Siyosat

5 oktabr 2021, 17:05

Turkmaniston prezidentining tashrifi doirasida 23 ta hujjat imzolandi

Turkmaniston prezidentining Toshkentga tashrifi davomida 23 ta hujjat imzolandi. Ular orasida Transport, tranzit tashishlar, suvni tejovchi texnologiyalar, adliya, ijtimoiy himoya va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirishga doir hujjatlar imzolangan.

5 oktabr 2021, 16:56

O‘zbekiston va Turkmaniston Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Afg‘oniston xalqiga yordam berishda davom ettishlarini ta’kidlashdi. Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, u transmilliy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish rejalari haqida ham ma’lum qildi.

5 oktabr 2021, 15:01

«Harakatlar strategiyasini ro‘yobga chiqarish uchun 311 ta qonun qabul qilindi» — Ruslanbek Davletov

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Harakatlar strategiyasini amalga oshirish uchun 5 yilda 114 trln so‘m va qariyb 31 mlrd AQSh dollari yo‘naltirilganini ma’lum qildi. «Harakatlar strategiyasini ro‘yobga chiqarish uchun 311 ta qonun, 2000 ga yaqin O‘zbekiston prezidentining farmon va qarorlari qabul qilindi» — dedi u.

5 oktabr 2021, 12:46

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov muzokaralarni boshlashdi

O‘zbekiston va Turkmaniston mintaqaviy va xalqaro masalalarda bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi, chunki mamlakatlarning maqsadlari hamohang. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tor doiradagi uchrashuvda aytildi.

4 oktabr 2021, 21:32

4 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi e’lon qilingan qaror va farmonlar, Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi, Sirdaryoda tuman hokimi 860 dan ortiq daraxtni kesishga ruxsat berishi — “Gazeta.uz"ning 4 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

4 oktabr 2021, 19:05

Gurbanguli Berdimuhamedov Toshkentga yetib keldi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan Toshkentga yetib keldi. Aeroportda uni prezident Shavkat Mirziyoyev shaxsan kutib oldi. Ertaga ikkala davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

4 oktabr 2021, 18:37

Prezident AQSh delegatsiyasi bilan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi

Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Uendi Shermanni qabul qildi. Uchrashuvda ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari qatorida tomonlar Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashdi. Qolaversa, O‘zbekiston yetakchisi AQSh tomoniga beg‘araz yetkazilgan 5 mln dozadan ortiq vaksina uchun minnatdorchilik bildirdi.

4 oktabr 2021, 15:16

«Pandora Papers» oshkor qilgan ofshor operatsiyalari va O‘zbekistonga aloqador ma’lumotlar

Taniqli siyosatchilar, davlat va hukumat rahbarlari, mashhur boylarning ofshor operatsiyalari haqida e’lon qilingan «Pandora Papers» hujjatlarida O‘zbekistonga millionlab investitsiya kiritgan irland kompaniyalari hamda Gulnora Karimovaga pora berganlikda gumon qilinadigan Telia kompaniyasi vakillari haqida ham so‘z boradi. Shuningdek, surishtiruv doirasidagi hujjatlarda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning oilasi, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Iordaniya qiroli, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri va boshqa taniqli shaxslarning ofshor operatsiyalari haqida ma’lumot keltirilgan.

4 oktabr 2021, 11:41

Tendersiz amalga oshirish mumkin bo‘lgan davlat xaridlari ro‘yxati qisqarishi kutilmoqda

Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma bo‘yicha amalga oshiriladigan davlat xaridlari ro‘yxati qisqartirilishi kutilmoqda. Shuningdek, 2022−2025 yillarda davlat xaridlari sohasini rivojlantirish Strategiyasi ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

4 oktabr 2021, 10:41

Buxoroda 5 nafar tuman hokimiga «hayfsan» berildi, 2 nafar hokim jarimaga tortildi, yana biri qattiq ogohlantirildi

Buxoro viloyati hokimining farmoyishiga binoan, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga e’tiborsiz bo‘lgan 5 ta tuman hokimiga «hayfsan» berildi. 2 ta tuman hokimi esa ish haqining 20 foiz miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi. Buxoro shahri hokimi qattiq ogohlantirildi. Yana bir hokimga fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning holatini chuqur tahlil qilish topshirildi.

3 oktabr 2021, 13:40

O‘zbekiston elchisi Afg‘oniston TIV rahbari bilan aviaqatnovlarni tiklashni muhokama qildi

«Tolibon» vaqtinchalik hukumatda TIV rahbari etib tayinlagan Mavlavi Amir Xon Mottakiy O‘zbekiston elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonovni qabul qildi. Tomonlar davlatlar o‘rtasidagi parvozlarni qayta tiklash, Mozori Sharif aeroportini rekonstruksiya qilish masalalarini muhokama qildilar.

2 oktabr 2021, 12:15

Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4−5 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

30 sentabr 2021, 21:30

30 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan xitoy-o‘zbek vaksinasining ilk partiyasi topshirilishi, Uzcard bankomatlarida dollar ayirboshlash vaqtincha to‘xtatilishi, Bola asrab olish tartiblari soddalashtirilishi — “Gazeta.uz"ning 30 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

30 sentabr 2021, 02:10

Prezident: O‘qituvchilar va ziyolilar — Uchinchi Renessansning tayanch ustunlari

Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar va murabbiylarga tabrigida ta’lim sohasining asosiy vazifalaridan biri «faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, Vatan va xalq manfaatlarini qat’iy himoya qila oladigan, zamonaviy, keng fikrlaydigan yoshlar avlodini shakllantirishdan iborat» ekanini ta’kidladi.

29 sentabr 2021, 21:30

29 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvi, “superkontrakt"ning minimal miqdorlari belgilanishi, O‘zbekistonda bir kun ichida ikki marta zilzila sezilishi — “Gazeta.uz"ning 29 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

29 sentabr 2021, 12:39

Shavkat Mirziyoyev: «Prezidentlik — bu shunchaki lavozim»

Shavkat Mirziyoyev Andijon saylovchilari bilan uchrashuvda besh yil ichida nimalarga erishdi, degan savolga: «Erkin, qo‘rquvsiz yashash», deb javob berdi. «Men ham insonman, prezidentlik bir lavozim, maqsadim xalqimga, O‘zbekiston, Andijon xalqiga xizmat qilish», — deya qo‘shimcha qildi u.

28 sentabr 2021, 21:30

28 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning farg‘onalik saylovchilar bilan uchrashuvi, O‘zbekistonda 12 yoshdan katta bolalar COVID-19`ga qarshi emlanishga ruxsat berilishi, Korrupsiyaga qarshi kurashish Toshkent shahar Kengashi ta’sis etilishi — «Gazeta.uz»ning 28 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

28 sentabr 2021, 15:21

«Mahallaga juda ko‘p vazifalarni yuklab yuboryapmiz» — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov so‘nggi paytlarda mahallalarga juda ko‘p vazifalar yuklab yuborilayotganini tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, mahalla aslida «odamlarni birlashtiradigan, maslahat, muloqot qiladigan maskan bo‘lishi kerak».

28 sentabr 2021, 14:54

5,2 mlrd so‘mlik o‘simliklar, portugal marmari: Senatning yangi binosi rekonstruksiyasi qanday ketmoqda?

Toshkent markazidagi Senat binosini rekonstruksiya qilish doirasida 5,2 mlrd so‘mga o‘simliklar, 1 mlrd so‘mlik suvenirlar, portugal marmaridan plitalar va 1,1 mlrd so‘mlik ustunli kapitel va boshqaalar sotib olindi.

28 sentabr 2021, 12:56

«Korrupsiyaga qarshi butun jamoatchilik bilan kurashishimiz zarur» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ajratilayotgan pullarni adolatli ishlatilishi uchun jamoatchilik nazorati kerakligini ta’kidladi. «Chunki korrupsiya yo‘q desak yolg‘on bo‘ladi, korrupsiya ichimizda yuribdi. Korrupsiyaga qarshi butun jamoatchilik bilan kurashishimiz zarur», — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting