Siyosat

15 iyun 2020, 20:55

Mudofaa vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Alisher Narbayev va Zairdjan Bazarbayev mudofaa vazirining yangi o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlanishdi.

15 iyun 2020, 18:33

Siyosiy partiyalar Andijondagi holat yuzasidan munosabat bildirishdi

“Adolat” va O‘zLiDep partiyalari siyosiy kengashi raislari hamda Ekologik partiyaning a’zosi Andijonda ichki ishlar xodimlari tomonidan hibsga olinib, qiynoqqa solinishi oqibatida vafot etgan fuqaro bilan bog‘liq hodisani qoralab, ichki ishlar tizimida tubdan islohotlar amalga oshirilishi lozimligini va qonun ustuvorligini ta’minlash kerakligini ta’kidlashdi.

12 iyun 2020, 23:44

Olmazorga yaqin hududda 150 ming aholiga mo‘ljallangan yo‘ldosh shaharcha barpo etiladi

Toshkentning Olmazor tumaniga yaqin hududda 150 ming aholiga mo‘ljallangan yo‘ldosh shaharcha va sanoat zonasi quriladi. “Chorsu bozori”, Zarqaynar, Sag‘bon, Sebzor, Qorasaroy, Go‘zalbog‘ va boshqa ko‘cha-mahallalarda, jami 482 gektar maydonda zamonaviy turistik, savdo va dam olish maskani — “ochiq osmon ostidagi muzey” barpo etiladi.

12 iyun 2020, 23:18

Prezident: Innovatsiya vazirligi yil oxirigacha natijalarni ko‘rsatishi kerak

Prezident Talabalar shaharchasida barpo etilgan Innovatsion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurdi. «Mamlakatimiz yuqori texnologik sohalar bo‘yicha dunyodan ortda qolib ketgan», — dedi va vazirlik yil yakuniga qadar aniq amaliy natijalar ko‘rsatishi kerakligini ta’kidladi.

12 iyun 2020, 22:55

Prezident — matematikani o‘qitishning yangi tizimi to‘g‘risida

Toshkentdagi Talabalar shaharchasidagi Matematika institutining yangi binosiga tashrifida ushbu fanni eski uslubini tanqid qilib, matematikada raqobat muhitini yaratish maqsadini qo‘ydi. Endilikda Matematika instituti bolalar bog‘chalari, maktablar va OTMlarda matematikani o‘qitishni muvofiqlashtiradi.

12 iyun 2020, 11:13

«O‘zbekiston bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarni saqlashga intilamiz» — Qirg‘iziston prezidenti

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdorligini bildirdi va ikki mamlakt o‘rtasidagi munosabatlarni «uzoqdagi qarindoshdan, yaqindagi qo‘shni yaxshi», deya ta’rifladi.

11 iyun 2020, 21:44

O‘zbekiston prezidenti YeTTB prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev YeTTB prezidenti Suma Chakrabarti bilan videoaloqa orqali muzokara o‘tkazdi. YeTTB rahbari bank O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangi islohotlarni loyihalar portfeli va moliyaviy-texnik ko‘mak hajmini kengaytirish orqali qo‘llab-quvvatlashda qat’iy ekanini ta’kidladi

11 iyun 2020, 18:00

O‘zbekistonning anklav va eksklav hududlari

Anklav va eksklav hududlar nima? O‘zbekistonning qanday anklav va eksklav hududlari mavjud?

11 iyun 2020, 17:52

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 19 iyun kuniga belgilandi

Senatning videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladigan navbatdagi yalpi majlisida “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida"gi va boshqa qonunlar ko‘rib chiqiladi. Yalpi majlisda adliya vazirining huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi ishlar yuzasidan axboroti ham eshitiladi.

11 iyun 2020, 12:53

Qozog‘iston va Qirg‘iziston barcha chegara o‘tish joylarini ochishga kelishdi

Qozog‘iston va Qirg‘iziston bosh vazirlari umumiy chegaradagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlarini ochishga va to‘siqsiz yuk tashishni ta’minlashga kelishib oldilar.

11 iyun 2020, 12:52

AQSH davlat kotibi O‘zbekistonda diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanganini ta’kidladi

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo matbuot anjumanida O‘zbekiston hukumatini mamlakatda diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanganini aytib o‘tdi. 2019 yilda mamlakatda diniy guruhlarga qarshi qaratilgan birorta ham operatsiya o‘tkazilmagani qayd etilgan.

11 iyun 2020, 11:56

ATKR vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan Oleg Pekos axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari, Jamol Maxsudov vazirning telekommunikatsiya infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlanishdi. Yana uch nafar amaldagi vazir o‘rinbosarining vakolat doiralariga aniqlik kiritildi.

11 iyun 2020, 11:00

Xalq ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan Rustam Karimjonov xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Oldinroq u vazirlik qoshidagi innovatsion markaz direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

10 iyun 2020, 20:56

Tramp suv ombori to‘g‘oni qulashi munosabati bilan hamdardlik bildirdi

AQSH prezidenti O‘zbekistonga maktub yo‘llab, unda Sardoba suv ombori to‘g‘oni qulashi munosabati bilan hamdardlik bildirdi U AQSH koronavirusga qarshi kurashda yordam berishini ham bildirdi.

10 iyun 2020, 18:16

«Rosgeologiya» O‘zbekiston hududlarining neftgazlilik salohiyatini o‘rganadi

«Rosgeologiya» kompaniyasi bilan O‘zbekistonda geologorazvedka ishlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Buning uchun Rosgeo Uzbekistan sho‘’ba korxonasi tashkil etilib, unga O‘zbekiston bosh vazirining sobiq maslahatchisi, sobiq iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev rahbar etib tayinladi.

10 iyun 2020, 17:11

O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etishini tasdiqladi. Markaziy Osiyo davlatlari, Moldova, Serbiya va Xorvatiya rahbarlari ham taklifnomalarni qabul qildi.

10 iyun 2020, 15:20

Oliy sud hokimlarning ayrim vakolatlarini cheklashni taklif etmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xususiy mulk daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishini taqiqlash, hech kim sud qarorisiz mulk huquqidan mahrum qilishga yoki uni cheklab qo‘yishga haqli emasligi qonunda mustahkamlanmoqda.

10 iyun 2020, 12:33

Shuhrat G‘aniyev Botken gubernatori bilan uchrashuv o‘tkazdi

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev va Botken viloyati gubernatori Alisher Abdurahmonov ishtirokida amaliy uchrashuv o‘tkazildi. Unda, Qirg‘iziston delegatsiyasi mamlakat hududidan So‘x tumani hamda Shohimardon va Yordon qishloqlariga aholining erkin borib-kelishida hech qanday to‘siq yoki muammolar bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tdi.

9 iyun 2020, 21:22

Byudjetda o‘qigan bitiruvchilarni «kambag‘al» qishloqlarga ishlashga yuborish taklif qilindi

Davlat granti asosida o‘qiyotgan talabalarni 3 yilga kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarga ishlash uchun yo‘naltirish taklif qilindi.

9 iyun 2020, 18:01

Qoraqalpog‘istonga yangi prokuror tayinlandi

Taxiatosh tumani hokimi lavozimida ishlagan Farxat Allambergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting