Siyosat

1 may 2020, 13:53

Prezident Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev to‘g‘on o‘pirilishi sodir bo‘lgan Sardoba suv omborini ko‘zdan kechirish uchun Sirdaryo viloyatiga keldi.

30 aprel 2020, 17:00

Suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Vohidjon Ahmadjonov Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

30 aprel 2020, 12:25

Gender tenglikni ta’minlash uchun barcha mehnat jamoalarida maslahat kengashlari tuziladi

O‘zbekistonda barcha mehnat jamoalarida maslahat kengashlari tuziladi. Mazkur kengashlar mehnat jamoalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratilishini ta’minlaydi.

29 aprel 2020, 20:13

Tojikistonda ismlardagi ruscha qo‘shimchalardan voz kechiladi

Tojikistonda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar ruscha qo‘shimchalarsiz beriladi. Taqiq milliy ozchiliklari vakillari va rus familiyasiga ega bo‘lganlarga ta’sir qilmaydi.

29 aprel 2020, 12:05

Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiya O‘zbekistonda diniy erkinlik masalasi yaxshilanganini tan oldi

AQSHning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi (USCIRF) O‘zbekistonda diniy erkinlik bo‘yicha amalga oshirilgan ijobiy qadamlarni olqishlab, 2005 yildan beri birinchi marta «diniy erkinlik sohasida alohida xavotirga molik davlatlar» qatoridan olib tashladi.

29 aprel 2020, 09:00

Partiya rahbarlari YeOOI bilan hamkorlik bo‘yicha fikrlarini bildirishdi

28 aprel kuni Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga “kuzatuvchi” bo‘lib kirishi uchun ovoz berdi. Partiya fraksiyalari rahbarlari ushbu masalaga o‘z munosabatlarini bildirdi.

28 aprel 2020, 19:18

Shavkat Mirziyoyev Buxoroda tabiiy ofat zararlarini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev vertolyotda Buxoro viloyatining Qorako‘l va Olot tumanlaridagi kuchli shamol yetkazgan zararlarni ko‘zdan kechirib, aholi vakillari bilan suhbatlashdi.

28 aprel 2020, 15:04

Prezident Buxoroga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirish, zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish maqsadida Buxoroga jo‘nab ketdi.

28 aprel 2020, 13:23

Deputatlar O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi sifatida kirishi uchun ovoz berdi

Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi sifatida kirishi uchun ovoz berdi.

27 aprel 2020, 15:39

Valeriy Tyan yangi lavozimga tayinlandi

O‘zbekiston havo yo‘llarining sobiq bosh direktori Vazirlar mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

27 aprel 2020, 14:18

Dunyo bo‘ylab harbiy xarajatlar qariyb 2 trln dollarga yetdi

Stokgolm Xalqaro Tinchlik Tadqiqot Institutining (SIPRI) hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili dunyo bo‘ylab davlatlar harbiy sohaga 1,9 trln dollar sarflashgan, bu ko‘rsatgich 2018 yilga nisbatan 3,6 foizga o‘sgan. 2019 yilda xarajatlarning 62 foizini tashkil etgan beshta eng katta sarflovchilar AQSH, Xitoy, Hindiston, Rossiya va Saudiya Arabistoni.

27 aprel 2020, 14:16

Uy sharoitida karantinda saqlash tartiblari belgilandi

Hukumat qarori bilan uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash bo‘yicha vaqtinchalik tartiblar belgilandi. Unga ko‘ra, koronavirus aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlar ro‘yxati shakllantiriladi va ular 14 kun davomida uyda yashovchi barcha shaxslar bilan birga karantinga olinadi. Karantin muddati davomida uylarni tark etishlari qat’iyan man etiladi.

27 aprel 2020, 12:07

Qozog‘istonda favqulodda holat 11 maygacha uzaytirildi

Qozog‘iston prezidentining farmoni bilan mamlakatda favqulodda holat rejimi 11 may kuniga qadar uzaytiriladi. Hukumat ikkinchi oy uchun daromadlarini yo‘qotgan fuqarolarga 42 500 tenge miqdorida yordam berishini, 1 maydan poytaxt va Olmaota o‘rtasida aviareyslar tiklanishini hamda bir qator tuman va shaharlarda karantin rejimini yumshatilishini ma’lum qildi.

27 aprel 2020, 10:41

Janubiy Koreya O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubordi

Koreya Respublikasi tomonidan yuborilgan insonparvarlik yordamining birinchi qismi Toshkentga yetib keldi. Unda umumiy qiymati 900 ming dollarga yaqin yuqori texnologik tibbiy uskunalar, avtomat mexanizmli tibbiy karavotlar va PSR diagnostika test tizimlari joy olgan.

24 aprel 2020, 17:26

Faxriddin Boboyev “O‘zcharmsanoat” uyushmasining raisi etib tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Faxriddin Boboyev “O‘zcharmsanoat” uyushmasining raisi etib tasdiqlandi. U rais vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

24 aprel 2020, 16:02

Energetika vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Behzot Narmatov energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

23 aprel 2020, 17:43

Tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Erkin Xamrayev tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

22 aprel 2020, 20:39

Ozodbek Nazarbekovga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan Jamol Nosirov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

22 aprel 2020, 18:31

Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni Ramazon boshlanishi, shuningdek, davlat bayrami — Milliy suverenitet va bolalar kuni bilan tabrikladi.

22 aprel 2020, 11:48

Prezident propiska tizimini isloh qilish haqidagi farmonni imzoladi

Prezident farmoni bilan propiska tizimi tubdan isloh qilinadi. Xususan, 1 apreldan Toshkent shahri va viloyatida ko‘chmas mulkka ega bo‘lishda fuqarodan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish talab etilmaydi, poytaxtda ro‘yxatdan o‘tmasdan yashash muddati 15 kunga uzaytiriladi. Shuningdek, yagona «Manzil» avtomatlashtirilgan axborot tizimi yo‘lga qo‘yiladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting