Siyosat

31 mart 2021, 16:55

«U qaror qabul qilishda demokrat». Sergeli hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev haqida

Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov Toshkent shahar rahbari Jahongir Ortiqxo‘jayevning ishlash tartibi va shaxsiy sifatlari haqida so‘zlab berdi. «U chapani odam va tadbirkorlarga xos fikrlaydi», dedi u.

31 mart 2021, 12:57

BMT sodir bo‘lgan «xavotirli voqealar»ni xolis tergov qilishga chaqirdi

BMTning O‘zbekistondagi jamoasi O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralarini o‘tgan hafta oxirida sodir bo‘lgan xavotirli voqealar yuzasidan xolis tekshiruv o‘tkazishga chaqiradi.

30 mart 2021, 22:13

«Muammoli masalalar tartibsizlik bilan hal qilinmaydi». Deputatlar ruxsatsiz namoyish va LGBT targ‘ibotiga qarshi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bir jinsli munosabatlarga qarshi yoshlarning Toshkent markazida ruxsatsiz norozilik aksiyasi o‘tkazgani hamda LGBT targ‘ibotini qoralab o‘z munosabatlarini bildirib o‘tishdi.

30 mart 2021, 17:50

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi

Toshkentda O‘zbekiston va Vengriya mamlakatlari o‘rtasidagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya hamda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yana 9 ta hujjat imzolandi. Mamlakatlar bandlik, atom energetikasi, qishloq va suv xo‘jaliklari sohalarida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

30 mart 2021, 12:13

O‘zbekiston va Vengriya ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga tayyor

O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot o‘tkazdi. Tomonlar o‘zaro munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga tayyor ekanligini tasdiqladi.

30 mart 2021, 10:03

Transport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident Administratsiyasida faoliyat yuritib kelgan Abdusamat Muminov transport vaziri o‘rinbosari bo‘ldi.

30 mart 2021, 08:49

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi

Prezident qarori bilan Shaxrux Sharaxmetov Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

30 mart 2021, 01:48

«Endi bu tarmoq qo‘shilgan qiymat beradigan vaqt keldi» — prezident kimyo sanoati haqida

Dushanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoati tarmog‘ida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Hozirda «O‘zkimyosanoat» tomonidan 1,355 mlrd dollarlik 21 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, 2,6 mlrd dollardan ziyod 18 ta loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda.

30 mart 2021, 01:32

Shavkat Mirziyoyev shu hafta ikkita xalqaro tadbirda ishtirok etadi

Martning so‘nggi kunlarida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Oliy maqomdagi uchrashuvlar chog‘ida iqtisodiyot, energetika, ta’lim va kadrlar tayyorlash, madaniyat, hududlararo hamkorlik, bandlik va mehnat munosabatlari sohalarida 10 dan ortiq kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda. Qolaversa, prezident Shavkat Mirziyoyev 31 mart kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) videoanjuman shaklida o‘tadigan norasmiy sammitida qatnashadi.

29 mart 2021, 18:27

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban O‘zbekistonga keldi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni aeroportda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. Oliy martabali mehmon Mustaqillik maydoniga tashrif buyurda hamda Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Shundan keyin Vengriya delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

27 mart 2021, 15:50

Prezident ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi

Prezident «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Barcha shahar va tumanlarda «Ma’naviyat va ma’rifat maskani» yaratiladi, universitetlarda «Ma’naviyatshunoslik», «Kasbiy ma’naviyat» fanlari joriy etiladi.

27 mart 2021, 13:07

«Hamma shunaqa bo‘lishi kerak» — Andijon hokimi prezidentga doim «muhtaram» deb murojaat qilishi haqida

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov prezidentga nisbatan ko‘p marotaba «muhtaram» so‘zini ishlatishiga to‘xtalib o‘tdi. «Prezident yurtning otasi… faqat men emas, hamma shunaqa bo‘lishi kerak», deya ta’kidladi u.

27 mart 2021, 10:48

2020 yilda partiyalar hisob raqamiga deyarli 100 mlrd so‘m kelib tushgan

Siyosiy partiyalar rahbarlari 2020 yilda partiya faoliyatining moliyalashtirilishi va uning manbalari to‘g‘risida hisobot berishdi. O‘zLiDeP partiyasiga 35,3 mlrd so‘m kelib tushgan, bu partiyalarga o‘tkazilgan eng ko‘p mablag‘ hisoblanadi. Milliy tiklanish va O‘zLiDeP partiyalarining asosiy moliyalashtirish manbalari davlat byudjeti bo‘lgan. XDP xarajatlarining 48 foizi o‘z mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.

27 mart 2021, 09:31

Vengriya bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 30 mart kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif davomida mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va koronaivrus pandemiyasining oqibatlariga qarshi global kurash masalalari muhokama qilinadi.

26 mart 2021, 16:31

O‘zbekiston va Qirg‘iziston bahsli chegara hududlarini xatlovdan o‘tkazishga kelishib olishdi

Qirg‘iz-o‘zbek chegaralaridagi barcha bahsli hududlar hal qilindi, deya ta’kidladi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev. Uning aytishicha, ikki mamlakat delegatsiyalari Toshkentda bu to‘g‘risida kelishuvga erishgan. Tomonlarning qanday shartlar asosida kelishuvga erishgani ham ma’lum qilindi.

26 mart 2021, 14:27

Ayrim pensionerlarning oylik pensiyasi 10 foizdan 20 foizgacha oshiriladi

Prezident farmoni bilan «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun pensiya miqdori 10 foizdan 20 foizgacha oshirilmoqda. Bundan tashqari, «Saxovat» va «Muruvvat» uylari rahbar xodimlarining oylik maoshlari 1,2 baravardan 2 baravargacha oshiriladi.

26 mart 2021, 12:38

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan SSV huzurida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi. «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari, Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari va pansionatlar agentlik tizimiga o‘tkaziladi. Muassasalar rekonstruksiyasiga 428 mlrd so‘m ajratiladi.

25 mart 2021, 19:05

Prezident — energiya ta’minoti haqida: «Men o‘ylaymanki, korrupsiya qilish uchun bu sohani isloh qilishmagan»

Shavkat Mirziyoyev ta’kidlashicha, elektr energiya va gaz sohasi «korrupsiya qilish uchun isloh qilinmagan». U 2021 yilda 5377 mahallada (60%) 15 ming km elektr uzatish tarmoqlari va 4000 ta transformatorlarni ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Energetika vaziri o‘tgan 25 yillik davrga qaraganda so‘nggi 4 yilda 2,5 baravarga ko‘proq elektr tarmoqlari qurilganini ma’lum qildi.

25 mart 2021, 16:32

Majburiy mexnat bo‘yicha xalq ta’limi xodimlariga topshiriq berganlarga ham chora ko‘rish kerak — Sherzod Shermatov

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov majburiy mexnat bo‘yicha xalq ta’limi xodimlariga topshiriq berganlarga ham chora ko‘rish kerakligini ta’kidladi. Senat raisi Tanzila Narbayeva esa majburiy mehnatga jalb qilish zanjirining ortida hokimlar turganiga ishora qildi.

25 mart 2021, 15:22

«Byudjet mablag‘lari talon-taroj qilinsa, prokurorlar ham javobgar bo‘ladi» — prezident

Shavkat Mirziyoyev byudjet mablag‘larining manzilli va samarali sarflanishini prokuratura tizimi nazorat qilib borishini ma’lum qildi. 2020 yilda «manzilli dastur"larga yo‘naltirilgan byudjet mablag‘larining 8 foizi talon-taroj qilingan. «Nimaga biz peshona terimiz bilan topayotganimizni ular talon-taroj qilayapti?», — dedi prezident.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting