18 fevral, seshanba

Siyosat

Emomali Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi dasturi ma’lum qilindi 

Emomali Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi doirasida tor va keng doiradagi muzokaralar, ikki tomonlama hujjatlarning imzolanishi va Samarqandga safar ko‘zda tutilgan.

«Tolibon» bilan Toshkentda o‘tkazilgan muzokaralar tafsilotlari oshkor qilindi 

«Tolibon» harakatining Doxadagi siyosiy idorasi delegatsiyasi vakili Muhammad Soxayl Shaxin O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi.

Shavkat Mirziyoyev: «Eng katta xavf — ichki dushman» 

«Eng katta xavf, bu — ichki dushman. Ichki dushman, bu — befarq odam», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘qituvchilarning maoshi oshirildi 

Prezident qarori asosida 2018 yil 1 sentyabrdan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining maoshi 1,1 baravarga, yuqori sinf o‘quvchilari uchun o‘rtacha 1,24 baravargacha oshirildi.

Toshkent shahar Xalq qabulxonasiga yangi mudir tayinlandi 

Tohir Oxunovich Mullajonov O‘zbekiston prezidentining Toshkent shahar Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlandi.

To‘y va boshqa marosimlarni tartibga solish bo‘yicha komissiyalar tuziladi — Senat 

Senat majlisida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Jaloliddin Rahimov UZINFOCOM rahbari bo‘ldi 

2005−2012 yillarda UZINFOCOM markazini boshqargan Jaloliddin Rahimov yana bosh direktor bo‘ldi.

«Tolibon» harakati delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi 

«Tolibon» harakatining Doxadagi siyosiy idorasi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Emomali Rahmon 17−18 avgust kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi 

Tojikiston prezidenti 17 yil ichida ilk bor O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi.

Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 

Shukurov Elbek Habibullayevich Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Aholidan chiqindilar bo‘yicha to‘lovlar Majburiy ijro byurosi tomonidan yig‘iladi 

Shavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni atrof-muhitni muhofaza qilish, maishiy chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

AKT vazirligida rahbar o‘zgardi 

AKT vaziri Azim Axmedxodjayev vazifasidan ozod qilindi. Loyiha boshqaruvi milliy agentligining sobiq direktori Shuhrat Sodiqov AKT vazirligiga rahbar bo‘ldi.