Siyosat

10 fevral 2021, 18:52

Uchastka noziri va mahalla raislari majlisga chaqirilmaydi — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Davlat dasturi bo‘yicha yig‘ilishda yana majlisbozlik masalasiga to‘xtalib, hokimlar majlis o‘tkazish uchun bosh vazirdan ruxsat so‘rashi kerakligini qayd etdi. Davlat rahbari majlislarga profilaktika inspektorlari va mahalla raislarini chaqirmaslikni ta’kidladi.

10 fevral 2021, 18:37

Sport vazirligi Turizm qo‘mitasi bilan birlashtiriladi, Aziz Abduhakimov sohaga rahbar bo‘ladi

Prezident raisligidagi yig‘ilishda Sport vazirligi Turizm qo‘mitasi bilan birlashtirilish ma’lum qilindi. Bosh vazir o‘rinbosari, turizm qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov unga rahbar bo‘ladi.

10 fevral 2021, 17:57

«Davlat dasturini bajarmagan rahbarlar ishdan bo‘shatiladi» — prezident

Prezident Davlat dasturi bo‘yicha yig‘ilishda bosh vazirga topshiriq berib, «har oy davlat dasturini bajarmagan rahbarlarni ishdan bo‘shatishini» aytdi.

10 fevral 2021, 17:26

Bosim o‘tkazilganini aytgan Ekologiya qo‘mitasi matbuot kotibi bo‘shatilganligini ma’lum qildi

Ekologiya qo‘mitasida bir necha hodim lavozimidan ozod qilindi, ular orasida bosim o‘tkazilgani haqida ma’lum qilgan matbuot xizmati rahbari Bunyod Abdullayev ham bor. Qo‘mitaning o‘zi va AOKA rasman ushbu holatga izoh bermadi.

9 fevral 2021, 21:09

Mirzohid Ubaydullayev Farg‘ona hokimi etib tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan Mirzohid Ubaydullayev Farg‘ona shahar hokimi bo‘ldi. Shaharning avvalgi hokimi prezident tanqididan so‘ng ishdan bo‘shatilgan edi.

9 fevral 2021, 12:06

Abdumannop Tulyaganov prezident maslahatchisi o‘rinbosari bo‘ldi

Davlat rahbarining farmoni bilan Abdumannop Tulyaganov prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

9 fevral 2021, 11:08

Prezident saylovlari oktyabrda o‘tkaziladi

Prezident Konstitutsiyaga saylovlar sanasi bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu yilgi prezident saylovlari 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.

8 fevral 2021, 10:27

Sardor Umurzakov ITB guruhi boshqaruvchilari kengashi raisi etib saylandi

Sardor Umurzakov Islom taraqqiyot banki guruhi boshqaruvchilari kengashi — bankning oliy boshqaruv organining raisi etib saylandi.

5 fevral 2021, 17:24

Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud raisi etib saylandi

Markaziy saylov komissiyasining sobiq raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud raisi etib saylandi. U 2004−2005-yillarda ham mazkur lavozimda faoliyat yuritgan.

5 fevral 2021, 17:15

San-Marino O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 136-davlatga aylandi

3 fevral kuni O‘zbekiston va San-Marino mamlakatlari o‘rtasida diplomatik aloqalari o‘rnatildi va ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish rejalari muhokama qilindi.

5 fevral 2021, 16:30

Zayniddin Nizamxodjayev Markaziy saylov komissiyasi raisi etib saylandi

Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishida Zayniddin Nizamxodjayev Markaziy saylov komissiyasi raisi etib saylandi. Uning o‘rinbosari lavozimiga esa Baxrom Kuchkarov saylandi.

5 fevral 2021, 12:45

«Samarqandda hokim bo‘lganimda, faqat Aripov kelib muammolarni so‘ragan» — prezident bosh vazir haqida

Farg‘ona viloyati Xalq deputatlari kengashi yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Abdulla Aripov faoliyati haqida fikr bildirdi. «Samarqandda hokim bo‘lganimda bitta shu vazir oldimga kelib, muammolarni so‘ragan. Boshqa birorta vazir kelmagan», — dedi davlat rahbari.

5 fevral 2021, 11:47

«Shuhrat G‘aniyev bosh vazir bo‘lganimdan beri yonimda yuribdi» — prezident

Prezident Farg‘ona viloyatidagi safari davomida bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyevning faoliyatiga to‘xtalib, «u halol odam, toza odam, halovati yo‘q odam. Farg‘ona xalqini og‘ir sinov kunlarida nisbatan juda katta ish qildi, men undan roziman» dedi. Prezident Buxoroga tashrifi chog‘ida qishloq xo‘jaligi sohasini uni qoniqtirmayotganligini, tizim to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmas, G‘aniyevni ishdan bo‘shatishini aytgan edi.

5 fevral 2021, 11:15

Abdulla Aripov Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashdi

4 fevral kuni Olma Ota shahrida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Oripov Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashdi. Hukumat rahbarlari prezident Shavkat Mirziyoyevning mart-aprel oylarida Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan rasmiy tashrifiga tayyorgarlikni muhokama qilishdi.

3 fevral 2021, 23:36

Zayniddin Nizamxodjayev Markaziy saylov komissiyasi raisi bo‘lishi kutilmoqda

Markaziy saylov komissiyaning raisi Mirza-Ulug‘bek Abdusalomovning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan uning o‘rniga Senat raisi o‘rinbosari Zayniddin Nizamxodjayev saylanishi kutilmoqda. Unga esa adliya vaziri o‘rinbosari Baxrom Kuchkarov o‘rinbosar bo‘ladi.

3 fevral 2021, 21:03

2021 yilgi davlat dasturi qabul qilindi

Prezident farmoni bilan 2021 yilgi davlat dasturi qabul qilindi. U 274 banddan iborat. Yil davomida tadbirlarni amalga oshirishga jami 29,5 trln so‘m, 2,6 mlrd dollar va 57,5 mln yevro yo‘naltiriladi.

3 fevral 2021, 20:57

Shuxrat Atabayev prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Ipoteka-banki boshqaruvi raisi Shuxrat Atabayev prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi. U Yaponiyaning Siyosiy fanlar milliy institutida tahsil olgan va mehnat faoliyatini 1995 yil Navoiy viloyatidagi 14-o‘rta maktabda ingliz tili o‘qituvchiligidan boshlagan.

3 fevral 2021, 19:10

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning vakolati tugatiladi

Deputatlar Markaziy saylov komissiyasining 16 yillik raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov bilan birga yana 6 nafar a’zoning vakolatini tugatishni ma’qulladi. Bundan tashqari, 8 nafar yangi a’zo tarkibi ham ko‘rib chiqildi.

3 fevral 2021, 17:58

O‘zbekiston Demokratiya indeksida 155-o‘rinni egalladi

The Economist Intelligence Unit tashkilotining Demokratiya indeksida O‘zbekistonning pozitsiyalari o‘tgan yilga nisbatan yaxshilanib, mamlakat 167 davlat orasida 155-o‘rinni egalladi. Lekin O‘zbekiston «avtoritar rejimlar» ro‘yxatida qolgan. Mintaqadagi «avtoritar rejimlar»da holat o‘tgan yilga nisbatan yaxshilangan bo‘lsada, tadqiqotchilar ushbu davlatlarda sezilarli o‘zgarish bo‘lishi kutilmayotganligini ta’kidlagan.

3 fevral 2021, 10:28

TIV polshalik jurnalistdan uzr so‘radi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskadan uzr so‘radi. Vazirlik shilqimlikda ayblangan xodim ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi. Jurnalistning akkreditatsiyasini rasmiylashtirish 3 fevral kuni yakunlanadi, deyiladi TIV bayonotida.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting