Siyosat

28 fevral 2020, 18:11

Xitoy tashqi siyosati me’mori O‘zbekistonga keladi

Xitoyning AQSHdagi elchisi, tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan oliy martabali siyosatchi Yan Szechi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga borishni ham rejalashtirgan.

28 fevral 2020, 16:40

Abdulaziz Kamilov Dohadagi Afg‘oniston tinchlik muzokarasida ishtirok etmoqda

Abdulaziz Kamilov Dohada boshlagan Afg‘oniston tinchlik muzokarasida ishtirok etmoqda. Uning aytishicha, afg‘on muammosi mintaqa davlatlarining qayg‘usi. Vazir o‘rinbosari Ilhom Ne’matov muzokaradan so‘ng O‘zbekistonda uchrashuv tashkil etish bo‘yicha fikrini bildirdi.

27 fevral 2020, 22:11

Toshkent hokimligi matbuot xizmatiga rahbar tayinlandi

Toshkent shahar Mahallalar kengashi boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan Furqat Mahmudxo‘jayev poytaxt hokimligi matbuot xizmati rahbari — hokimning axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

26 fevral 2020, 15:29

Ombudsman o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga nomzod ma’qullandi

Ombudsmanning o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga sobiq deputat Aliya Yunusova nomzodi parlament quyi palatasi tomonidan ma’qullandi. Endilikda ushbu nomzod Senat tomonidan ham ma’qullanishi lozim.

26 fevral 2020, 14:28

Ombudsman parlamentga yagona tergov qo‘mitasini tuzishni taklif etdi

Ombudsman yagona tergov qo‘mitasini tuzish taklifini bildirdi. U parlamentga bildirgan hisobotida shu haqda ta’kidlab, qo‘mitani tergovda qiynoqlar qo‘llanishiga barham berish yechimi sifatida ko‘rsatdi.

25 fevral 2020, 16:54

Abdulaziz Kamilovga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekistonning Hindiston va Bangladeshdagi favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev tashqi ishlar vaziriga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi.

25 fevral 2020, 16:34

Moliya vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Bokkoni va Harvard universitetlari bitiruvchisi Omonullo Nasriddinxo‘jayev moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bunga qadar u prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

25 fevral 2020, 10:44

Shavkat Mirziyoyevning AQSH prezidentiga nima sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti va uning rafiqasiga nimalar sovg‘a qilgani va ularning narxlari ma’lum bo‘ldi.

25 fevral 2020, 00:01

Hukumatda moliya-iqtisod ishlariga mas’ul rahbarlar o‘zgardi

Hukumatda iqtisodiy blok mas’ullari o‘zgardi. Jamshid Qo‘chqorov moliya, iqtisodiyot va kambag‘allik bilan kurashish bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri etib tayinlandi. Timur Ishmetov yangi moliya vaziri bo‘ldi.

21 fevral 2020, 18:56

Toshkent hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

2001 yildan buyon huquqni muhofaza qilish organlarida ishlab kelayotgan Dada-Ali Zufarov Toshkent hokimi o‘rinbosari — Mahalla va oila masalalari boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

21 fevral 2020, 13:56

Chirchiq shahriga yangi hokim tayinlandi

Sanjar Yusupov Chirchiq shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

21 fevral 2020, 10:04

«Davlat har bir sohada o‘z ishtiroki chegaralarini aniqlab olishi kerak»

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov prezident litsenziya va ruxsatnomalar sonini ikki-uch martaga qisqartirish bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qildi. Litsenziya aholi huquq va manfaarlari hamda jamoat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan sohalarda berilishi kerak.

21 fevral 2020, 09:21

Shavkat Mirziyoyev Anqarada Xalq kutubxonasi ochilishida nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev Anqarada Turkiya prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasiga «Usmon Mushafi» va boshqa noyob asarlar nusxalari hamda 350 dan ziyod turli mavzudagi kitoblarni taqdim etdi.

20 fevral 2020, 21:21

«Qishloq qurilish bank» rahbari Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

«Qishloq qurilish bank» rahbari Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, ichki ishlar polkovnigi esa hokim o‘rinbosari — Mahalla va oila masalalari boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

20 fevral 2020, 11:39

O‘zbekiston — Turkiya munosabatlari tarixida yangi muloqot formati

Anqarada Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari hamraisligida olib boradi.

19 fevral 2020, 20:14

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Anqarada O‘zbekiston va Turkiya prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

19 fevral 2020, 17:04

Elmira Bositxonova va Botir Parpiyev yangi lavozimga tayinlandi

Davlat soliq qo‘mitasi sobiq raisi Botir Parpiyev hamda sobiq Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan Elmira Bositxonova yangi vazirning o‘rinbosarlari etib tayinlandi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz»ning hukumatdagi manbasi.

19 fevral 2020, 16:19

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromovga yangi vazirning o‘rinbosari vazifalari ham yuklatildi

Ichki ishlar vaziri Aziz Ikromov zimmasiga yangi tashkil etilgan mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari vazifalarini yuklatildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

19 fevral 2020, 11:56

Toshkent viloyatining to‘rtta tumaniga hokimlar tayinlandi

Toshkent viloyatining Bo‘ka, Bekobod, Yangiyo‘l va Toshkent tumanlari hokimlari o‘zgardi.

19 fevral 2020, 11:56

Reportaj: Demokratik yangilanish masalasiga daxldor xalqaro anjuman

Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro anjumanda mamlakatni demokratik yangilash jarayonida parlament va hokimiyat vakillik organlari vazifalari tahlil qilindi. Unda parlament rahbariyati, vazirlar va ekspertlar o‘z mulohazalarini bildirdi. «Gazeta.uz» anjumandagi asosiy fikrlarni bir maqolaga jamladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting