Siyosat

8 oktabr 2021, 16:03

«Bu har ikki davlat uchun ham manfaatli». Prezident Tojikistondan o‘tuvchi Sirdaryo — vodiy yo‘li haqida

Shavkat Mirziyoyev sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda Sirdaryoni Tojikiston orqali vodiy bilan bog‘lovchi avtobus yo‘nalishlari joriy etilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yo‘l qadimdan Xovosni vodiydagi viloyatlar bilan bog‘lab turgan. Hozirda bu yo‘lning ahvoli qoniqarli va Tojikiston tomoni ham yo‘l ochilishiga rozi. «Bu reja amalga oshishi har ikki davlat uchun ham manfaatli», — dedi prezident.

8 oktabr 2021, 15:50

Abdulaziz Kamilov — yirik davlatlarning Markaziy Osiyodagi raqobati haqida

Ayrim yirik davlatlar o‘rtasida zimdan va ba’zan murosasiz tarzda olib borilayotgan qarama-qarshilik oqibatlari jahonning turli mintaqalarida, jumladan, Markaziy Osiyoda ham kuzatilmoqda, dedi TIV rahbari Abdulaziz Kamilov. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston «dunyoning yirik davlatlari raqobati mintaqa mamlakatlari uchun salbiy oqibatlarga olib kelishini» xohlamaydi.

8 oktabr 2021, 13:00

«Afg‘oniston nafaqat xavf-xatar va tahdidlar, balki yangi imkoniyatlar manbasi hamdir» — Abdulaziz Kamilov

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov «Yangi O‘zbekiston» gazetasiga bergan intervyusida Afg‘onistondagi vaziyat mintaqadagi keskinlik omili bo‘lib qolayotganligini ta’kidladi. U bunga mamlakat hududida ayrim terrorchilik guruhlari borligini misol qilib ko‘rsatdi. «Shunday bo‘lsada, Afg‘onistonning nafaqat xavf-xatar va tahdidlar, balki mintaqaviy konstruktiv va yaratuvchan loyihalarga asos bo‘ladigan yangi imkoniyatlar manbasi ekanini nazarda tutish lozim», — dedi vazir.

8 oktabr 2021, 12:59

Abdulaziz Kamilov Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Aurelia Bushezni qabul qildi

Aurelia Bushez Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi bo‘ldi. U ilgari Fransiyaning Ozarbayjon elchisi va Yevropa Ittifoqining Qozog‘istondagi delegatsiyasi rahbari sifatida ishlagan.

7 oktabr 2021, 21:30

7 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi,"Chorvoq oromgohi" yaxlit mulk sifatida sotuvga qo‘yilishi, O‘zbekiston va Tolibon hukumati TIV rahbarlari Kobulda uchrashuvi — “Gazeta.uz"ning 7 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

7 oktabr 2021, 19:47

«Tolibon» o‘zbek tili maqomi va O‘zbekiston xavfsizligi bo‘yicha aniq kafolat berdi — Abdulaziz Kamilov

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kobulga tashrifi davomida Afg‘onistonning muvaqqat hukumati mamlakat «zaminidan O‘zbekistonga qandaydir tahdid yoki xavf chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi» bo‘yicha «kuchli va aniq kafolat» berganligini ma’lum qildi. Shuningdek, Kamilov o‘zbek tili va madaniyati «tolibon» hukumati davrida ham rivojlanishda davom etishini ta’kidladi. U yaqin orada Termizda ikkala davlatning ishchi guruhlari muzokaralari o‘tkazishini ham ma’lum qildi.

7 oktabr 2021, 19:39

«Kambag‘allikni qisqartirishning eng asosiy omillari boshpana va ish joyi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Gulistondagi Yangi hayot mahallasiga borib, u yerdagi yangi turar joylar qurilishi bilan tanishdi. «Kambag‘allikni qisqartirishning eng asosiy omillari boshpana va ish joyi», — dedi u. Shavkat Mirziyoyev xalqning uy-joyga bo‘lgan talabi o‘sib borayotgani va shunga munosib sharoit yaratish lozimligini qayd etdi.

7 oktabr 2021, 16:19

O‘zbekiston va Tolibon hukumati TIV rahbarlari Kobulda uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi rahbari vazifasini bajaruvchi Amir Xon Mottakiy bilan uchrashuvda tranzit, energetika va savdo masalalarini muhokama qildi. Afg‘oniston tomoni Mozori-Sharifdagi aeroportni rekonstruksiya qilish va boshqa sohalardagi yordam uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi.

7 oktabr 2021, 12:25

O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi noyabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

Noyabr oyida O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi kutilmoqda. Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali tashrifga tayyorgarlikni muhokama qildilar.

7 oktabr 2021, 10:36

AKT vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

“O‘zkomnazorat” boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Doniyor Rustamov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

7 oktabr 2021, 10:12

Chirchiq hokimligi matbuot kotibi ishdan olindi

Chirchik shahar hokimligi matbuot kotibi Fahriddin Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi izohlaridan keyin ishdan olindi. AOKAning ta’kidlashicha, u davlat xizmatchisining axloqiy me’yorlari va kodeksini buzgan.

6 oktabr 2021, 22:10

OAV: Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani O‘zbekiston orqali qochgan

Afg‘onistonning Hasht e Subh Daily gazetasi mamlakatning sobiq prezidenti Ashraf G‘anining qochish tafsilotlarini yoritdi. Nashrning yozishicha, u va uning atrofidagilar avval O‘zbekistonga borib, Termiz aeroportida bir kundan ko‘proq qolishgan, so‘ngra Qozog‘iston aviakompaniyasi samolyoti bilan BAAga uchishgan.

6 oktabr 2021, 21:30

6 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi e’lon qilingan qaror va farmonlar, energetika vazirligining benzin narxi oshishiga izohi, “Narxoz"ning sobiq prorektori 2 mln dollarni o‘zlashtirganlikda gumonlanishi — “Gazeta.uz"ning 6 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

6 oktabr 2021, 17:51

O‘zbekiston prezidenti AQSh kongressmenlarini qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh kongressmenlari Don Beykon, Dug Lamborn, Troy Nels va Avgust Pflyugerni qabul qildi. Uchrashuvda, jumladan, Nebraska, Kolorado va Texas shtatlari bilan hamkorlik bo‘yicha loyiha va dasturlar muhokama qilindi.

6 oktabr 2021, 17:08

«Hukumat ixcham bo‘lishi kerak» — Ruslanbek Davletov

Adliya vaziri seshanba kungi anjumanda O‘zbekistonga juda katta davlat apparati to‘g‘ri kelmasligi, unga ketadigan xarajatlar juda ko‘pligini ta’kidladi. «Hukumat ixcham bo‘lishi kerak», — dedi Ruslanbek Davletov. U shuningdek, fuqarolar biror tashkilot xulosasi uchun viloyatdan Toshkentga qatnashiga to‘g‘ri kelishini ham tanqid ostiga oldi.

6 oktabr 2021, 11:46

«Ko‘p holatlarda xususiy sektor davlatga qaraganda yaxshi ishlaydi» — Ruslanbek Davletov

Adliya vaziri seshanba kuni o‘tkazilgan anjumanda davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga berishning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi. «Ko‘p holatlarda xususiy sektor davlatga qaraganda yaxshi ishlaydi», — dedi Ruslanbek Davletov. Uning fikricha, buning uchun tartibga solish mexanizmlari va qonunlar bo‘lishi kerak. Shuningdek, vazir O‘zbekistondagi qamoqxonalar xususiy sektorga o‘tkazilmasligini ta’kidladi.

6 oktabr 2021, 11:41

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov nimalar haqida kelishishdi?

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi doirasida mamlakatlar avtomobillar va elektrotexnika yig‘ish hamda turizm sohasida klasterlar tuzish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishishdi. Turkmaniston tomoni 300 mln dollarga o‘zbek tovarlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda va «Turkmanboshi» dengiz porti infratuzilmasini taklif qilmoqda.

6 oktabr 2021, 10:51

USAID Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoni rivojlantirish uchun 19 mln dollar yo‘naltiradi

USAID Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoni rivojlantirish uchun 19 mln dollar yo‘naltiradi. Markaziy Osiyoda Savdo dasturi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda amalga oshiriladi.

5 oktabr 2021, 21:14

5 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi e’lon qilingan qaror va farmonlar, Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi, TDIU sobiq prorektorining qidiruvga berilishi — “Gazeta.uz"ning 5 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

5 oktabr 2021, 19:50

Gurbanguli Berdimuhamedov — Shavkat Mirziyoyevning xususiyatlari to‘g‘risida

Turkmaniston davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov prezident Shavkat Mirziyoyevning maslahatlari va tavsiyalari mamlakatda paxta yetishtirish hajmlarini sezilarli darajada oshirishga yordam berganligini ta’kidladi. U hamkasbining boshqa xususiyatlarini ham e’tirof etdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting