Siyosat

19 yanvar 2021, 14:57

Tashqi siyosat konsepsiyasiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin

2021 yilgi Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtirilishi ko‘zda tutilgan. Hujjat 2012 yil sentyabr oyida qabul qilingan, lekin hozir Milliy qonunchilik bazasida mavjud emas.

18 yanvar 2021, 22:13

Prezident hujjatlari ijrosining 4 bosqichli tizimi joriy etiladi

Loyihadan tortib nazoratgacha — prezident hujjatlari ijrosining yangi to‘rt bosqichli tizimi joriy etiladi. «Ijro tizimidagi eng katta muammo — dunyoqarash o‘zgarmayotgani, bilimsizlik va mas’uliyatsizlik», — deya ta’kidladi davlat rahbari.

18 yanvar 2021, 15:23

“Aravani tortmasa, ketishi kerak”. Prezident amaldorlarning ishdan olinishi haqida

Shavkat Mirziyoyev 10 kun ichida ikki nafar vazir hamda bir qancha vazir o‘rinbosarlari ishdan bo‘shatilganiga to‘xtaldi. Qolaversa, davlat rahbari ikki nafar bosh vazir o‘rinbosarining “oxirgi xayfsan bilan zo‘rg‘a ishda qolganini” aytdi. “Aravani tortmasa, ketishi kerak”, — dedi prezident.

18 yanvar 2021, 11:21

Viloyat hokimlari qisqa muddatli ta’tilga chiqmoqdalar

Prezident administratsiyasi tasdiqlagan jadval asosida viloyat hokimlari bosqichma-bosqich qisqa muddatli ta’tilga chiqmoqdalar. Ular ta’tilda profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

18 yanvar 2021, 10:17

Barcha viloyat sudlari raislari tayinlandi

Prezident farmoyishi bilan 5 yil muddatga barcha viloyatlar sudlarinig raislari tayinlandi. Ular viloyatlarning jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy sudlari negizida tashkil etilgan.

16 yanvar 2021, 21:15

Prezident Jahongir Ortiqxo‘jayevga «boshqalarga advokatlik qilmaslikni» buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Chilonzor tumani hokimi Sarvar Maxametovni lavozimidan ozod etish niyati bo‘lganligini ma’lum qildi, ammo u «uch oy ichida topshiriqni bajara olishini» aytgan. Prezident, shuningdek, poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga «boshqalarga advokatlik qilmaslikni» buyurdi.

16 yanvar 2021, 13:15

«Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari siyosatimizga xiyonat qildi» — prezident

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining barcha tuman hokimlarini «halol va porasiz» ishlashlari zarurligi haqida ogohlantirdi. U «prezident siyosatiga xiyonat qilgan» Jizzax viloyati hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarini misol qilib ko‘rsatdi.

15 yanvar 2021, 18:42

Yerni noqonuniy olib qo‘ygan mansabdorlar 8 yilgacha qamalishi mumkin

Yerni noqonuniy olib qo‘yganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgan mansabdor shaxslar takroran shu huquqbuzarlikni sodir etsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ular 3 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi ham mumkin.

15 yanvar 2021, 14:20

Shavkat Mirziyoyev Senatning yangi binosini borib ko‘rdi

Prezident Senatning yangi binosini borib ko‘rdi. 6 qavatli eski bino tubdan rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha ob’ektlar qurilmoqda. Yangi binoda shuningdek, Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisini o‘tkazish uchun 280 o‘rinli zal ham tashkil etilyapti.

15 yanvar 2021, 13:01

O‘zbekistonda maktablarda 2−4-sinf o‘quvchilariga shaxmat o‘ynashni o‘rgatishga 20 mlrd so‘m ajratiladi

Prezident farmoni bilan barcha maktablarda 2−4 sinf o‘quvchilariga «Jismoniy madaniyat» darsida shaxmat saboqlari beriladi. Buning uchun 20 mlrd so‘m ajratiladi. Mamlakatda shaxmat o‘ynaydiganlar sonini 3 foizga, shaxmat to‘garaklari sonini 20 foizga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Avvalroq dunyoning eng yosh xalqaro grossmeysterlaridan biri Javohir Sindorov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasini e’tiborsizlikda, shaxmatchilarni qo‘llab-quvvatlamaslikda ayblagan edi.

15 yanvar 2021, 09:45

Jahongir Ibrohimov Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi

Bektemir tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Jahongir Ibrohimov Yunusobod tumaniga hokim bo‘ldi.

14 yanvar 2021, 15:54

Yosh tadbirkor qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Prezident qarori bilan «Gold Step Invest» MCHJ direktori o‘rinbosari Davronjon Adilov qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

14 yanvar 2021, 10:14

Oliy ta’lim vaziri va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimlariga nomzodlar ma’qullandi

Qonunchilik palatasi deputatlari Abduqodir Toshqulovning nomzodinia Oliy ta’lim vaziri lavozimiga, Sherzod Hidoyatovni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga ma’qullashdi.

13 yanvar 2021, 23:52

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini tark etdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Salomov «boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan» lavozimidan ozod etildi.

13 yanvar 2021, 16:48

Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi

Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Baxodir Ro‘ziboyev o‘z lavozimidan ozod etildi.

13 yanvar 2021, 16:15

Qishloq xo‘jaligi vazirining 2 nafar o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari Saidkamol Xodjayev va Botirjon Sulaymonov o‘z lavozimidan ozod etildi. Ma’lumotga ko‘ra, Saidkamol Xodjayev boshqa ishga o‘tadi. Botirjon Sulaymonov esa Toshkent davlat agrar universiteti rektori lavozimida qoladi.

12 yanvar 2021, 22:30

Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi

Prezident raisligida o‘tgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Qurolli Kuchlar va harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyatining 2020 yilgi sarhisobi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Oliy bosh qo‘mondon milliy harbiy san’at tarixini chuqur o‘rganib, qo‘shinlarning tayyorgarlik usul va uslublarini yanada takomillashtirish vazifasi qo‘ydi.

12 yanvar 2021, 21:33

Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi joriy etiladi

Davlat rahbarining hududlarning huquq ustuvorligi indeksini joriy etishga oid qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, indeksni aks ettiruvchi 32 ta indikator hamda 182 ta mezon belgilab berilmoqda. Indeksni aniqlash natijalari har yili 1-mayga qadar aniqlanadi va OAVda e’lon qilinadi.

12 yanvar 2021, 11:05 2

Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov sog‘ligini tiklash uchun qisqa muddatli ta’tilga chiqdi

Qon bosimi ko‘tarilganligi bois, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o‘z sog‘ligini tiklash maqsadida qisqa muddatli davolanish ta’tiliga chiqdi.

11 yanvar 2021, 15:10

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatidagi harbiy qismga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifini Markaziy harbiy okrugning artilleriya brigadasini borib ko‘rish bilan boshladi. Davlat rahbari mutasaddilarga bugun dunyoda kuzatilayotgan xavf-xatarlardan kelib chiqib, jangovar tayyorgarlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish, xorij tajribasini o‘rganish, eng ilg‘or axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting