Siyosat

30 iyun 2020, 13:04 1

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimida ishlagan O‘ktam Salomov oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

30 iyun 2020, 12:11

1 iyuldan O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytiriladi

1 iyuldan boshlab respublikaning barcha hududlarida bir qator cheklovlar joriy etilib, karantin choralari kuchaytiriladi. Xususan, koronavirus bemorlari toifalanadi va yangicha tartibda davolantiriladi, yirik buyum bozorlari shanba va yakshanba kunlari dezinfeksiya uchun yopiladi, «Qizil» va «sariq» hududlarda ayrim soatlarda jamoat joylarida harakat kamaytiriladi va jamoat transporti harakati kamaytiriladi.

30 iyun 2020, 10:19

Nukusda karantin choralari kuchaytiriladi

30 iyun kunidan boshlab Nukus shahri “qizil” toifali hududga kiritilishi sababli shaharda bir qator cheklovlar qayta joriy qilinib, karantin choralari kuchaytiriladi. Xususan, shaharda jamoat transporti, buyum bozorlari, kafe-restoranlar, sartaroshxonalar, avtomaktablar faoliyati taqiqlanadi.

29 iyun 2020, 17:59 3

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun alohida organ tashkil etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi prezidentga bo‘ysunadi va Oliy Majlis palatalari oldida hisob beradi.

29 iyun 2020, 13:41

Buxoroda 1 iyuldan karantin choralari kuchaytiriladi

Buxoro viloyatda aholi orasida koronavirus infeksiyasi ko‘payib borayotgani sababli Buxoroda 1 iyuldan noma’lum muddatga qadar jamoat transportlari soni va harakatlanish vaqti vaqtincha cheklanadi hamda buyum bozorlari faoliyati to‘xtatiladi.

27 iyun 2020, 16:01

«Davlatning imkoniyati kam, to‘plangan muammolar esa ko‘p» — Komil Allamjonov

«Biz juda hoxlasak ham bu muammolarni yecha olmaymiz» — Komil Allajonov hozirda O‘zbekistonda yuzaga kelgan muammolar va ularga yechim topish uchun vaqt kerakligi to‘g‘risida shaxsiy fikrlarini bildirdi.

27 iyun 2020, 15:35

“Eskicha tushunchada qolib ketgan rahbarlar yo‘q emas” — Shavkat Mirziyoyev

“To‘g‘ri gapni gapirgan odam — islohotlarga xayrixoh”. Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi yig‘ilishda eskicha tushunchada qolib ketgan rahbarlar yo‘q emasligini ta’kidladi.

26 iyun 2020, 16:41

«Trampni Putin bilan birga bir qoldirish mumkin emas edi» — AQSH prezidentining sobiq maslahatchisi

Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton Oq uyda ishlagan davri haqida kitob chop etdi. AQSH prezidenti va administratsiyasining qattiq e’tiroziga sabab bo‘lgan memuarda Trampning Rossiya va Putinga bo‘lgan munosabatlari, Shimoliy Koreya bilan muzokaralar, Ukrainadagi vaziyat va boshqa masalalar to‘g‘risida Boltonning xotiralari berilgan. «Gazeta.uz» ushbu kitobda keltirilgan asosiy fikrlarni taqdim etadi.

26 iyun 2020, 12:02

AQSH Davlat kotibi O‘zbekistonda odam savdosi masalasida amalga oshirilgan choralarni ijobiy baholadi

AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi amalga oshirilgan choralarni ijobiy baholadi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning bu boradagi sezilarli sa’y-harakatlari Markaziy Osiyo mintaqasi uchun yangi standartlar yaratmoqda.

26 iyun 2020, 10:16

Prezident Namanganga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi.

25 iyun 2020, 14:55

IIV tomonidan 500ga yaqin video va ovoz yozib oluvchi so‘rov xonalari tashkil etiladi

Barcha IIO hududiy bo‘linmalarida uzluksiz video va ovozni yozib oluvchi jami 497 ta so‘rov xonalari tashkil etilishi belgilandi.

24 iyun 2020, 17:58

Prezident Toshkentga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Moskvada Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Shuningdek, bu yerga yig‘ilgan vatandoshlarni qutladi. Davlat rahbari Rossiyaga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.

24 iyun 2020, 15:23

O‘zbekiston prezidenti G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etdi — foto

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvada G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etdi. Mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchi marta o‘zbekistonlik harbiylar ham ushbu tadbirda qatnashdi.

24 iyun 2020, 15:17

O‘zbekiston prezidenti Rossiya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar bo‘yicha fikr bildirdi

«U yerda [o‘zgartirishlarda — tahr.] aytilganlarning hammasini allaqachon qilish kerak edi». Shavkat Mirziyoyev 23 iyun kuni Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Rossiya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ovoz berish jarayonining muvaffaqiyatli o‘tishini tilab, ularning dolzarbligini ta’kidlab o‘tdi.

24 iyun 2020, 12:01

Muntazam xorijiy aviaqatnovlar iyulda tiklanishi mumkin

Transport vazirligi iyul-avgust oylarida Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy, BAA, Rossiya va Qozog‘iston davlatlari bilan muntazam parvozlarni tiklash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

23 iyun 2020, 21:57

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

23 iyun 2020, 18:54

O‘zbekiston prezidenti Moskvaga keldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya poytaxti Moskvaga yetib bordi. Davlat rahbarini «Vnukovo» aeroportida Rossiya hukumati rasmiy shaxslari kutib oldi.

23 iyun 2020, 18:31

Prezident Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyani tasdiqladi

Prezident farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyasi tasdiqlandi. Unda O‘zbekistonning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reyting va indekslarda TOP-50 qatoriga kirishini ta’minlash ustuvor vazifalardan etib belgilandi.

23 iyun 2020, 16:18

Almazbek Atambayev 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi — video

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev mamlakatda jinoiy avtoritet hisoblanadigan Aziz Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilganligi uchun korrupsiyada ayblanib, 11 yil va 2 oy qamoq jazosiga hukm qilindi.

23 iyun 2020, 14:12

Dehqonlarning yerga umrbod egalik huquqini bekor qilish taklif etilmoqda

Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish kiritish haqidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Unda dehqon xo‘jaligi uchun yer uchastkalarini meros qoldiriladigan umrbod egalik huquqi bilan ajratish tartibini bekor qilish taklif etilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting