29 fevral, shanba

Siyosat

Zoyir Mirzayev ariq voqeasi bo‘yicha ilk bor izoh berdi 

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ilk bor ariq voqeasi bo‘yicha izoh berdi. U katta xulosa chiqargani va xatolar uchun javob berish kerakligini tushunib yetganini aytib o‘tdi.

Propiska tizimi ochiq tanqid qilinmoqda 

Parlament va hukumat vakillari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan so‘ng mavjud propiska tizimini ochiq tanqid qila boshladi.

Murojaatnomadan xulosalar: O‘zbekiston muhtasham 10 yillikka kirib bormoqda 

Parlament va hukumat vakillari prezident murojaatnomasi bo‘yicha munosabatini bildirishdi. Moliya vaziri raqamli iqtisodiyot nega kerakligini tushuntirdi.

Maykl Pompeo O‘zbekistonga fevralda tashrif buyuradigan bo‘ldi 

AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo 2−3-fevral kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U prezident bilan uchrashadi va Toshkentda vazirlar yig‘ilishida ishtirok etadi. Tashrif yanvar oyida rejalashtirilgan edi, ammo kechiktirildi.

Komilov va Lavrov telefon orqali muloqot qildi 

O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qilishdi. Ular suhbat davomida O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga bo‘lajak tashrifini gaplashib olgan.

Prezident yangi hukumat tarkibini tasdiqladi 

Prezident yangi hukumat tarkibini tasdiqladi. Unda uchta lavozim bo‘sh qolgan, boshqa o‘rinlarda deputatlar ma’qullagan nomzodlar o‘zgarishsiz tasdiqlandi.

Prezident murojaatnomasi: asosiy fikrlar 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis a’zolariga an’anaviy murojaatnomani o‘qib eshittirdi. «Gazeta.uz» davlat rahbari bildirgan fikr va vazifalarni qisqacha mazmunda bayon etadi.

Prezident ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi 

Bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish uchun joriy yilda byudjetdan qariyb 2 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi."Raqamli O‘zbekiston — 2030″ dasturini ishlab chiqish ikki oyda yakunlanishi zarur.

Shavkat Mirziyoyev: «Rahbarlar erishilgan dastlabki ijobiy ko‘rsatkichlarga mahliyo bo‘lib, xotirjamlikka berilmasligi kerak» 

Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida virtual va Xalq qabulxonalariga yiliga 1 milliondan ziyod murojaat kelib tushayotgani, xalq bilan muloqotni yangi bosqichga olib chiqishni talab etishini ta’kidladi.

Prezident: «Jamiyat — islohotlar tashabbuskori» degan yangi g‘oya kundalik faoliyatimizga tobora chuqur kirib bormoqda" 

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasida islohotlar natijasida xalq uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berish kerakligini aytdi.

«U ko‘p og‘ir tuhmatlarga qolgan, lekin shularni jasorat bilan yengdi» — prezident Abdulla Aripov haqida 

Prezident Abdulla Aripovni 2016 yili davlat xizmatiga qaytishi ijtimoiy adolatni tiklash uchun xizmat qilganini ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev u haqda fikr bildirib, ko‘p tuhmatlarga duchor bo‘lgani, ammo hech qachon sinmaganini aytdi.

Hukumat ijro tuzilmasida o‘zgarish yuz berdi 

Vazirlar Mahkamasi ijro tuzilmasida ayrim lavozim va kotibiyatlar tugatildi. Shu bilan birga, tuzilmada yangi lavozimlar paydo bo‘ldi.