Siyosat

5 mart 2020, 11:47

O‘zbekiston Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasiga qo‘shildi

O‘zbekiston Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasiga qo‘shildi. XXHGKga a’zolik milliy qonunchilikka bir qator o‘zgartishlar kiritish, jumladan, xorijdagi fuqarolar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga imkon beradi.

5 mart 2020, 11:31

Adib Isajon Sulton vazir maslahatchisi etib tayinlandi

«Boqiy darbadar» romani muallifi Isajon Sulton Innovatsion rivojlanish vaziriga maslahatchi etib tayinlandi.

4 mart 2020, 14:05

Mirishkorning so‘kong‘ich hokimi ishdan olindi

Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Qarshi tuman hokimi G‘ayrat Begaliyev tayinlandi. Uning o‘rnini Maqsuda Mustafoyeva egallashi mumkin.

4 mart 2020, 12:47

Andijonda ikkita tuman hokimi o‘zgardi. Ulardan biri ayol kishi

Andijonda Asaka va Bo‘ston tuman hokimlari o‘zgardi. Yangi hokimlar — Inomjon Mamadaliyev va Sadbarxon Mamitova.

4 mart 2020, 11:19

Harbiy prokurorga o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston harbiy prokuroriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.

4 mart 2020, 10:51

Buxoro shahriga yangi hokim tayinlandi

Buxoro hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan O‘tkir Jumayev shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

2 mart 2020, 20:00

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi Yan Szechi prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lib, unga Si Szinpinning O‘zbekiston rahbariga yo‘llagan shaxsiy maktubini yetkazdi.

2 mart 2020, 18:08

Mirishkor hokimining so‘kong‘ichligi tan olindi

Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati Mirishkor tuman hokimi Baxtiyor Rajabovning so‘kong‘ichligini tan oldi. Hokim ishini tegishli tashkilotlar o‘rganmoqda.

2 mart 2020, 17:57

Kadastr qo‘mitasi tizimida «tozalash» boshlandi

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi Abdushukur Abdullayev ayrim tuman filial rahbarlarini ishdan olmoqda. U «tozalash»ni Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida o‘tkazdi.

2 mart 2020, 15:01

2020 yilgi Davlat dasturi tasdiqlandi

«Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» Davlat dasturi 284ta band bilan tasdiqlandi.

2 mart 2020, 14:52

O‘zbekistonda yangi vazirlik tashkil etilishi mumkin

O‘zbekistonda Raqamli rivojlanish vazirligi tashkil etilishi mumkin. Bu haqdagi prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

29 fevral 2020, 14:40

Buxoro viloyatiga yangi rahbar tayinlandi

Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan O‘ktam Barnoyev hokimlikdagi mehnat jamoasi bilan xayrlashdi. Karim Kamolov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

29 fevral 2020, 13:23

Kamilov afg‘on masalasida katta intervyu berdi

Dohadagi Abdulaziz Kamilov prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va afg‘on muammosini hal etish masalalari yuzasidan strategik qarashini ma’lum qildi. U bu haqda «Xalq so‘zi»ga bergan intervyusida gapirib bergan.

28 fevral 2020, 18:11

Xitoy tashqi siyosati me’mori O‘zbekistonga keladi

Xitoyning AQSHdagi elchisi, tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan oliy martabali siyosatchi Yan Szechi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga borishni ham rejalashtirgan.

28 fevral 2020, 16:40

Abdulaziz Kamilov Dohadagi Afg‘oniston tinchlik muzokarasida ishtirok etmoqda

Abdulaziz Kamilov Dohada boshlagan Afg‘oniston tinchlik muzokarasida ishtirok etmoqda. Uning aytishicha, afg‘on muammosi mintaqa davlatlarining qayg‘usi. Vazir o‘rinbosari Ilhom Ne’matov muzokaradan so‘ng O‘zbekistonda uchrashuv tashkil etish bo‘yicha fikrini bildirdi.

27 fevral 2020, 22:11

Toshkent hokimligi matbuot xizmatiga rahbar tayinlandi

Toshkent shahar Mahallalar kengashi boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan Furqat Mahmudxo‘jayev poytaxt hokimligi matbuot xizmati rahbari — hokimning axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

26 fevral 2020, 15:29

Ombudsman o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga nomzod ma’qullandi

Ombudsmanning o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga sobiq deputat Aliya Yunusova nomzodi parlament quyi palatasi tomonidan ma’qullandi. Endilikda ushbu nomzod Senat tomonidan ham ma’qullanishi lozim.

26 fevral 2020, 14:28

Ombudsman parlamentga yagona tergov qo‘mitasini tuzishni taklif etdi

Ombudsman yagona tergov qo‘mitasini tuzish taklifini bildirdi. U parlamentga bildirgan hisobotida shu haqda ta’kidlab, qo‘mitani tergovda qiynoqlar qo‘llanishiga barham berish yechimi sifatida ko‘rsatdi.

25 fevral 2020, 16:54

Abdulaziz Kamilovga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekistonning Hindiston va Bangladeshdagi favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev tashqi ishlar vaziriga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi.

25 fevral 2020, 16:34

Moliya vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Bokkoni va Harvard universitetlari bitiruvchisi Omonullo Nasriddinxo‘jayev moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bunga qadar u prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting