Siyosat

13 oktabr 2021, 16:03

«Qonun buzilishi kuzatilmayapti». MSK — nomzodlarning saylovoldi targ‘iboti va amaldagi vazifasi aralashib ketishi haqida

MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov nomzodlarning saylovoldi tashviqoti va amaldagi vazifasi bo‘yicha faoliyati aralashib ketmayotganligi haqida fikr bildirar ekan: «Qonun buzilishi kuzatilmayapti», — deya ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, MSK zarur holatda o‘zining fikrlarini bildirayapti va nomzodlarning shtablari bilan ish olib bormoqda.

13 oktabr 2021, 11:50

BMT O‘zbekiston orqali afg‘on xalqiga gumanitar yordam yuboradi

BMTning Qochqinlar masalalari bo‘yicha boshqarmasi O‘zbekistonga afg‘on xalqi uchun gumanitar yordam ortilgan uchta samolyot yuborishni rejalashtirmoqda. Gumanitar yuk Termizdan Hayraton chegara punkti orqali Mozori-Sharifga yetkaziladi. Bunday samolyotlarning birinchisi oktabr o‘rtasida O‘zbekistonga yetib keladi. Shuningdek, agentlik Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarda logistik markazlarni tashkil etishni ko‘zlagan.

13 oktabr 2021, 09:19

O‘zbekistonning Misrdagi elchisi tayinlandi

TIV Konsullik-huquqiy departamenti direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Mansurbek Qilichev O‘zbekistonning Misrdagi elchisi lavozimiga tayinlandi.

13 oktabr 2021, 02:47

Prezident «Zakovat» musobaqasi g‘oliblarini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev «Zakovat» intellektual o‘yini grand finali g‘oliblari — Xorazm jamoasini mukofotladi. Klub rahbari Abdurasul Abdullayevga faxriy unvon berildi. Prezident tadbirga Buxoro viloyatiga safari chog‘ida tashrif buyurdi.

12 oktabr 2021, 21:30

12 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Onix savdolari 2022 yil yakunidan boshlanishi, Jurabek Laboratories ishlab chiqargan “Sputnik V” vaksinasi SESga topshirilishi, hududlarda 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilishi — “Gazeta.uz"ning 12 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida

12 oktabr 2021, 20:18

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 20 oktabr kuni chaqiriladi

Senatning 20-yalpi majlisi 20 oktabr kuni chaqiriladi. Unda ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun, Bojxona kodeksi, Suv va suvdan foydalanish, Muzeylar to‘g‘risidagi qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish masalalari ko‘riladi. Qolaversa, bosh vazir o‘rinbosari va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining axborotlari eshitiladi.

12 oktabr 2021, 14:41

«Kinoda ham men bunday voqeani ko‘rmaganman». Prezident — Sardoba fojiasi haqida

Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishini yodga olar ekan: «Hozir ayta olaman, umrimda, kinoda ham men bunday voqeani ko‘rmaganman», — deya ta’kidladi.

12 oktabr 2021, 14:00

“„Tolibon“ rahbariyati ham temir yo‘l loyihasi amalga oshishiga astoydil roziligini bildiryapti” — prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Afg‘oniston hukumati bilan “Termiz — Mozori Sharif — Kobul — Peshovar” temir yo‘li qurilishi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “„Tolibon“ rahbariyati ham bu loyiha amalga oshishiga astoydil roziligini bildiryapti”. “Lekin ular bir muammoga duch kelishyapti — aksariyat davlatlar ularni tan olmay turib, bunday katta ishlarni amalga oshira olmaydi, hech kim moliyalashtirmaydi”, — deya qo‘shimcha qiladi prezident

12 oktabr 2021, 12:09

Tovar va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni davlat tilida ko‘rsatish shart etib belgilanmoqda

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tovar va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni davlat tilida taqdim etish shartligi aks etgan qonun loyihasini ma’qullashdi. Hujjat Senatga yuborildi.

11 oktabr 2021, 21:30

11 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi, bayram kunlari yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dushanbani ham dam olish kuni deb e’lon qilish taklif etilishi, aholidan ortiqcha hujjat talab qilgan 9 ta vazirlik va idora rahbar xodimlari javobgarlikka tortilishi — “Gazeta.uz"ning 11 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

11 oktabr 2021, 17:22

O‘zbekiston Google kompaniyasidan olti marta kontentni o‘chirishni so‘ragan

So‘nggi 10 yil ichida O‘zbekiston davlat idoralari Google kompaniyasiga kontentni o‘chirish bo‘yicha 6 marta so‘rov yuborgan. Taqqoslash uchun: bu davr mobaynida Rossiya Googlega 123 mingdan ortiq marta murojaat qilgan.

11 oktabr 2021, 14:38

«Yagona maqsadimiz — O‘zbekistonga Afg‘onistondan o‘q otilmasin» — prezident

Shavkat Mirziyoyev har kuni unga Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat haqida ma’lumot berishlarini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston jafokash afg‘on xalqiga qo‘lidan kelgancha yordam berishga tayyor. «Bizning yagona maqsadimiz — O‘zbekistonga Afg‘onistondan o‘q otilmasin», — deya ta’kidladi prezident.

11 oktabr 2021, 12:56

BMT IHK yoshlar huquqlari bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi O‘zbekiston tashabbusi bilan ilgari surilgan COVID-19 pandemiyasining yoshlar huquqlariga ta’siri to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

11 oktabr 2021, 11:54

Aholidan ortiqcha hujjat talab qilgan 9 ta vazirlik va idora rahbar xodimlari javobgarlikka tortildi

Adliya vazirligi davlat xizmatlarini ko‘rsatishda aholidan ortiqcha hujjat talab qilgan — Bandlik va mehnat munosabatlari, Innovatsion rivojlanish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Davlat ekologiya qo‘mitasi, 3 ta agentlik va 2 ta inspeksiyaning rahbar xodimlarini jarimaga tortdi. Qolaversa, davlat idoralarning 38 nafar ma’sul xodimiga intizomiy jazo qo‘llanildi.

11 oktabr 2021, 00:52

«Prezidentlikka nomzodlar o‘rtasida raqobatli kurash kuzatilmadi». YeXHT DIIHBning oraliq hisoboti

YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekiston prezidenti saylovini kuzatish missiyasining oraliq hisobotini e’lon qildi. Missiya xulosalari: shu paytgacha nomzodlar o‘rtasida raqobatli kurash bo‘lmadi, saylovoldi kampaniyalarida dominant mavzular yo‘q va boshqalar.

8 oktabr 2021, 22:00

8 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi, 12 oktabrdan Toshkentda isitish mavsumi boshlanishi, Abdulaziz Kamilovning “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusi — “Gazeta.uz"ning 8 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

8 oktabr 2021, 16:03

«Bu har ikki davlat uchun ham manfaatli». Prezident Tojikistondan o‘tuvchi Sirdaryo — vodiy yo‘li haqida

Shavkat Mirziyoyev sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda Sirdaryoni Tojikiston orqali vodiy bilan bog‘lovchi avtobus yo‘nalishlari joriy etilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yo‘l qadimdan Xovosni vodiydagi viloyatlar bilan bog‘lab turgan. Hozirda bu yo‘lning ahvoli qoniqarli va Tojikiston tomoni ham yo‘l ochilishiga rozi. «Bu reja amalga oshishi har ikki davlat uchun ham manfaatli», — dedi prezident.

8 oktabr 2021, 15:50

Abdulaziz Kamilov — yirik davlatlarning Markaziy Osiyodagi raqobati haqida

Ayrim yirik davlatlar o‘rtasida zimdan va ba’zan murosasiz tarzda olib borilayotgan qarama-qarshilik oqibatlari jahonning turli mintaqalarida, jumladan, Markaziy Osiyoda ham kuzatilmoqda, dedi TIV rahbari Abdulaziz Kamilov. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston «dunyoning yirik davlatlari raqobati mintaqa mamlakatlari uchun salbiy oqibatlarga olib kelishini» xohlamaydi.

8 oktabr 2021, 13:00

«Afg‘oniston nafaqat xavf-xatar va tahdidlar, balki yangi imkoniyatlar manbasi hamdir» — Abdulaziz Kamilov

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov «Yangi O‘zbekiston» gazetasiga bergan intervyusida Afg‘onistondagi vaziyat mintaqadagi keskinlik omili bo‘lib qolayotganligini ta’kidladi. U bunga mamlakat hududida ayrim terrorchilik guruhlari borligini misol qilib ko‘rsatdi. «Shunday bo‘lsada, Afg‘onistonning nafaqat xavf-xatar va tahdidlar, balki mintaqaviy konstruktiv va yaratuvchan loyihalarga asos bo‘ladigan yangi imkoniyatlar manbasi ekanini nazarda tutish lozim», — dedi vazir.

8 oktabr 2021, 12:59

Abdulaziz Kamilov Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Aurelia Bushezni qabul qildi

Aurelia Bushez Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi bo‘ldi. U ilgari Fransiyaning Ozarbayjon elchisi va Yevropa Ittifoqining Qozog‘istondagi delegatsiyasi rahbari sifatida ishlagan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting