Siyosat

8 fevral 2022, 12:24

«Lukashenkoning O‘zbekiston haqidagi fantaziyalarini jiddiy qabul qilish shart emas» — siyosatchilar va jamoatchilik faollari

Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekiston Ittifoq davlatiga qo‘shilishi mumkinligi bo‘yicha fikriga o‘zbekistonlik siyosatchilar va jamoatchilik faollari munosabat bildirdi. «Yuksalish» harakati raisi Bobur Bekmurodov bu «fantaziyalarni jiddiy qabul qilmaslikni» ta’kidlagan. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev Lukashenko va Solovyovni «o‘tgan-ketganni muhokama qiladigan, hammaning shaxsiy hayotiga burnini tiqadigan kampirlarga» o‘xshatgan. Adliya vaziri maslahatchisi Shahnoza Soatova Tashqi ishlar vazirligidan bu bayonotga munosabat bildirishini so‘ragan.

8 fevral 2022, 10:34 1

«O‘ylashimcha, O‘zbekiston ham Ittifoq davlatiga qo‘shiladi» — Lukashenko

Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston va sobiq ittifoq hududidagi ayrim davlatlar 15 yildan so‘ng Rossiya va Belarusni o‘z ichiga olgan Ittifoq davlati tarkibiga kirishi mumkinligini taxmin qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «mustaqil emas, balki suveren davlatlar» birlashmasi bo‘ladi.

8 fevral 2022, 08:46

Xabibulla Mirsoatov Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi

Yunusobod tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Xabibulla Mirsoatov Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari bo‘ldi. U Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbari Qudratilla Rafiqovning o‘g‘li.

7 fevral 2022, 16:36

Qarshi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi birinchi o‘rinbosari Behzodjon Yusupov Qarshi tumani hokimi etib tayinlandi. Qashqadaryo hokimi tumanning oldingi rahbari Maqsuda Mustafoyeva hokimligi paytida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga ham to‘xtaldi. «2021 yilning o‘zida yer ajratish bo‘yicha qonunga zid qarorlar tufayli davlatga 6 mlrd so‘m zarar yetkazilgan», — dedi Murotjon Azimov.

7 fevral 2022, 16:35

«Men endi borib do‘pposlamayman-ku». Ruslanbek Davletov — Toshkent viloyati hokimligi haqida

Adliya vaziri prezident farmoni bilan hokimlarning yer ajratishiga taqiq qo‘yilgan davrda Toshkent viloyatida 781 gektar yer tadbirkorga vaqtincha biriktirib berilganini ma’lum qilgandi. Viloyat hokimligi esa bunga munosabat bildirib, yer ajratish qonuniy bo‘lganini aytdi. Jurnalistning hokimlik vazirni noto‘g‘ri gapirganlikda ayblagani haqidagi savoliga javob berar ekan, Ruslanbek Davletov shunday dedi: «Men endi borib do‘pposlamayman-ku. Gapiraversin, shuning uchun ham sudda gaplashamiz».

7 fevral 2022, 14:22

«O‘zining diniy o‘lchovlari, uyidagi qarashlari bilan jamiyatga o‘lchov qo‘yishga yo‘l qo‘ymaymiz, qonun bor» — Adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov diniy tashkilotlarning ayrim vakillari kimlargadir hukm o‘qishi huquqiy nuqtai nazardan noto‘g‘riligini qayd etib, bu jamiyatda bo‘linishga olib kelayotganligini, diniy tashkilotlar bunday ixtilof qilishga haqqi yo‘qligini ta’kidladi. U Adliya vazirligi ushbu sohadagi faoliyatni nazorat qilishini eslatdi. «O‘zining diniy o‘lchovlari, uyidagi qarashlari bilan jamiyatga o‘lchov qo‘yishga yo‘l qo‘ymaymiz, chunki qonun bor», — dedi Davletov.

6 fevral 2022, 22:39

«Matematikani qayerda o‘qigansiz?» Prezident — Avtoyo‘l qo‘mitasi rahbariga

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari Abdurahmon Abduvaliyev prezidentning necha foiz yo‘l yoqalariga daraxt ekilgani haqidagi savoliga noto‘g‘ri javob berdi. Javobni eshitgan Shavkat Mirziyoyev undan: «Matematikani qayerda o‘qigansiz», — deb so‘radi.

6 fevral 2022, 17:52

Shavkat Mirziyoyev Rejep Erdo‘g‘onga sog‘lik tiladi

Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyib Erdo‘g‘onga yo‘llagan maktubida Turkiya prezidenti va uning rafiqasi koronavirusga chalingani haqidagi xabardan xavotirga tushganini bildirdi. Ularga sihat-salomatlik, kuch-quvvat va yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

6 fevral 2022, 10:49

Prezident daraxt ekishdagi qo‘shib yozishlar haqida ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» dasturi doirasida ekilgan daraxtlar bo‘yicha raqamlarga ishonmasligini ma’lum qildi. U, shuningdek, Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrohimov daraxt ekish bo‘yicha reja bajarilmagani uchun lavozimidan chetlashtirilganini aytdi.

6 fevral 2022, 10:15

Kambag‘allik va korrupsiyani qisqartirish borasida Xitoy tajribasi o‘rganiladi

O‘zbekiston prezidenti va XXR raisining Pekindagi uchrashuvida kambag‘allikka va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida Xitoy tajribasini o‘rganish va joriy qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi. Tomonlar besh yillik Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik dasturini ham imzoladi.

5 fevral 2022, 12:16

Foto: Shavkat Mirziyoyev Pekinda hamkasblari bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Pekinda qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilishi doirasida Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Misr prezidentlari, shuningdek, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan muloqot qildi.

4 fevral 2022, 18:05

Uchta agentlikda tayinlovlar amalga oshirildi

Strategik rivojlanish, Xalqaro hamkorlik va rivojlanish hamda Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentliklarida rahbar lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.

4 fevral 2022, 15:06

Senatorlar «propiska» so‘zini qonunchilikdan butunlay chiqarishni ma’qulladi

Senatorlar «propiska» so‘zi ma’nan eskirganligi va fuqarolar ongida «to‘sqinlik qiluvchi», «erkinlikni cheklovchi» degan tushunchalarni keltirib chiqarayotgani uchun uni qonun hujjatlaridan butunlay chiqarishni ma’qullashdi. Endi uning o‘rniga «yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish» tushunchasi qo‘llaniladi.

3 fevral 2022, 15:17

Senatorlar geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senatning navbatdagi yalpi majlisida «Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida» gi qonun ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, endi tadbirkorlar o‘z tovarlarida ishlab chiqarilgan joy nomini ko‘rsatishi kerak. Qayd etilishicha, hozirgacha O‘zbekistonda faqat 4 ta tovar, xususan, 2 ta mahalliy mahsulotning geografik ko‘rsatkichi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Senatorlar ishontirishicha, mazkur qonun mintaqaviy brendlar rivojlanishi va hududlarning turistik jozibadorligi oshishiga xizmat qiladi.

3 fevral 2022, 12:12

«Senatorlar qo‘mita majlisi yoki qaysidir tadbirda ishtirok etish bilan cheklanib qolmoqda» — Senat raisi

Senat raisi Tanzila Narbayeva yalpi majlis vaqtida senatorlar faoliyatidagi tadbirbozlikni tanqid qildi. «Senatorlar faqatgina qo‘mita majlisi yoki qaysidir tadbirda ishtirok etish bilan cheklanib qolmoqda» — dedi u. Qolaversa, qo‘mitalar yetarlicha ishlamayotgani, ular faqat rahbarlarning axborotini tinglash bilan shug‘ullanayotgani ta’kidlandi.

3 fevral 2022, 10:43

Erkinjon Turdimov tanqidiy material yozadigan jurnalist va blogerlarni mukofotlashni taklif etdi

Samarqand viloyati hokimi tanqidiy material yozuvchi jurnalist va blogerlarni moddiy rag‘batlantirishini ma’lum qildi. «Negativ» material uchun rag‘batlantirish ishlari 15 fevraldan boshlanib, har hafta amalga oshirilishi aytildi. Mablag‘lar ishida kamchilikka yo‘l qo‘ygan davlat xizmatchilari oyligidan tushgan jarimalar hisobiga to‘lanadi.

2 fevral 2022, 16:21

Deputatlar hokimlarning manfaatlar to‘qnashuviga sharoit yaratuvchi yana bir qonunni ma’qulladi

1 fevral kuni Qonunchilik palatasi deputatlari hokimlarning manfaatlar to‘qnashuviga sharoit yaratib beruvchi yana bir qonunni ma’qulladi. Gap yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibi haqida ketmoqda. Deputat Doniyor G‘aniyev hokim kompensatsiya ajratishni ko‘rib chiqish masalasini o‘ziga-o‘zi kiritishi va uni yana o‘zi hal qilishini tanqid qildi. Quyi palata spikeri esa hokimlarning xalq deputatlar kengashi raisi maqomi bekor qilinsagina, bu muammo bartaraf etilishini aytdi. «Ungacha shu, boshqa iloj yo‘q», — dedi Nurdinjon Ismoilov.

2 fevral 2022, 13:27

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davronbek Maxsudov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U mazkur lavozimda prezidentga maslahatchi bo‘lib ketgan Muzaffar Komilovning o‘rnini egalladi.

2 fevral 2022, 11:12

Muzaffar Komilov prezident maslahatchisi etib tayinlandi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimida ishlashda davom etadi.

1 fevral 2022, 15:31

«Snos»ga tushgan hujjati yo‘q uylarga ham kompensatsiya to‘lab beriladi

Deputatlar ko‘rib chiqqan qonun loyihasiga ko‘ra, hujjati bo‘lmagan uylar «snos» ga tushganda, ularga ham kompensatsiya to‘lab berish taklif etilmoqda. Bunda da’vogar mulkka 15 yil davomida oshkora va uzluksiz egalik qilgan hamda soliqlarni to‘lagan bo‘lishi lozim. Loyiha qabul qilinib, Senatga yuborildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting