Siyosat

4 mart 2021, 12:25

«Shavkat Mirziyoyevdan boshqa nomzod ko‘rmayapman». Sodiq Safoyev — prezident saylovlari to‘g‘risida

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev 2021 yilgi prezident saylovlari oldingi yillarda o‘tkazilgan islohotlarga baho beruvchi referendum bo‘lishini aytdi. U davlat rahbari lavozimiga Shavkat Mirziyoyevdan boshqa loyiq nomzodni ko‘rmayotganligini ta’kidladi. O‘z o‘rnida, senator alternativ dastur va nomzodlarsiz «saylovlar to‘laqonli, adolatli va haqqoniy deb baholanmasligini» bildirdi.

4 mart 2021, 10:07

Qozog‘iston bilan mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi

Prezident O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida mehnat faoliyati va mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. Hujjat 2019 yil aprel oyida imzolangan.

3 mart 2021, 22:57

Shavkat Mirziyoyev IHT sammitida nutq so‘zlaydi

O‘zbekiston prezidenti Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining COVID-19 dan keyin mintaqada amaliy hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan sammitida ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.

3 mart 2021, 19:52

Muhtoj oilalar uy olish uchun dastlabki badalning faqat 5 foizini to‘laydi

Prezident boshchiligida o‘tayotgan videoselektorda muhtoj oilalar uy olish uchun dastlabki badalning faqat 5 foizini to‘lashi aytildi. Bundan tashqari, kredit olgan aholi uchun foiz to‘lovlarining Toshkent shahrida 12 foizi, boshqa hududlarda 10 foizidan yuqori qismiga subsidiya beriladi.

3 mart 2021, 18:33

«1 kv. metr uy narxi 4 mln so‘mdan oshmasligi kerak» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektorda muhim masalalardan biri — uy-joylarning narxini adolatli shakllantirishga e’tibor qaratildi. «Hokimlar bir kvadrat metr uy narxini 4 mln so‘mdan oshirmaslik choralarini ko‘rishi kerak» — Shavkat Mirziyoyev.

3 mart 2021, 12:36

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Qurbon Tursunov uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari v. b. etib tayinlandi. Bundan avval, u «Buxoro viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi» boshlig‘i bo‘lgan.

3 mart 2021, 12:31

Navoiy va Andijon viloyatlari IIB boshliqlari o‘zgardi

Navoiy viloyati va Andijon viloyati IIBga yangi boshliqlar tayinlandi.

3 mart 2021, 11:22

Kogon shahri rahbariyati tayinlandi

Kogon shahar hokimi etib Hayot Davlatov tayinlandi. Bundan tashqari, shahar prokurori, IIB va DSI rahbarlari ham tasdiqlandi.

2 mart 2021, 19:35

O‘zbekiston TIV rahbari prezidentning Moskvaga tashrifi 2021 yilda bo‘lishiga umid bildirdi

«Oldimizda tashvish bor — 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlari. Agar ungacha tashkillashtirishga ulgurmasak, unda prezident saylovlaridan keyin darhol birinchi tashrifni Rossiya Federatsiyasiga uyushtirish taklifi bor», — dedi TIV rahbari Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston prezidentining Moskvaga tayyorlanayotgan tashrifi haqida.

2 mart 2021, 18:20

O‘zbekistondan Rossiyaga parvozlar aprel-may oylarida tiklanishi mumkin — transport vaziri o‘rinbosari

O‘zbekiston Rossiya bilan muntazam parvozlarni tiklash uchun Rossiya Federatsiyasining maxsus komissiyasiga murojaat xati yubordi. Parvozlar aprel-may oylarida tiklanishi kutilmoqda.

2 mart 2021, 14:54

Farg‘ona viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Farg‘ona viloyati prokurori lavozimiga Baxtiyor Ismoilov tayinlandi. Bundan avval u Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

2 mart 2021, 05:43

2021-yilda Sirdaryo viloyatida 25,5 trln so‘mlik 737 ta loyiha amalga oshiriladi

Prezident Sirdaryo viloyatida amalga oshirish ko‘zlangan 25,5 trln so‘mlik 737 ta loyiha taqdimoti bilan tanishdi. Loyihalar natijasida yiliga 11 trillion so‘mlik ishlab chiqarish quvvati, qariyb 36 ming ish o‘rni yaratish maqsad qilingan. Bundan tashqari, Mirzaobod tumanida Gujarat sanoat zonasini tashkil etish ham reja qilingan.

1 mart 2021, 19:03

Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil «Tolibon» guruhiga qo‘yilgan shartlar haqida

Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonning «Tolibon» guruhi bilan o‘zaro munosabatlarda qo‘ygan shartlariga to‘xtalib o‘tdi.

1 mart 2021, 15:51

«Men qonun ustuvor bo‘lishini istayman xolos, o‘lay agar boshqa maqsadim yo‘q» — Rasul Kusherbayev Sherzod Shermatovga javob qaytardi

Xalq ta’limi vaziri deputat Rasul Kusherbayevning o‘quvchisi OTMga kirolmagan maktab direktorlarini ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi fikrlarini populizm deb ta’riflagan edi. Deputat bunga javob berib, u faqat qonun ustuvorligi tarafdori ekanligini aytdi. «Agar demokratik davlatlar qatori qonun ustuvorligini ta’minlash va muammoni sud orqali hal qilish populizm bo‘lsa unda men emas, avvalo qonunlar va Mehnat kodeksi bosh populist bo‘lib qolmaydimi?», — dedi Kusherbayev.

27 fevral 2021, 22:02

Kelgusi 5 yilda 31 ta yangi sud binolari quriladi va mavjud 107 tasi rekonstruksiya qilinadi

Sudlarning binolari va xonalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi. 2021−2025 yillarda O‘zbekistonda 31 ta sudning yangi binosi qurilsa, mavjud 107 tasi rekonstruksiya qilinadi. Loyihalarning dastlabki qiymati — qariyb 644 mlrd etib belgilangan.

27 fevral 2021, 16:05

Senat 12-mart kuni bir qator qonunlarni ko‘rib chiqadi

Senat navbatdagi yalpi majlisda Konstitutsiyaviy sud, davlat xaridlari, ekologik audit, dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga oid qonunlar ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, nikohlanuvchi yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish samaradorligini oshirish yuzasidan Hukumatga yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari muhokama qilinadi.

26 fevral 2021, 22:10

«Biz oxirgi 10−15 yil ichida onkologiya sohasi jilovini qo‘yib yubordik» — prezident

«Meni onkologiya sohasidagi muammolar xavotirga solayapti. Biz oxirgi 10−15 yil ichida ushbu soha jilovini qo‘yib yubordik», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Uning aytishicha, yaqin kunlarda onkologiya sohasidagi muammolar yechimiga qaratilgan muhim qaror qabul qilinadi. Qolaversa, joriy yilda qariyb 9 mln ayol chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

26 fevral 2021, 21:53

Viloyat hokimlari 100 nafardan muhtoj xotin-qizlarning kontraktini to‘lab beradi — prezident

O‘zbekistonda barcha viloyat hokimlari mahalliy byudjet hisobidan 100 nafardan muhtoj qizlar va ayollarning OTM kontrakt pullarini to‘lab beradi, deya tak’idladi prezident. Unig so‘zlariga ko‘ra, «qobiliyati, bilimi bor, lekin taqdir taqozosi bilan orzusiga erisha olmagan» xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim joriy qilinadi.

26 fevral 2021, 19:50

Prezident raisligida xotin-qizlar muammolari va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi

Prezident raisligida ayni paytda o‘tayotgan yig‘ilishda xotin-qizlar salomatligi, aholi bandligi, ijtimoiy farovonlik va xavfsizlik muammolari muhokama qilinmoqda. “Eng achinarlisi, ayollarni xo‘rlash, o‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish hamda omma oldida „sazoyi“ qilish holatlari oddiy holatga aylanib bormoqda”, — deya ta’kidladi prezident.

26 fevral 2021, 18:20

Prezident amaldorlarga mahallalarga ko‘chib o‘tishni taklif qildi

Prezident Farg‘onadagi Shodiyona va Namangandagi Bunyodkor mahallalaridagi vaziyatni «prezident siyosatiga xiyonat» deb atadi. Davlat rahbari «quyidagi» muammolarni tushunish hamda vazifa va topshiriqlarni «to‘g‘riroq» belgilab olish uchun amaldorlarga mahallalarga ko‘chib o‘tishni taklif etdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting