Siyosat

30 oktabr 2020, 22:38

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Turkiyada sodir bo‘lgan 6,6 ballik zilziladan so‘ng 97 marta aftershok qayd etildi, ulardan 20 tasining magnitudasi 4 dan oshdi. Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi.

30 oktabr 2020, 13:05

Shavkat Mirziyoyev Shimoliy iqtisodiy hamkorlik xalqaro forumida ishtirok etdi

Prezident Shimoliy iqtisodiy hamkorlik xalqaro forumida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Koreya Respublikasi O‘zbekistonga raqamli va «yashil» texnologiyalarni keltirishda asosiy hamkorlardan biri ekani ta’kidlandi.

30 oktabr 2020, 11:29

Estoniyada O‘zbekistonning birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi

O‘zbekistonning Latviya va Finlyandiyadagi elchisi Qadamboy Sultonov Estoniyadagi birinchi elchi sifatida akkreditatsiyadan o‘tdi.

29 oktabr 2020, 22:19 1

Abdulla Aripov Sirdaryoda — Sardobaliklar uchun yangi qurilgan uylar ko‘chib o‘tishga tayyor

Hukumat rahbari Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Sardoba texnogen falokatidan zarar ko‘rgan aholi uy bilan birga doimiy ish o‘rniga ham ega bo‘lishini ta’kidladi. Yangi uylar ko‘chib o‘tishga tayyor va tez orada “qur'a tashlash” yo‘li bilan aholi o‘rtasida taqsimlanadi.

29 oktabr 2020, 12:06

300 nafarga yaqin o‘zbekistonlik Abxaziyadan qaytarildi

299 kishidan iborat O‘zbekiston fuqarolarining ikkinchi guruhi charter reyslari orqali Abxaziyadan qaytarildi. Abxaziyada qolgan fuqarolarni qaytarish bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar davom etmoqda.

28 oktabr 2020, 20:35

Prezident farmoni: Qurilish sohasida ishchilarni shartnomasiz yollashga ruxsat beriladi

Prezidentning yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga oid qarori bilan qurilish sohasida ishchilarni shartnoma tuzmasdan yollashga ruxsat etilmoqda. Bundan tashqari, rieltorlarning aylanma soliq stavkasi 25 foizdan 13 foizgacha tushiriladi. Ovqatlanish shoxobchalarining plastik kartadan tushgan daromadi esa umumiy daromadga kiritilmaydi.

28 oktabr 2020, 12:35

«O‘zavtosanoat» transformatsiyasi — imtiyoz va prefensiyalar bekor qilinadi

Prezident farmoni bilan «O‘zavtosanoat», «O‘zbekiston temir yo‘llari», Uzbekistan Airways, Uzbekistan Airports va boshqalarning imtiyoz va preferensiyalari xatlovdan o‘tkaziladi va bekor qilinadi.

27 oktabr 2020, 18:55

Prezident Turkiya milliy mudofaa vazirini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkiya milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy sohadagi hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qilishdi.

27 oktabr 2020, 18:14

Guanchjou shahrida O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi ochildi

Xitoyning Guanchjou shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

27 oktabr 2020, 12:36

Prezident 2021−2022 yillarda elektr energiyasi tariflarini oshirmaslik bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev videoselektorda elektr energetikasi sohasi transformatsiyasi orqali tannarx kamaytirilishi lozimligini ta’kidladi. Soha transformatsiyasini esa tannarxga ta’sir qilmagan holda, harajatlarni kamaytirish evaziga amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

27 oktabr 2020, 11:56

Karantin talablari buzilganda avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksdagi yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, karantin talablari buzilganda avtomobil jarima maydonchasiga majburiy joylashtirilishi mumkin. Bundan tashqari, epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy ishlar ichki ishlar organlari tomonidan ham ko‘rib chiqilishi mumkin.

26 oktabr 2020, 22:26

Prezident arzon turar joylar loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

Sardoba hamda Mirzaobod tumanlari tajribasi asosida besh qavatli uylar loyihasi ishlab chiqildi. Xonadonlar joylashuvi va xonalar ichki maydonini maqbullashtirish, qurilish materiallarini loyihaga mos o‘lchamda ishlab chiqish hamda hovli va yo‘laklarga sensorli elektr chiroqlari o‘rnatilishi hisobiga uylarning narxi 30 foizgacha arzonlashishi ta’kidlandi.

26 oktabr 2020, 13:17

Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 2021 yil 1 martga qadar Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Tegishli prezident farmoni loyihasida o‘quv rejasini takomillashtirish, umumiy haftalik o‘quv yuklamasini kamaytirish va o‘zaro uzviy bog‘liq fanlarni birlashtirish ko‘zda tutilgan. OTMga kirish testlariga abituriyentlarning mantiqiy fikrlashi va talabalikka tayyor ekanini baholovchi kompetensiyaviy testlar kiritilishi mumkin.

24 oktabr 2020, 18:14

«Korrupsiya bilan oldingi tizim ko‘plarga ma’qul. Bo‘lmaydi boshqa» — prezident

Shavkat Mirziyoyev orqada qolayotgan korxonalar faoliyatini tanqid qildi va yaratilgan imkoniyatlardan foydalanmayotgan tarmoqlar va hududlar rahbarlari ishdan bo‘shatilishi va sudga tortilishi haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Korrupsiya bilan oldingi tizim ko‘plarga ma’qul. Bo‘lmaydi boshqa». Prezident, shuningdek, davlat korxonalari bilan O‘zbekiston o‘z maqsadlariga erisha olmaydi, deb hisoblaydi.

24 oktabr 2020, 12:21

Bojxona qo‘mitasi bank siriga ega bo‘lish to‘g‘risidagi qonun loyihasi yuzasidan izoh berdi

Davlat bojxona qo‘mitasining xabar berishicha, bank sirlari to‘g‘risidagi qonunga qo‘shimcha kiritishdan maqsad tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga nisbatan bojxona nazoratining soddalashtirilgan shakllarini qo‘llash va yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirishdir.

23 oktabr 2020, 14:25

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi 2021 yilga qoldirildi

Kuzda Bishkekda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi maslahat uchrashuvi koronavirus pandemiyasi sababli 2021 yilga qoldirildi. Uchrashuv Turkmanistonda o‘tkazilishi mumkin.

23 oktabr 2020, 12:11

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasiga yangi rais saylandi

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi siyosiy Kengashi raisi etib saylandi.

23 oktabr 2020, 11:11

Samarqanddagi ikkita ko‘chaga O‘ktam Barnoyev va A’zamxon Bahromov nomi beriladi

Samarqanddagi ikkita ko‘chaga turli yillarda Samarqand viloyati hokimi bo‘lgan Azamxon Bahromov va O‘ktam Barnoyev nomlarini berish taklif qilindi.

23 oktabr 2020, 11:05

Madaniyat vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

«Kiberxavfsizlik markazi» DUK direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Olimjon Mirzayev madaniyat vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

22 oktabr 2020, 23:26

Prezident Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Xavfsizlik Kengashiga o‘tdi

Mart oyidan beri O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi sifatida ishlab kelayotgan Bahodir Toshmatov prezident huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting