Siyosat

9 dekabr 2020, 12:00

Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektor jalb qilinadi

Davlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va boshqa usullar orqali bosqichma-bosqich xususiy sektorga berish ko‘zlanmoqda. Jumladan, 2021 yil 1 apreldan kadastr yig‘majildlarini tayyorlash bilan tadbirkorlar ham shug‘ullanishi mumkin.

8 dekabr 2020, 19:02

Xususiy pudratchilardan kvartira sotib olish uchun kreditlarning cheklangan miqdori belgilandi

Xususiy pudratchilardan kvartira sotib olish uchun taqdim etiladigan kreditlarining cheklangan miqdori belgilandi. Fuqarolarga xonadon sotib olish uchun 240 mln so‘mdan 352 mln so‘mgacha miqdorda kredit ajratiladi.

4 dekabr 2020, 20:56

Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodidagi texnologik jarayon bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodi faoliyati bilan tanishdi. Majmuada 27 ta mamlakatdan asbob-uskunalar keltirib, o‘rnatilgan. «Hududlarda yana yuzlab korxonalarning barpo etilishi uchun juda katta zamin bo‘ladi», — deya ta’kidladi prezident.

4 dekabr 2020, 16:15

Prezident Toshkent metallurgiya zavodi faoliyatiga start berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodini ishga tushirdi. Mazkur majmuada birinchi bosqichda 400 mln dollarga yaqin mablag‘ tejaladi, yiliga 90 mln dollarlik mahsulot eksport qilinadi. Davlat rahbari ushbu majmua ochilishini «tarixiy voqea» deb atadi. «Harakatlarimizning asosiy maqsadi yaqin yillarda yaxlit, „noldan tayyor mahsulotgacha“ bo‘lgan metall ishlab chiqarish klasterini yaratishdan iborat», — dedi prezident.

4 dekabr 2020, 15:34

«Biz TAPOiChni tiklashga harakat qilyapmiz» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkorlar bilan muzokaralarda TAPOiCh aviazavodining taqdiri muhokama qilinganini ma’lum qildi. «Meni ham alamim bor. Dunyoda sanoqli samolyot chiqaradigan davlatlar bor edi, biz uni o‘z qo‘limiz bilan yopdik, ming afsus. Lekin baribir biz uni tiklashga juda ko‘p harakat qilayapmiz», — dedi davlat rahbari.

4 dekabr 2020, 14:55

Prezident Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Muzokaralar davomida metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yirik va zamonaviy korxonani tashkil etish loyihasi ikki davlat o‘rtasidagi samarali hamkorlikning namunasi ekani qayd etildi.

3 dekabr 2020, 22:20

Sud UzAuto Motors ishini qayta ko‘rib chiqadi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining sud qarori ustidan apellyatsiya shikoyati qabul qilindi. Sud 11 dekabr kuni UzAuto Motors ishini qayta ko‘rib chiqadi.

3 dekabr 2020, 16:02

Toshkentda Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi

Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi. Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot tizimi kabi sohalarda mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashadi. O‘qitish yapon va o‘zbek tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

3 dekabr 2020, 10:46

Buxoro tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xayrullo Jo‘rayev Buxoro tumani hokimi etib tayinlandi. U hozirga qadar «G‘ijduvon» EIZ rahbari vazifasida faoliyat yuritgan.

2 dekabr 2020, 17:19

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tadigan sammitga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilindi.

1 dekabr 2020, 15:27

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvoni ta’sis etildi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvoni ta’sis etildi. Mazkur unvon geologiya hamda bir qator yo‘nalishlardagi tajribali mutaxassislarga beriladi.

1 dekabr 2020, 12:58

Abdulaziz Kamilov va Maykl Pompeo telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov va AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo telefon orqali muloqot chog‘ida inson huquqlari sohasidagi islohotlar hamda amerikalik investor va eksportyorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni muhokama qildi.

1 dekabr 2020, 12:33

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Rossiya vaksinasi masalasida fikr almashishdi

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot davomida Rossiya vaksinasidan foydalanish masalasida fikr almashishdi.

30 noyabr 2020, 21:50

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari MDH sammitiga tayyorgarlik masalasini muhokama qilishdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatda O‘zbekiston raisligidagi MDH sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qildi. Ushbu sammit shu yili dekabrda videoanjuman sifatida o‘tishi kutilmoqda. Shuningdek, ikki davlat rahbarlari pandemiya tufayli yuzaga kelgan global inqiroz sharoitida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar barqaror rivojlanayotganini qayd etishdi.

30 noyabr 2020, 20:33

O‘zbekiston SHHT davlatlarini parvozlarni bosqichma-bosqich tiklashga chaqirdi

O‘zbekiston bosh vaziri SHHTga a’zo davlatlar hukumatlar rahbarlari kengashining onlayn uchrashuvida biznes hamkorlik, gumanitar va sayyohlik almashinuvini faollashtirishga sharoit yaratish maqsadida SHHT davlatlari o‘rtasida parvozlarni bosqichma-bosqich qayta tiklashga chaqirdi.

30 noyabr 2020, 19:51

“Odamlar uchun shahar, tuman va qishloqlar orasida transportni qulay, xavfsiz va oson qilish kerak” — prezident

O‘tgan 10 oyda Xalq qabulxonalariga jamoat transporti bo‘yicha 3 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha kuniga qariyb 20 mln yo‘lovchidan bor-yo‘g‘i 4,4 mlni yoki 22 foizi jamoat transportidan foydalanmoqda. 1,2 mingta qishloq tuman markazigacha bo‘lgan yo‘nalishda jamoat transporti bilan qamrab olinmagan. Prezident mazkur muammolarni tizimli hal etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

30 noyabr 2020, 09:44

O‘qituvchilar besh yil oldin imtiyozli pensiyaga chiqishi mumkin — qonun loyihasi

«Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Hujjat bilan pedagog xodimlar besh yil oldin imtiyozli pensiyaga chiqishi mumkin etib belgilanmoqda. Bundan tashqari, ularga 15 foizdan 40 foizgacha ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar to‘lash ko‘zda tutilgan. Qolaversa, o‘qituvchilarni yuqumli kasalliklarga qarshi bepul emlash belgilanishi mumkin.

28 noyabr 2020, 10:59

Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

Bosh prokuratura hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarni jinoiy javobgarlikka tortishni taklif qilmoqda. Qonun qabul qilinsa, bunday qilmishni sodir etganlar va jarayonni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganlar 1 yilgacha muddatga qamalishi mumkin.

28 noyabr 2020, 08:34

AOKA OAVning ogohlantirilishi bo‘yicha bayonot berdi

AOKA Kun.uz ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim foydalanuvchilarining turli sharhlari, haqoratli fikrlari va chaqiriqlari jamoatchilik fikri sifatida taqdim etilgani, «Gazeta.uz», Daryo.uz va boshqalar esa koronavirus bemorlari statistikasi shubha ostiga olingani va rasmiy izohlar taqdim etilmagani uchun ogohlantirilganini ma’lum qildi.

27 noyabr 2020, 17:45

«Bu mening avtomobilim, degan tushuncha oddiy hol bo‘lib qolgan» — Akmal Burxonov xizmat mashinalari haqida

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxonov davlat xizmatchilarining xizmat mashinalaridan shaxsiy va oilaviy maqsadlarda foydalanishi odatiy holga aylanganini ta’kidladi. U hokimlar tomonidan byudjet mablag‘lari hisobidan qimmat mashinalarni sotib olish holatlari oz emas, o‘nlab yuz berganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting