Siyosat

29 aprel 2021, 13:13

Zoyir Mirzayev koronavirusga chalingani ma’lum qilindi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev COVID-19ga chalindi.

29 aprel 2021, 12:31

Ulug‘bek Toshxo‘jayev Davlat personallashtirish markazining direktori etib tayinlandi

Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Ulug‘bek Toshxo‘jayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining direktori etib tayinlandi.

29 aprel 2021, 10:29

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Nodir Erkayev Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan Jo‘rabek To‘rayev viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

29 aprel 2021, 10:08

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi. Davlat rahbarining Turkmaniston prezidentining otasi Malikguli Berdimuhamedov xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi.

29 aprel 2021, 09:35

Pullar xalqqa borishi kerak, amaldorlarning cho‘ntagiga emas — Tanzila Norboyeva

«Byudjet puli, bu — xalqning puli. Bu xalqqa borishi kerak, qandaydir amaldorlarning cho‘ntagiga borishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik kerak. Agar shunday bo‘layotgan bo‘lsa, ularga ayovsiz qonuniy chora ko‘rishni ta’minlashimiz kerak», — dedi Senat raisi Tanzila Norboyeva

28 aprel 2021, 18:48

O‘zbekiston va Rossiya mudofaa vazirlari strategik hamkorlik dasturini imzoladilar

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov va Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Buxoroda 2021−2025 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturini imzoladilar. RF mudofaa vaziri O‘zbekistonga fashizm ustidan erishilgan g‘alabada o‘zbek xalqining hissasi to‘g‘risidagi arxiv hujjatlarini tortiq qildi.

28 aprel 2021, 13:29

Senat to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarimani kamaytirishni ma’qulladi

Senatorlar haydovchilar tomonidan to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni kamaytirishni hamda boshqa yo‘l harakati qoidalarini buzishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qullashdi.

28 aprel 2021, 13:06

Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari infratuzilmasini yaxshilashga 1,6 trln so‘m ajratiladi

Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida asosiy e’tiborni importni qisqartirib, raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratish lozimligi ta’kidlandi. Qolaversa, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan mauammo — infratuzilma masalalarini hal etish kerakligi aytildi. Buning uchun esa 1,6 trln so‘m mablag‘ ajratilayotgani ma’lum qilindi.

28 aprel 2021, 10:27

Turizm va sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Turizm va sport vazirining ma’naviy-ma’rifiy masalalar va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlab kelayotgan O‘tkir Saidov Turizm va sport vazirining ziyorat turizmi bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

27 aprel 2021, 21:50

Sadir Japarov — Kampir-Obod suv omborining bir qismi O‘zbekistonga berilishiga qarshi mitinglar to‘g‘risida

«Hozirda faqat muzokaralar boshlangan. Hech qanday hujjat imzolangani yo‘q. To‘rt bosqich o‘tadi, o‘shandan keyingina imzolanadi», — dedi Qirg‘iziston prezideni Sadir Japarov Kampir-Obod suv omborining bir qismi O‘zbekistonga berilishiga qarshi namoyishlar haqida. Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish komissiyasi tarkibiga mahalliy aholidan ham kiritish rejalashtirilmoqda.

27 aprel 2021, 14:11

Yusup Kabuljanov Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili etib tayinlandi

O‘zbekistoninng Novosibirskdagi bosh konsuli bo‘lib ishlagan Yusup Kabuljanov Tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi va rasmiy vakili etib tayinlandi.

27 aprel 2021, 10:33

Innovatsion rivojlanish vazirligida o‘zgarishlar amalga oshirildi

Shaxloxon Turdikulova innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, Olimjon To‘ychiyev innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

26 aprel 2021, 13:42

Prezident shu hafta qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazadi

Prezident aprel oyining so‘nggi haftasida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazadi. Uning matbuot kotibi ma’lum qilishicha, yana 3 ta taqdimot o‘tkazilishi hamda Xitoy Raisi Si Szinpin va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muloqoti ham reja qilingan.

25 aprel 2021, 15:59

«Toshkent namuna bo‘lishi kerak». Prezidentning poytaxtdagi ob’ektlarga tashrifidan fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 aprel kuni xorijiy mamlakatlar elchilarini qabul qilgach, Toshkentdagi bir qator ob’ektlar, jumladan, Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi va Texnoparkdagi yangi korxonalarni borib ko‘rdi. Undan keyin esa Yashnobod tumanidagi Parvoz mahallasi aholisi bilan suhbatlashdi. «Toshkent namuna bo‘lishi kerak», — dedi prezident. «Gazeta.uz» fotoreportaji.

23 aprel 2021, 17:21

Prezident yetti nafar elchining ishonch yorliqlarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Bangladesh, Chexiya, Misr, Iordaniya, Turkiya, Rossiyaning yangi elchilari va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbarining ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

22 aprel 2021, 20:27

«Rahbarlar korrupsiyaga berilib ketgan». Prezident rahbarlarni oxirgi marta ogohlantirdi

Shavkat Mirziyoyev «juda katta korrupsiyaga berilib ketgan» rahbarlarni oxirgi marta ogohlantirdi. Prezident Samarqand va Andijon misolida mutasaddilarni korrupsiyaga qarshi yetarlicha kurash olib borilmayotgani uchun tanqid qildi.

22 aprel 2021, 18:25

Iyun oyida O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga tashrif buyurishi kutilmoqda

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda. Tashrif iyun oyi o‘rtasida amalga oshirilishi kutilmoqda.

22 aprel 2021, 13:56

«O‘zbekistonda 12 ta yangi kodeksni ishlab chiqish ustida ishlar ketmoqda» — Akmal Saidov

Xalqaro yuridik forumda Akmal Saidov nutq so‘zlab, yangi O‘zbekistonda yangi huquqiy asoslar yaratila boshlanganini aytdi. Uning fikricha, ilgari nomi aytilmagan tashkilotlarga tegishli qonunlar ham ishlab chiqilgan. U shuningdek, ayni vaqt mamlakatda 18 ta kodeks mavjudligi, yana 12 ta yangi kodeks ishlab chiqish jarayonida ekanligini qo‘shimcha qildi.

22 aprel 2021, 12:36

«Amaldorlarning ko‘chmas mulklari va mashinalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiqlanishi kerak» — adliya vaziri

Ruslanbek Davletov xalqaro yuridik forum ochilishida eskicha ishlashga o‘rgangan ayrim mansabdorlar va tashkilotlar hanuz raqamlashtirishga qarshi ekanini qayd etdi. Ularga qarshi kurashish uchun esa sohalarda ochiqlikni ta’minlash standartlarini yaratish kerakligi aytildi. «Amaldorlarning ko‘chmas mulklari va mashinalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiqlanishi kerak», — deya qo‘shimcha qildi vazir.

21 aprel 2021, 17:38

Ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Azizbek Ikramov Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — kadrlar bilan ishlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari B.Abdullayev IIV jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i, vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting