Siyosat

17 may 2021, 13:49

Xorijiy tashriflar yakunida memorandumlar emas, anglashuv kelishuvlari imzolanadi — prezident matbuot kotibi

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunida hadli memorandumlar o‘rniga, aniq vazifalarni o‘zida mujassam etgan o‘zaro anglashuv kelishuvlari imzolanadi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda davlat rahbari mutasaddilarga bitimlarni moliyalashtirish manbalari, ijrochi va aniq muddatlarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berganini ta’kidladi.

17 may 2021, 10:36

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga tashrifi davomida Xo‘jandga ham boradi — OAV

Prezidentning iyun oyining birinchi yarmida Tojikistonga tashrifi kutilmoqda. Qo‘shni davlat OAVlarining yozishicha, ikki mamlakat yetakchilari Xo‘jandda So‘g‘d va unga chegaradosh hududlar rahbarlari bilan birgalikda muzokaralar olib borishi reja qilinmoqda.

17 may 2021, 09:31

Shavkat Mirziyoyev Bahodir Yo‘ldoshev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artisti, atoqli rejissyor, Bahodir Yo‘ldoshevning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi. San’atkor 2009 yilda «Diydor» yoshlar eksperimental teatr-studiyasini tashkil etib, umrining oxiriga qadar unga rahbarlik qilib keldi. Ushbu studiya faoliyati orqali ko‘plab iqtidorli yoshlarni kashf etdi.

16 may 2021, 00:18

O‘zbekiston Dominika bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ydi

Dominika O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 137-mamlakat bo‘ldi. Nyu-Yorkda ikki mamlakat vakillari qo‘shma bayonotga imzo chekdi.

15 may 2021, 23:47

Toshkent hokimi bo‘sh turgan binolar egalariga penya joriy etish taklifini bildirdi

Toshkentda o‘tkaziladigan tajriba doirasida bo‘sh turgan binolarning egalariga penya joriy etish rejalashtirilmoqda. Gap olti oy mobaynida mol-mulkdan foydalanilmagan yoki ijaraga berilmagan taqdirda penya hisoblash haqida ketmoqda. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlar kredit olganidan ko‘ra, ijaraga bino olib, o‘z faoliyatlarini boshlagani ma’qul deb hisoblaydi.

14 may 2021, 19:48

Respublika onkologiya markazi uchun yangi bino quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya tajribasi asosida Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasining bo‘sh turgan hududida Respublika onkologiya markazining yangi binolarini barpo etish bo‘yicha topshiriq berdi. Har bir hududga mobil mammograflar va pozitron-emission tomograflar yetkazib berilishi qayd etildi. Saraton kasalliklarini erta aniqlaydigan laboratoriyalar tashkil etilib, maxsus onkomarkerlar tekshiruvlari yo‘lga qo‘yiladi.

14 may 2021, 16:50

O‘zbekiston prezidenti Tojikiston bosh vazirini qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qo‘shma Hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan kelgan Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.

13 may 2021, 15:00

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari chegaradagi so‘nggi voqealarni muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini muborakbod etdi va qirg‘iz-tojik chegarasidagi so‘nggi voqealar, qolaversa, qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasidagi qolgan uchastkalarni huquqiy ro‘yxatga olish masalalarini muhokama qilishdi.

12 may 2021, 20:06

Prezident Ramazon hayiti arafasida 100 nafar mahkumni afv etdi

Chorshanba kuni prezident qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 100 nafar fuqaroni afv etishga oid farmonni qabul qildi. Ular orasida chet el fuqarolari, 60 yoshdan oshgan erkaklar, ayollar hamda taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar bor.

12 may 2021, 19:23

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari bir-birlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Chorshanba kuni telefon orqali muloqotda prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an bir-birlarini Ramazon hayiti bilan tabriklashdi. Qolaversa, ular Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olishi munosabati bilan chuqur xavotirda ekanligini bildirdi.

12 may 2021, 17:35

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Yosixide Sugani O‘zbekistonga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi. Tomonlar «Markaziy Osiyo + Yaponiya» formatidagi amaliy hamkorlikni muhokama qilishdi. Suhbat so‘ngida Shavkat Mirziyeyov Yosexide Sugani O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif qildi.

12 may 2021, 17:06

«Oziq-ovqatning 3 oylik zaxirasi har bir hududda bo‘lishi shart» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident videoselektorda go‘sht va o‘simlik yog‘ining narxlari 1 yildan buyon to‘xtovsiz o‘sayotgani barcha rahbarlarni zarur chora-tadbirlarni ko‘rishga undashi kerakligini ta’kidladi. «Oziq-ovqatning uch oylik zaxirasi har bir hududda bo‘lishi shart», — dedi u. Qolaversa, hududlarda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari kamayishi ularning narxi oshishiga olib kelgani aytildi.

12 may 2021, 15:35

O‘zbekiston Afg‘onistonda Ramazon Hayiti munosabati bilan uch kunlik sulh e’lon qilinganini olqishlaydi

O‘zbekiston muqaddas Ramazon Hayiti — Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh e’lon qilinganini olqishlaydi. Muborak kunlarda o‘t ochishning to‘xtalishi Afg‘onistonda siyosiy tinchlik jarayonini ilgari surish bo‘yicha zarur shart-sharoitlarni yaratishiga umid bildirildi.

12 may 2021, 14:43

«Maktabdagi ahvollarni ko‘rsa, odam tavba deb yuboradi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident respublikadagi maktablar sharoitining yomon ahvoldaligi masalasi dolzarbligicha qolayotganini ta’kidladi. «Maktabdagi ahvollarni ko‘rsa, odam tavba deb yuboradi. Kamchiliklarni 27 yil ko‘rib-ko‘rmaslikka olganmiz. Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqanddagi maktablarning ahvolini yaxshi bilaman», — dedi u.

12 may 2021, 14:23

«Bu loyihalar faqatgina kredit olish maqsadida, „ko‘zbo‘yamachilik“ uchun amalga oshirilayapti». Prezident davlat dasturlari haqida

12 may kuni prezident videoselektorda 3 yilda hududiy dasturlar doirasida 16 trln so‘mlik 4,2 mingta loyihaning 50 foizi, joriy yildagi 11,5 trln so‘mlik 2,6 mingta loyiha bo‘yicha esa 80 foiz pul tushumlari bankdan tashqarida aylanayotganini aytdi. «Demak, bu loyihalar faqatgina kredit olish maqsadida, „ko‘zbo‘yamachilik“ uchun amalga oshirilayapti degani emasmi?», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

12 may 2021, 13:30

O‘zbekiston AQSH uchun muhim mamlakat sanaladi — Deniyel Rozenblyum

AQSH O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum AQSH uchun O‘zbekiston qanday strategik ahamiyatga egaligi to‘g‘risida fikr bildirdi. “O‘zbekiston AQSH uchun muhim mamlakat sanaladi”, — deydi u. AQSH elchisi bu fikrini asoslash uchun uchta sababni keltirib o‘tdi.

12 may 2021, 12:34

AQSH kuzdagi saylovlarni yaqindan kuzatib boradi — AQSHning O‘zbekistondagi elchisi

AQSH O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum oktyabr oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari haqida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, AQSH YeXHTning monitoring ishida qatnashadi va saylovlarni yaqindan kuzatib boradi. Shuningdek, uning aytishicha, saylovlarda raqobatlashmoqchi bo‘lganlarga imkon va barcha sharoitlar bo‘lishi juda muhim. “Agar kimdir siyosiy partiya tuzmoqchi bo‘lsa, uning yo‘liga qo‘yiladigan to‘siqlar bo‘lmasligi kerak”, — deydi u.

12 may 2021, 11:41 1

«Tadbirkor tadbirkorligi, quruvchi qurilishi bilan shug‘ullansin» — prezident

Prezident chorshanba kungi videoselektor yig‘ilishida qurilish sohasida muammolar, shu jumladan, tenderlarda reytingda yo‘q qurilish kompaniyalari ishtirok etmasligi kerakligiga to‘xtalib o‘tdi. «Tadbirkor tadbirkorligi, quruvchi qurilishi bilan shug‘ullansin», — dedi Shavkat Mirziyoyev. U shuningdek, tadbirkor qurilish bilan shug‘ullansa Jizzaxdagi uy qulashi kabi oqibatlarga olib kelishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

12 may 2021, 10:16

«1 avgustga qadar ASKUE tizimini 100 foiz ishga tushirish shart» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 avgustga qadar, mavjud kechikishni to‘liq bartaraf etgan holda, ASKUE tizimini 100 foiz ishga tushirilishi shart ekanligini ta’kidladi. Sanoat tarmoqlari, tadbirkorlik sub’ektlari va aholi ehtiyojlarini to‘la qondirish uchun, ikkinchi chorakda jami 15,5 mlrd kilovatt elektr ishlab chiqarish zarurligi qayd etildi.

11 may 2021, 19:36

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining pensiyasi 2,5 mln so‘m etib belgilandi

Prezident Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 2,5 mln so‘m pensiya tayinlashga oid farmonni imzoladi. Ushbu tartib 10 maydan boshlab amal qiladi. Hozirga qadar urush faxriylarining pensiyasi 800 ming so‘mni tashkil etgan edi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting