Siyosat

22 oktabr 2021, 15:49

Qariyb 422 ming fuqaro saylovda muddatidan oldin ovoz berdi

Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 14−20 oktabr kunlari prezidentlik saylovlarida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarida jami 421 618 nafar fuqaro qatnashdi.

22 oktabr 2021, 14:42

Endi uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni sodir etganlar ham farzand asrab olishi mumkin

Prezident farzand asrab olish tartiblarini soddalashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, hayotga, sog‘liqqa qarshi, giyohvandlik va boshqa jinoyatlarni qasddan sodir etganlar bola asrab olishi mumkin emas deb belgilanmoqda. Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni sodir etgan va jazo muddatini o‘taganlarga esa farzand asrab olishga ruxsat beriladi. Qolaversa, farzandlikka oluvchi va olinuvchi yoshidagi farq 15 yoshdan kam bo‘lmasligi shart.

22 oktabr 2021, 11:38

«Qonun qabul qilinishini bir necha yillardan beri kutayotgandik». Nogironlar, Karlar va Ko‘zi ojizlar jamiyatlari Senatga murojaat qildi

Nogironlar, Karlar va Ko‘zi ojizlar jamiyatlari senatorlar rad etgan «Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunni ma’qullashni so‘rab, Senatga murojaat qildi. Unda imkoniyati cheklangan shaxslar ushbu qonunni bir necha yildan beri kutayotgani, aslida «boshidan o‘tkazgan» insongina holat qandayligini bilishi ta’kidlangan. Jumladan, so‘nggi 3 yilda Karlar jamiyati korxonalarining daromadi 5 baravargacha tushib ketgani, ulardagi ishchilar soni esa 2000 yildagi 4900 kishidan 2020 yilga kelib 1479 nafarga kamaygani aytilgan.

22 oktabr 2021, 10:13

Senat go‘sht va kartoshka importini QQSdan ozod qilishni ma’qulladi

Senatorlar yil oxirigacha go‘sht mahsulotlari, muzlatilgan baliq, tirik hayvonlar va kartoshka importini QQSdan ozod qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Soliq imtiyozlari ortidan budjet 250 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ni yo‘qotadi.

21 oktabr 2021, 21:17

Qonun muhokamasi adliya vaziri va senatorlar o‘rtasidagi debatga aylanib ketdi

Senatorlar «Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunning ba’zi normalarini qayta ko‘rib chiqish kerak deb hisoblab, uni qaytardi. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov senatorlarning qonunni qabul qilishga qarshi bildirgan har bir argumentini rad etdi va ayrim siyosatchilar «xalqdan kelib chiqayotgan yangi g‘oyalarni tushunmasligini» ta’kidladi. Senat rahbari uzoq davom etgan debatga aralashishga va tomonlarni tinchlantirishga majbur bo‘ldi.

21 oktabr 2021, 21:09

Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekiston Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Oybek Barakabayev va Doniyorjon Tojiboyev o‘n yil muddatga Oliy sud sudyasi lavozimiga saylandi.

21 oktabr 2021, 17:25

«Biz yoqish uchun shirin gaplarni gapirmoqchi emasmiz» — Alisher Qodirov migrantlarni soliqqa tortish taklifiga izoh berdi

Alisher Qodirov migrantlardan soliq undirish borasidagi taklifi yuzasidan izohlarga munosabat bildirdi. U mamlakat haligacha mehnat resurslarini xorijga eksport qilishga majbur ekanligini ta’kidlab, mehnat migrantlarini bunga tayyorlash kerakligini aytdi. «O‘zbekiston fuqarosi nafaqat o‘zining qorni, balki O‘zbekiston, deb yashashi kerak», — deya ta’kidladi prezidentlikka nomzod.

21 oktabr 2021, 16:09

«Odamlar meni tushunmayotgan paytda g‘alabadan umidvor bo‘lishim mumkinmi?» — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasi nomzodi toshkentlik saylovchilar uchrashuvda g‘alabadan umidvor emasligini, biroq, odamlar albatta o‘zgarishini ta’kidladi. «Odamlar meni tushunmayotgan paytda g‘alabadan umidvor bo‘lishim mumkinmi? Afsus bilan aytish kerak, agar odamlar meni tushunmayotgan bo‘lsa menga ovoz bermaydi», — dedi Alisher Qodirov. U saylov kampaniyasi boshida prezident saylovlarida g‘alaba qozonish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.

20 oktabr 2021, 22:06

Prezident o‘zbek tiliga qiziqishni kuchaytirish uchun kuchlarni safarbar etishga chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabrigida «Vatanimizda yashayotgan barcha fuqarolarimiz uchun aziz va qadrli tilga aylanishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etish»ga chaqirdi. Mamlakatda yashayotgan turli millat vakillari va chet elliklar uchun maxsus darslik, lug‘at va qo‘llanmalar, video va audiomateriallar hajmini oshirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarur, dedi u.

20 oktabr 2021, 21:30

20 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi qaror qabul qilingan qarorlar, Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisi, 1869 yilda qurilgan Xo‘ja Porso jome masjidi buzib tashlanishi — “Gazeta.uz"ning 20 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

20 oktabr 2021, 19:27

Ismatulla Irgashev Afg‘onistonda toliblar hukumatini tan olish shartlarini ma’lum qildi

O‘zbekiston hozircha toliblar tuzgan afg‘on hukumatini tan olish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapti, dedi O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror xalqaro hamjamiyat bilan kelishilgan holda qabul qilinishi kerak.

19 oktabr 2021, 21:30

19 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvi, O‘zbekiston muftiysi va Toshkent shahri bosh imom-xatibi tayinlanishi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlarga hokimlar rais bo‘lishi — “Gazeta.uz"ning 19 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

19 oktabr 2021, 17:59

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlarga hokimlar rais bo‘ldi. Antikorrupsiya agentligi rahbari izoh berdi

Antikorrupsiya agentligi direktori Akmal Buxonov Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tashkil etilgan hududiy kengashlarga hokimlar rais bo‘lishi borasidagi xabarlarga izoh berdi. «Bu kengashlar korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ emas, kollegial idora hisoblanadi», — dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar hokimlar mahalliy kengash raisligidan ozod qilinsa, unda Hududiy kengash raislari ham o‘zgarishini qo‘shimcha qildi.

19 oktabr 2021, 17:31

“Pandemiya davrida ko‘p davlatlar „egoist“ bo‘lib ketdi” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvda pandemiya davrida eng kuchli davlatlar ham qiyin vaziyatga tushib qolganini aytdi. Uning aytishicha, “ko‘p davlatlar „egoist“ bo‘lib ketdi”. “Qo‘shnilarimiz bilan munosabatlarni kuzatib turibsiz. Afg‘on muammosi bizni jiddiy o‘ylantiradi”, — deydi prezident.

19 oktabr 2021, 13:17

O‘zLiDeP nomzodi poytaxtdagi tirbandliklarni hal etish bo‘yicha o‘zining takliflarini bildirdi

Prezidentlikka O‘zLiDeP partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi tirbandliklarni bartaraf etish uchun ko‘chalarda 21 ta yo‘l o‘tkazgichlar, 6 ta metro bekati atrofida hamda markaziy ko‘chalarda 80 ta ko‘p qavatli avtoturargohlar qurishni taklif qildi. «Yo‘l harakatini „aqlli tartibga solish“ tizimi joriy etiladi», — dedi u. Ko‘chalarni ta’mirlashga esa 3,2 trln so‘m ajratilishi ta’kidlandi.

18 oktabr 2021, 21:30

18 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezidentning o‘z belgisi va shtandarti bo‘lishi, yangi imzolangan qaror va farmonlar, prezident saylovi tarixida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan birinchi teledebat — “Gazeta.uz"ning 18 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

18 oktabr 2021, 17:59

Deputat yordamchisi instituti joriy etildi

Deputat yordamchisi institutini joriy etishga oid qonun qabul qilindi. Yordamchi deputatning vakili sifatida saylov okrugida doimiy faoliyat yuritadi va sudlanmagan bo‘lishi lozim. U deputat va saylovchi o‘rtasidagi muntazam aloqani yaxshilashga ko‘maklashadi.

18 oktabr 2021, 16:03

1 noyabrdan mingta xonadonli MFYlar xodimlari maoshi 35 foizga oshiriladi — prezident farmoni

Prezident farmoni bilan 1 noyabrdan hududida xonadonlar soni mingta va undan ortiq bo‘lgan MFY xodimlari oylik maoshi 35 foizga oshiriladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

18 oktabr 2021, 14:52

O‘zbekiston va Afg‘onistonning yangi hukumati munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ishlab chiqadi

Termizdagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Afg‘onistonning muvaqqat hukumati hamkorlikning bir nechta sohalari bo‘yicha ishchi guruhlar tuzishdi. 10 kun ichida «yo‘l xaritasi» ishlab chiqish va uni ikki davlat yetakchilariga taqdim etish rejalashtirilmoqda.

18 oktabr 2021, 12:56

Prezident saylovi tarixida birinchi teledebat. Unda nomzodlar vakillari ishtirok etadi

19 oktabr kuni O‘zbekiston prezidenti saylovlari tarixida ilk marotaba teledebat namoyish etiladi. Unda prezidentlikka nomzodlarning vakillari qatnashadi. Teledebatni soat 17:00da «O‘zbekiston24», «O‘zbekiston», «Yoshlar», «Mahalla» va «Madaniyat va ma’rifat» kanallari orqali ko‘rish mumkin.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting