-boshqaruv tizimi joriy qilinadi. Ushbu hududga bosh vazir o‘rinbosari mas’ul shaxs etib tayinlandi. Unga hududni boshqarish Direksiyasi bilan birgalikda tumanni har tomonlama rivojlantirish vazifasi yuklatildi.

27 avgust 2020, 16:39

Bo‘stonliq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining departamenti boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan Jo‘rabek Ahmedov Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

27 avgust 2020, 12:48

Markaziy Osiyo davlatlari XXI asrda hamkorlik haqida hujjat tayyorlashmoqda — TIV rahbari

Markaziy Osiyoning beshta mamlakati birgalikda XXI asrda mintaqani rivojlantirish uchun do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risida davlatlararo hujjatni tayyorlamoqda, dedi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting