Siyosat

12 fevral 2021, 19:04

«Hamma „kattakon“ uchastka noziriga buyruq beradi» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev IIV hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida «hamma „kattakon“ uchastka noziriga buyruq beradi», deya ta’kidladi. Prezident shuningdek, «o‘zi eng katta mehnatkash — profilaktika inspektori» ekanini aytdi. Davlat rahbari IIV xodimlari maoshini 30 foizga, mahallada xizmat qilayotganlarning maoshini esa 60 foizgacha oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

12 fevral 2021, 17:31

Ulug‘bek Qosimov Toshkent shahar prokurori bo‘ldi

Farg‘ona viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov Toshkent shahar prokurori etib tayinlandi.

12 fevral 2021, 16:35

Bahodir Matlyubov IIV akademiyasi rahbarligidan ozod etildi

Prezident farmoyishiga asosan Baxodir Matlyubov IIV Akademiyasi boshlig‘i vazifasidan ozod etildi. Ushbu lavozimga ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Rustam Xatamov tayinlandi.

12 fevral 2021, 16:31

Ichki ishlar vaziriga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan Ichki ishlar vaziriga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi. Najmiddin To‘raxodjayev vazirning axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yaxyojon Abdulxakov esa vazir o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i lavozimini egalladi.

12 fevral 2021, 16:06

Bahriddin Valiyev Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Toshkent prokurori bo‘lib faoliyat yuritgan Bahriddin Valiyev Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

12 fevral 2021, 10:32

«Tanklar» nima haqida o‘ylaydi?

Bugungi kunda davlat har qachongidan ham mustaqil ekspertiza va diagnostikaga muhtoj. Bu vaqtni, pulni tejashga, strategik va taktik xatolarni minimallashtirishga yordam beradi. Rivojlangan mamlakatlarda bunday ekspert tahlillari think tanks yoki «aql markazlari» tomonidan taqdim etiladi. O‘zbekistonda ularning rivojlanishiga nima to‘sqinlik qilayotganligini TDPU rektori Alisher Umarov, TDPU kafedra mudiri Valeriy Xan va Madaniyat vazirligi bosh mutaxassisi Gulasalxon Saidmavlonova muhokama qilishdi.

11 fevral 2021, 12:38

«Hafta o‘rtasida birorta vazirni Toshkentda ko‘rsam, ishdan olaman» — prezident

Shavkat Mirziyoyev vazirlar ish kunlarini Toshkentda emas, viloyatlarda o‘tkazishi kerakligini ta’kidladi. Ular Toshkentda faqat shanba va yakshanba kunlari bo‘lishi mumkin. Prezident «vazir respublikaga xizmat qilishini, Toshkentni qorovullab o‘tirmasligini» aytdi.

11 fevral 2021, 10:33

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Otabek Tursunov Andijon viloyati hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

11 fevral 2021, 09:19

Prezident davlat aktivlarini xususiylashtirishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident videoselektor yig‘ilishida davlat aktivlarini xususiylashtirishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. «Qo‘chqorov, Ortiqovning ish faoliyatiga davlat ulushi mavjud korxonalarni joriy yilda uch baravarga qisqartirish natijalari bo‘yicha baho beriladi», — dedi davlat rahbari.

10 fevral 2021, 22:06

Endilikda prezident topshiriqlarining ijrosi Ijro.gov.uz tizimi orqali nazorat qilinadi

Prezident farmoni bilan hujjatlar va topshiriqlar ijrosini nazorat qilishning yangi tizimi joriy etilmoqda.Adliya vazirligi topshiriqlar va ularning muddatlari, ijrochi mas’ullarni kiritib boradi. Har oyda prezident Administratsiyasi hamda Hukumatga hisobot taqdim etadi. Ijroni o‘z vaqtida ta’minlamagan mansabdorlar jazolanadi.

10 fevral 2021, 20:41

«Aholini koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlash zarur» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlash hamda bir oy muddatda birinchi navbatda emlanishi zarur bo‘lgan aholi toifasini belgilab, ularning elektron ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha topshiriq berdi.

10 fevral 2021, 19:34 1

Viloyat rahbarlariga 2021 yilda 1,6 mlndan ortiq ish o‘rni yaratish topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston respublikasi va viloyatlar rahbarlariga 2021 yilda 1 million 659 ming kishini ish bilan ta’minlashni buyurdi. Hududlar bo‘yicha taqsimot.

10 fevral 2021, 18:52

Uchastka noziri va mahalla raislari majlisga chaqirilmaydi — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Davlat dasturi bo‘yicha yig‘ilishda yana majlisbozlik masalasiga to‘xtalib, hokimlar majlis o‘tkazish uchun bosh vazirdan ruxsat so‘rashi kerakligini qayd etdi. Davlat rahbari majlislarga profilaktika inspektorlari va mahalla raislarini chaqirmaslikni ta’kidladi.

10 fevral 2021, 18:37

Sport vazirligi Turizm qo‘mitasi bilan birlashtiriladi, Aziz Abduhakimov sohaga rahbar bo‘ladi

Prezident raisligidagi yig‘ilishda Sport vazirligi Turizm qo‘mitasi bilan birlashtirilish ma’lum qilindi. Bosh vazir o‘rinbosari, turizm qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov unga rahbar bo‘ladi.

10 fevral 2021, 17:57

«Davlat dasturini bajarmagan rahbarlar ishdan bo‘shatiladi» — prezident

Prezident Davlat dasturi bo‘yicha yig‘ilishda bosh vazirga topshiriq berib, «har oy davlat dasturini bajarmagan rahbarlarni ishdan bo‘shatishini» aytdi.

10 fevral 2021, 17:26

Bosim o‘tkazilganini aytgan Ekologiya qo‘mitasi matbuot kotibi bo‘shatilganligini ma’lum qildi

Ekologiya qo‘mitasida bir necha hodim lavozimidan ozod qilindi, ular orasida bosim o‘tkazilgani haqida ma’lum qilgan matbuot xizmati rahbari Bunyod Abdullayev ham bor. Qo‘mitaning o‘zi va AOKA rasman ushbu holatga izoh bermadi.

9 fevral 2021, 21:09

Mirzohid Ubaydullayev Farg‘ona hokimi etib tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan Mirzohid Ubaydullayev Farg‘ona shahar hokimi bo‘ldi. Shaharning avvalgi hokimi prezident tanqididan so‘ng ishdan bo‘shatilgan edi.

9 fevral 2021, 12:06

Abdumannop Tulyaganov prezident maslahatchisi o‘rinbosari bo‘ldi

Davlat rahbarining farmoni bilan Abdumannop Tulyaganov prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

9 fevral 2021, 11:08

Prezident saylovlari oktyabrda o‘tkaziladi

Prezident Konstitutsiyaga saylovlar sanasi bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu yilgi prezident saylovlari 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.

8 fevral 2021, 10:27

Sardor Umurzakov ITB guruhi boshqaruvchilari kengashi raisi etib saylandi

Sardor Umurzakov Islom taraqqiyot banki guruhi boshqaruvchilari kengashi — bankning oliy boshqaruv organining raisi etib saylandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting