22 oktabr, seshanba

Siyosat

Sherobod tumaniga yangi hokim tayinlandi 

Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Alisher Amirov Sherobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Prezident — o‘zbek tili nufuzini oshirish to‘g‘risida 

Shavkat Mirziyoyev barcha sohalarda o‘zbek tilidan to‘laqonli foydalanish, lotin yozuviga asoslangan alifboni takomillashtirish va boshqa millat vakillarining til o‘rganishi uchun sharoitlar yaratishning muhimligini ta’kidladi.

Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etiladi 

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etiladi. Yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish bo‘yicha Atamalar komissiyasi tuzilmoqda.

Prezident o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi tantanalarida qatnashdi 

Yangi «Kongress-xoll» saroyida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

FVVga yangi matbuot kotibi tayinlandi 

«O‘zbekiston 24» telekanalida siyosiy sharhlovchi bo‘lib ishlagan Murod Sodiqov Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga rahbar bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev: Soha va tarmoqlarning hududiy rahbarlari «qotib qolgan» 

Quyi tizimda ularni bajaradigan saviyali rahbar kam. Hokim tayyorlash maktabini yaratdikmi degan savolga ijobiy javob yo‘q. Soha va tarmoqlarning hududiy rahbarlari «qotib qolgan», — dedi prezident.

Prezident Angor tumanida paxta dalasida bo‘ldi 

«Biz yerimizga, sarflanayotgan xarajatga nisbatan kam hosil olyapmiz», — dedi Surxondayorning Angor tumanidagi paxta dalasiga tashrif buyurgan prezident. U agrosektordagi ilmiy yutuqlardan foydalanish muhimligini qayd etib o‘tdi.

Meva-sabzavotga ixtisoslashgan barcha 55 ta tumanda kooperatsiyalar tashkil etiladi 

Meva-sabzavotga ixtisoslashgan barcha 55 ta tumanda eksportchilar va qayta ishlash korxonalari ishtirokida kooperatsiyalar tashkil etiladi.

Prezident Surxondaryoga safarini boshladi 

Shavkat Mirziyoyev joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan bevosita tanishish uchun Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Prezident turkiy tilli davlatlar investitsion jamg‘armasini tashkil etishni taklif qildi 

Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengash sammitida ishtirok etdi. U turkiy tilli davlatlarning qo‘shma investitsiya fondini tashkil etish va Yosh tadbirkorlar forumini ta’sis qilishni taklif etdi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga keldi 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengash sammitida ishtirok etish uchun Bokuga keldi.