Siyosat

5 noyabr 2020, 18:33

«Adolat» milliy huquqiy axborot markaziga direktor tayinlandi

Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Furqat Tojiyev «Adolat» milliy huquqiy axborot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

5 noyabr 2020, 14:36

«Yordam berishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, xalaqit qilmang!» Sherzod Shermatov hokimlarga murojaat qildi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha, o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlarini nafaqat prezident siyosatiga xiyonat, balki ataylab davlat rahbarining imijini diskreditatsiya qilishga harakat deb baholash kerak. «Yordam berishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, iltimos, juda bo‘lmasa xalaqit qilmang», — deya murojaat qildi Sherzod Shermatov hokimlarga.

5 noyabr 2020, 11:16

«O‘zbekkonsert» rahbari o‘zgardi

Anvarjon Tojiboyev «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Direktor vazifasini vaqtincha bajarib kelgan Alisher Jamoliddinov direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida o‘z ish faoliyatini davom ettiradi.

5 noyabr 2020, 11:05

Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ketdi

Jo‘rabek Mirzamahmudov Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U «O‘zatom» agentligi va «O‘zkimyosanoat» kompaniyasidagi rahbarlik lavozimlarini saqlab qoldi.

4 noyabr 2020, 20:32

Muzaffar Fayziyev Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

«O‘zneftmahsulot» boshqaruvi raisi, qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan Muzaffar Fayziyev Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

4 noyabr 2020, 19:24

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev boshchiligidagi delegatsiya 5−6 noyabr kunlari O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

4 noyabr 2020, 15:02

G‘ozg‘on shahar rahbarlari tayinlandi

Hukumat qarori bilan Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahar hokimi va sektorlar rahbarlari tayinlandi.

4 noyabr 2020, 14:22

Abdurasul Vaxobov vaqtincha Olmazor hokimi o‘rinbosari lavozimiga qayta tiklandi — hokimlik

Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimining o‘rinbosari Abdurasul Vaxabov, 2019 yil sentyabr oyining oxirida jurnalistlar bilan bo‘lgan ziddiyatdan so‘ng ishdan bo‘shatilgan edi, biroq u ushbu lavozimga v.b. sifatida qayta tiklandi. Hokimlik matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu lavozimga nomzodlar yo‘qligi va uylarni buzish masalasi bo‘yicha aholidan tushayotgan ko‘plab murojaatlar sababli Vaxobov vaqtincha ish joyiga qaytarildi.

4 noyabr 2020, 12:56

Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga rektor tayinlandi

«El-yurt umidi» jamg‘armasi direktori Adxam Bekmurodov prezident maslahatchisi o‘rinbosari — prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.

4 noyabr 2020, 11:52

Prezident maslahatchisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

TTAning sobiq rektori prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi

4 noyabr 2020, 01:50

Shavkat Mirziyoyev O‘zgidromet bayonotidan so‘ng yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident O‘zgidromet tizimi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda soha xodimlari oyligi oshirilib, ustama to‘lash tizimi joriy etilishi ta’kidlandi. Avvalroq O‘zgidromet tizimga e’tibor yo‘qligidan shikoyat qilgan edi.

3 noyabr 2020, 23:34

Abduhakim Xadjibayev Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi — Prezident qarori

Prezident qarori asosida sog‘liqni saqlash vaziri etib Abduhakim Xadjibayev va uning birinchi o‘rinbosari lavozimiga Amrillo Inoyatov tayinlandi.

3 noyabr 2020, 23:24

Alisher Shodmonov Toshkent tibbiyot akademiyasiga rektor etib tayinlandi

Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Toshkent tibbiyot akademiyasiga rektor etib tayinlandi.

3 noyabr 2020, 18:52

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Yuridik universitet Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani bo‘lib ishlayotgan Umida Tuxtasheva Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, agentlik ichki xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Tal’atjon Xaydarov ham direktor o‘rinbosari bo‘ldi.

3 noyabr 2020, 18:05

Deputatlar sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga yangi nomzodni ma’qulladilar

Abduxakim Xojiboyev Alisher Shodmonov o‘rniga cog‘liqni saqlash vaziri bo‘lishi kutilmoqda. Deputatlar Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi rahbar nomzodini ma’qulladilar.

3 noyabr 2020, 15:33

Endilikda avtotransportni O‘zbekistonda bo‘lish muddatini oldindan uzaytirish mumkin

O‘zbekistonda avtomobillarni mamlakatda vaqtincha bo‘lish muddatini tugashidan oldin uzaytirish imkoniyati yaratilmoqda. Qolaversa, vaqtinchalik muddat tugagach, haydovchi murojaati bilan avtoturargohda saqlash vaqti uchun maxsus yig‘im undirilmasligi belgilanmoqda.

3 noyabr 2020, 11:11

Toshkent viloyatida TATU filiali tashkil etilishi kutilmoqda

Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Filialga qabul 2021−2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

2 noyabr 2020, 12:13

1 yanvardan davlat ishtirokidagi har bir korxonaning rasmiy veb-sayti bo‘lishi shart

1 yanvardan davlat ishtirokidagi korxonalarning rasmiy veb-sayti bo‘lishi shartligi belgilandi. Veb-saytlarda iqtisodiy, moliyaviy va boshqa statistik ma’lumotlar, har chorakda yillik biznes-rejaning bajarilishi va strategik maqsadlarga erishish ko‘rsatkichlari joylashtirilishi lozim.

30 oktabr 2020, 22:38

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Turkiyada sodir bo‘lgan 6,6 ballik zilziladan so‘ng 97 marta aftershok qayd etildi, ulardan 20 tasining magnitudasi 4 dan oshdi. Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi.

30 oktabr 2020, 13:05

Shavkat Mirziyoyev Shimoliy iqtisodiy hamkorlik xalqaro forumida ishtirok etdi

Prezident Shimoliy iqtisodiy hamkorlik xalqaro forumida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Koreya Respublikasi O‘zbekistonga raqamli va «yashil» texnologiyalarni keltirishda asosiy hamkorlardan biri ekani ta’kidlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting