Siyosat

19 noyabr 2020, 17:02

«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan gidrometeorolog» unvoni ta’sis etiladi

«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan gidrometeorolog» unvonini ta’sis etish belgilanmoqda. Bundan tashqari, ikkita O‘zgidromet bosh direktori lavozimi joriy qilinadi.

19 noyabr 2020, 14:39

«Uch mingdan ortiq maktablarda oshxonaning o‘zi yo‘q» — Alisher Qodirov

Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov uch mingdan ortiq maktablarda oshxonaning o‘zi yo‘qligi, borining ham 60 foizga yaqini talab darajasida emasligini ta’kidladi. «Farzandlarimizni fiziologik-depressiv holatini yuzaga kelishini hisobga olsak, o‘qituvchilarga bo‘lgan munosabati keskinlashishi, maktabga jinoyatni kirib kelgani bu — albatta ovqatlanish bilan bog‘liq masala», — dedi Alisher Qodirov.

19 noyabr 2020, 12:48

Anvar Asamov investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Anvar Asamov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

18 noyabr 2020, 17:05

Mansabdor shaxslar qanday avtomobil sotib olishi aniq belgilab beriladi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik va hokimiyatlar tomonidan qimmatbaho avtomobillarni xarid qilishi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur masala yuzasidan quyi palata deputatlari moliya vaziriga savol bilan murojaat qilishdi. «Davlat idoralari rahbar, xodimlari nima avtomobil olishini aniq ko‘rsatib qo‘yish bo‘yicha hukumatdan topshiriq oldik», — dedi Timur Ishmetov.

18 noyabr 2020, 14:50

Xasan Kabirdjanov Majburiy ijro byurosi direktori etib tayinlandi

Shu kunga qadar direktor v.b. bo‘lib kelayotgan Xasan Kabirdjanov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlandi.

17 noyabr 2020, 23:00

Sud hujjatlarini ijro etish tizimi takomillashtiriladi

Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolati sudlardan davlat ijrochisiga o‘tkazilmoqda. Shuningdek, SSP va Biznes-ombudsmanga tadbirkorlarning qarzlari yuzasidan ijroni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risida murojaat qilish huquqi berilmoqda.

17 noyabr 2020, 22:45

Prezident COVID-19 shifoxonalarini optimizatsiya qilish bo‘yicha topshiriq berdi

Davlat rahbari bugun o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda mutasaddilarga koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalarni optimizatsiya qilish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, prezident matbuot xizmati COVID-19 shifoxonalarida 6570 nafar bemor davolanayotganini qayd etdi. SSV esa 17 noyabr holatiga mamlakatda 2123 nafar koronavirus bemori borligini ma’lum qilgan.

17 noyabr 2020, 16:24

O‘zbekiston Afg‘onistonda temir yo‘lini qurish uchun AQSH mablag‘larini jalb etadi

«Mozori-Sharif — Qobul» temir yo‘li AQSH Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi mablag‘lari evaziga qurilishi ko‘zda tutilgan. Qurilish ishlari kelasi yilning sentyabr oyida boshlanishi kutilmoqda. Ushbu loyiha O‘zbekistonga Pokiston dengiz portlariga chiqish imkoniyatini beradi.

17 noyabr 2020, 12:02

Qishloq vrachlik punkti — oilaviy shifokor punkti etib o‘zgartiriladi

Prezident farmoni bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab qishloq vrachlik punkti — oilaviy shifokor punkti deb, qishloq va shahar oilaviy poliklinikasi — oilaviy poliklinika deb qayta nomlanadi. OTMni oxirgi 3 yilda tamomlab, qishloq joyga ishlashga borganlarga 30 mln so‘m pul mukofoti beriladi. Ular uy-joy bilan ham ta’minlanadi.

17 noyabr 2020, 10:45

Geologiya sohasida 50 foiz vaqt investitsiya bilan shug‘ullanishga sarflanishi kerak — prezident

Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasida 50 foiz vaqt investitsiya bilan shug‘ullanishga sarflanishi kerakligini ta’kidlandi. Xorijiy investorlarni jalb qilish uchun yondashuvni ham o‘zgartirish lozimligi aytildi. Istiqbolli maydonlarni shakllantirish, ularni xorijiy investorlarga taqdim etish, geologik qidiruvlar o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

16 noyabr 2020, 15:08

Yangihayot tumaniga hokim tayinlandi

Yangihayot tumani Xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Hayot Inog‘omov Yangihayot tumani hokimligiga tasdiqlandi. Shuningdek, Yangihayot tumani prokurori lavozimini Azamat Azimov, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavomini esa Murat Raimov egalladi.

16 noyabr 2020, 14:50

«Menga qorovul bo‘ladigan vazir kerak emas». Prezident suv xo‘jaligi vazirini tanqid qildi. Shuhrat G‘aniyev ham tanbeh eshitdi

Prezident suv xo‘jaligini vaziri Shavkat Xamrayevni Qashqadaryodagi irrigatsiya va melioratsiya ishlari holati uchun tanqid qildi. Shavkat Mirziyoyev unga viloyat suv xo‘jaligi rahbarlarini ishdan olish va ishlaydigan odamlarni qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi. Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev ham davlat rahbaridan tanbeh eshitdi.

16 noyabr 2020, 13:51

Sirdayorda sog‘liqni saqlashga oid ikkita tajriba-sinov o‘tkaziladi

Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimining yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi o‘tkaziladi. Oilaviy shifokor, terapiya va pediatriya bo‘yicha yordamchilar, hamshira va doyadan iborat guruhlar tuziladi. Bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi ishlab chiqiladi. Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etilmoqda.

16 noyabr 2020, 11:00

«Ro‘ziyev sharmanda qilgan ekan, endi bilinayapti». Prezident — Qashqadaryoning sobiq hokimi haqida

«Janobi Ro‘ziyev sharmanda qilgan ekan, endi bilinayapti hammasi. Qashqadaryo zo‘r, gazi bor, deb yuravergan ekanmiz. Viloyat respublika gazining 63 foizini beradi. Ammo odamlarda gaz yo‘q, suv yo‘q. Qani adolat?», — dedi Shavkat Mirziyoyev viloyatning sobiq hokimi Zafar Ro‘ziyev haqida.

14 noyabr 2020, 15:04

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti v.b. bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari telefon orqali muloqot qilishdi. Sadir Japarov «Qirg‘iziston uchun qiyin davrda» ko‘rsatgan insonparvarlik yordami uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi.

13 noyabr 2020, 15:56

Bog‘chadan oliy ta’limgacha — o‘g‘il-qizlarga jinsiy tarbiyadan ta’lim beriladi

Senat raisi Tanzila Narbayeva jinsiy tarbiyani yoshlikdan boshlash zarurligini ta’kidladi. Jumladan, maktabgacha ta’limda yoshga mos qilib, yuqori sinflar va oliy ta’limda yigit-qizlarni oilaga tayyorlash, reproduktiv salomatlikka o‘qitish kerakligi aytildi. «Biz yopganimiz sari internet ochiq. U salbiy oqibatlarga olib kelayapti», — dedi yuqori palata raisi.

13 noyabr 2020, 13:16

10 oyda qariyb 8,5 ming xotin-qizga himoya orderi berildi

10 oy mobaynida qariyb 8,5 ming xotin-qiz davlat himoyasiga olindi. Ular orasida oilada otasi yoki onasi tomonidan zo‘ravonlikka duch kelgan qizlar ham bor. Shuningdek, himoya orderi olinishi natijasida 418 ta oila ajrashib ketdi.

12 noyabr 2020, 19:26

Gulnora Karimova koronavirusga chalinmagan va u o‘z jazosini o‘tamoqda — IIV JIEBB

IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Gulnora Karimovaning COVID-19`ga chalinmaganini ma’lum qildi. Uning o‘z joniga qasd qilgani haqidagi gaplar ham asossiz ekani aytilmoqda. Shuningdek, Senat raisi Tanzila Narbayeva Gulnora Karimovaga oid gap-so‘zlar yuzasidan o‘z munosabatini bildirib, «Hozir gender tengligi haqida gapiryapmiz, ayolmi, erkakmi, jinoyat qilsa teng javob berishi kerak», — dedi.

12 noyabr 2020, 17:31

«O‘sha davrda gender tengligi masalasi haqida gapira olmasdik» — Tanzila Narbayeva

«O‘zbekistonda ayollar va erkaklarga teng imkoniyatlar to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqish kerak, deb necha yillardan beri aytsak ham, bizning gapimizga hech kim quloq solmagan. O‘sha paytlar shunaqa davr edi» — Tanzila Narbayeva Vazirlar Mahkamasida ishlagan vaqtida gender tengligi masalasiga qanday yondashuv bo‘lganini so‘zlab berdi.

12 noyabr 2020, 14:18

Prezident Shahrisabzda sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safarini Shahrisabzdagi Oqsaroy Vortex MCHJda sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdan boshladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting