Siyosat

3 iyul 2020, 23:00

Sog‘liqni saqlash vaziriga to‘rt nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan sog‘liqni saqlash vazirining 4 nafar o‘rinbosari tayinlandi. Bular moliya vaziri o‘rinbosari Shohruh Shorahmedov, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Elmira Bositxonova, Dermatovenerologiya va kosmetologiya markazi direktori Ulug‘bek Sobirov va Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdulla Azizovlar.

3 iyul 2020, 15:05

Prezident pandemiyaning tashqi savdoga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Yil boshidan buyon o‘zbek korxonalari 6,1 mlrd dollarlik mahsulotlarni eksport qildi, biroq global bozorda talab va taklifning pasayishi qayd etilmoqda. Prezident pandemiyaning tashqi iqtisodiy faoliyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Ushbu choralar hisobiga eksport yil yakunlari bo‘yicha 17,1 mlrd dollarga yetishi mumkin.

2 iyul 2020, 20:03

Koronavirus infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish loyihasi amalga oshiriladi

Jahon banki ishtirokida COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish loyihasi amalga oshiriladi. Buning uchun, bank tomonidan 95 mln AQSH dollari miqdorida qarz ajratilib, bu mablag‘larga sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash hamda kam ta’minlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish ko‘zda tutilgan.

2 iyul 2020, 17:13

Toshkent hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sardor Abdullayev Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

2 iyul 2020, 13:35

DTM direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Hukumat qarori bilan Sardor Radjabov Davlat test markazi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u markazning boshqarma boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi.

2 iyul 2020, 11:53

Hindiston elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi

Hindiston elchisi Santosh Ja O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi.

1 iyul 2020, 22:14

O‘zbekiston tarixida birinchi marta elektron qonun hujjati qabul qilindi

O‘zbekistonda birinchi marta elektron qonun hujjati qabul qilindi. Mazkur hujjat sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, unga asosan tibbiyot xodimlari tomonidan bemorlarga retsept yozishda dori vositalarining savdo nomini emas, balki uning tarkibidagi ta’sir qiluvchi moddalarni yozish talab etiladi.

1 iyul 2020, 21:35

Prezident administratsiyasi va MTRKda bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Farhod Mahmudov Milliy teleradiokompaniya raisining birinchi o‘rinbosari, Xayrulla Nuritdinov esa “O‘zbekiston 24” telekanali direktori etib tayinlandi. Prezident administratsiyasida ham bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

1 iyul 2020, 17:48

Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zA bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘zbekistondagi taniqli bloger va Mass-media fondi direktori Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Ta’kidlashicha, X.Xudoyberdiyev Mass-media fondining direktori lavozimini tark etadi.

1 iyul 2020, 16:20

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi

Italiyalik Marko Mantovanelli Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga rahbar etib tayinlandi. U iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha Lotin Amerikasi, Afrika va Yevropada 20 yildan ortiq tajribaga ega.

1 iyul 2020, 12:23

“O‘zagrotexsanoatxolding” faoliyati tugatiladi

Prezident qaroriga binoan “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ faoliyati tugatiladi. Aksiadorlik jamiyatning tugatish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ikki hafta muddatda tasdiqlanadi va bajarilishi ta’minlanadi. Xoldingga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar belgilangan muddat tugagunga qadar saqlab qolinadi.

1 iyul 2020, 11:13

«Markaziy Osiyo — AQSH» (C5+1) videokonferensiyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov «Markaziy Osiyo — AQSH» («C5+1») videokonferensiyasida ishtirok etdi. Tadbirda ishtirokchilar tomonidan bir qator mintaqaviy masalalar muhokama qilindi va alohida urg‘u Markaziy Osiyoning ekologik ahvolini yaxshilashga berildi.

30 iyun 2020, 23:17

Prezident — odil sudlov, korrupsiya, xususiy mulk himoyasi to‘g‘risida

Huquqni muhofaza qilish organlari rahbar xodimlari “Inson qadr-qimmati — eng oliy qadriyat” maxsus kursi bo‘yicha o‘qitiladi, deyiladi prezident ishtirokidagi yig‘ilishda. Davlat rahbari sud tizimini “bir sud — bir instansiya” tamoyili asosida qayta ko‘rib chiqish, “nazorat tartibida ishlarni ko‘rish” amaliyotidan voz kechish, yerga bo‘lgan huquqlar kafolatini kuchaytirish, odil sudlov va korrupsiya reytingini joriy etish, advokatlar rolini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

30 iyun 2020, 19:48

Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi

O‘zbekistonda yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi yangi organ — Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi.

30 iyun 2020, 13:36

Xalilillo To‘raxo‘jayev O‘zgeodezkadastr raisi bo‘ldi

Davlat xizmatlari agentligi direktori bo‘lib ishlab kelayotgan Xalilillo To‘raxo‘jayev Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

30 iyun 2020, 13:04 1

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimida ishlagan O‘ktam Salomov oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

30 iyun 2020, 12:11

1 iyuldan O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytiriladi

1 iyuldan boshlab respublikaning barcha hududlarida bir qator cheklovlar joriy etilib, karantin choralari kuchaytiriladi. Xususan, koronavirus bemorlari toifalanadi va yangicha tartibda davolantiriladi, yirik buyum bozorlari shanba va yakshanba kunlari dezinfeksiya uchun yopiladi, «Qizil» va «sariq» hududlarda ayrim soatlarda jamoat joylarida harakat kamaytiriladi va jamoat transporti harakati kamaytiriladi.

30 iyun 2020, 10:19

Nukusda karantin choralari kuchaytiriladi

30 iyun kunidan boshlab Nukus shahri “qizil” toifali hududga kiritilishi sababli shaharda bir qator cheklovlar qayta joriy qilinib, karantin choralari kuchaytiriladi. Xususan, shaharda jamoat transporti, buyum bozorlari, kafe-restoranlar, sartaroshxonalar, avtomaktablar faoliyati taqiqlanadi.

29 iyun 2020, 17:59 3

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun alohida organ tashkil etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi prezidentga bo‘ysunadi va Oliy Majlis palatalari oldida hisob beradi.

29 iyun 2020, 13:41

Buxoroda 1 iyuldan karantin choralari kuchaytiriladi

Buxoro viloyatda aholi orasida koronavirus infeksiyasi ko‘payib borayotgani sababli Buxoroda 1 iyuldan noma’lum muddatga qadar jamoat transportlari soni va harakatlanish vaqti vaqtincha cheklanadi hamda buyum bozorlari faoliyati to‘xtatiladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting