Siyosat

12 dekabr 2020, 22:22

Prezident Xorazmga tashrifini Xonqadagi innovatsion issiqxonadan boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, Xonqa tumanidagi yil davomida hosil olish imkoniyatiga ega innovatsion issiqxona faoliyati bilan tanishdi. “Xorazm qishloq xo‘jaligining kelajagi shu”, — dedi davlat rahbari va qo‘shimcha sifatida har bir issiqxonaning laboratoriyasi, o‘z brendi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

12 dekabr 2020, 11:15

Shavkat Mirziyoyev Xorazmga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlarning mahallabay tizimda yo‘lga qo‘yilgani va ularning odamlar hayotidagi ifodasini ko‘rish uchun Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi.

10 dekabr 2020, 22:50

Prezident Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammitida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining videoanjuman shaklida o‘tadigan sammitida qatnashadi. O‘zbekistonga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berilishi kutilmoqda.

10 dekabr 2020, 17:48

Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi videoanjumanda uchrashadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazadi. Unda turli sohalarda o‘zaro hamkorlik masalalari, qolaversa, jahon va Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikr almashish kutilmoqda. Ikki davlat yetakchilari koronavirusga qarshi kurashishga ham ham e’tibor qaratishadi.

10 dekabr 2020, 14:28

Turizm sohasiga berilgan imtiyozlar 2021-yil oxiriga qadar uzaytiriladi

Shavkat Mirziyoyev pandemiya sababli turizm sohasi uchun 2020-yil oxirigacha berilgan imtiyoz va preferensiyalarni 2021-yil oxiriga qadar uzaytirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, aholining bor-yo‘g‘i 19 foizi jismoniy tarbiya va sport bilan qamrab olingani aytildi. Cport infratuzilmasini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

9 dekabr 2020, 21:57

Prezident Uzbekistan Airways chiptalari narxi balandligini tanqid qildi va uni arzonlashtirish vazifasini qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev 2021-yildan Yevropa mamlakatlari, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Tailand, Yaponiya bilan aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash, yangi reyslarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Prezident Uzbekistan Airways chiptalari narxi balandligi tanqid qildi va uni arzonlashtirish vazifasini qo‘ydi.

9 dekabr 2020, 15:39

Xususiy sektor davlat xizmatlarini ko‘rsatishda agent sifatida ishtirok etadi

2021 yil 1 martdan tadbirkorlarga ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etishga ruxsat beriladi. Xizmatlarni ko‘rsatish Davlat xizmatlari agentligining yagona platformasi doirasida amalga oshiriladi.

9 dekabr 2020, 14:32 1

Sudyalarni lavozimga tayinlash imtihonlari ilk bor onlayn yoritiladi

2021 yil 1 fevraldan sudyalarni lavozimga tayinlashda imtihonlar onlayn tarzda yoritib borish yo‘lga qo‘yiladi. Qolaversa, sudyalarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga guvoh yoki gumonlanuvchi sifatida so‘roq qilish uchun chiqarishga tegishli malaka hay’atlari ruxsati bilan yo‘l qo‘yilishi belgilanmoqda.

9 dekabr 2020, 13:16

Tadbirkorlarga yo‘llarda foto va video registratorlar o‘rnatishga ruxsat berildi — prezident qarori

Tadbirkorlarga 2021 yil 1 martdan boshlab avtomobil yo‘llarida foto va video fiksatsiya vositalarini o‘rnatishga ruxsat beriladi. 2021−2022 yillarda respublika bo‘yicha jami 3356 ta intellektual videokameralar va 763 ta statsionar radarlar, jumladan, Toshkent shahrida jami 2574 ta foto va video registratorlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

9 dekabr 2020, 12:00

Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektor jalb qilinadi

Davlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va boshqa usullar orqali bosqichma-bosqich xususiy sektorga berish ko‘zlanmoqda. Jumladan, 2021 yil 1 apreldan kadastr yig‘majildlarini tayyorlash bilan tadbirkorlar ham shug‘ullanishi mumkin.

8 dekabr 2020, 19:02

Xususiy pudratchilardan kvartira sotib olish uchun kreditlarning cheklangan miqdori belgilandi

Xususiy pudratchilardan kvartira sotib olish uchun taqdim etiladigan kreditlarining cheklangan miqdori belgilandi. Fuqarolarga xonadon sotib olish uchun 240 mln so‘mdan 352 mln so‘mgacha miqdorda kredit ajratiladi.

4 dekabr 2020, 20:56

Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodidagi texnologik jarayon bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodi faoliyati bilan tanishdi. Majmuada 27 ta mamlakatdan asbob-uskunalar keltirib, o‘rnatilgan. «Hududlarda yana yuzlab korxonalarning barpo etilishi uchun juda katta zamin bo‘ladi», — deya ta’kidladi prezident.

4 dekabr 2020, 16:15

Prezident Toshkent metallurgiya zavodi faoliyatiga start berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodini ishga tushirdi. Mazkur majmuada birinchi bosqichda 400 mln dollarga yaqin mablag‘ tejaladi, yiliga 90 mln dollarlik mahsulot eksport qilinadi. Davlat rahbari ushbu majmua ochilishini «tarixiy voqea» deb atadi. «Harakatlarimizning asosiy maqsadi yaqin yillarda yaxlit, „noldan tayyor mahsulotgacha“ bo‘lgan metall ishlab chiqarish klasterini yaratishdan iborat», — dedi prezident.

4 dekabr 2020, 15:34

«Biz TAPOiChni tiklashga harakat qilyapmiz» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkorlar bilan muzokaralarda TAPOiCh aviazavodining taqdiri muhokama qilinganini ma’lum qildi. «Meni ham alamim bor. Dunyoda sanoqli samolyot chiqaradigan davlatlar bor edi, biz uni o‘z qo‘limiz bilan yopdik, ming afsus. Lekin baribir biz uni tiklashga juda ko‘p harakat qilayapmiz», — dedi davlat rahbari.

4 dekabr 2020, 14:55

Prezident Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Muzokaralar davomida metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yirik va zamonaviy korxonani tashkil etish loyihasi ikki davlat o‘rtasidagi samarali hamkorlikning namunasi ekani qayd etildi.

3 dekabr 2020, 22:20

Sud UzAuto Motors ishini qayta ko‘rib chiqadi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining sud qarori ustidan apellyatsiya shikoyati qabul qilindi. Sud 11 dekabr kuni UzAuto Motors ishini qayta ko‘rib chiqadi.

3 dekabr 2020, 16:02

Toshkentda Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi

Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi. Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot tizimi kabi sohalarda mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashadi. O‘qitish yapon va o‘zbek tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

3 dekabr 2020, 10:46

Buxoro tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xayrullo Jo‘rayev Buxoro tumani hokimi etib tayinlandi. U hozirga qadar «G‘ijduvon» EIZ rahbari vazifasida faoliyat yuritgan.

2 dekabr 2020, 17:19

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tadigan sammitga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilindi.

1 dekabr 2020, 15:27

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvoni ta’sis etildi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvoni ta’sis etildi. Mazkur unvon geologiya hamda bir qator yo‘nalishlardagi tajribali mutaxassislarga beriladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting