Siyosat

31 dekabr 2020, 19:49

Prezident murojaatnomasidan fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni O‘zbekiston parlamentiga navbatdagi an’anaviy murojaatnomani yo‘lladi. Ushbu marosimda ishtirok etgan «Gazeta.uz» fotomuxbiri kamera ob’ektiviga muhrlangan eng sara fotosuratlarni e’tiboringizga havola etadi.

30 dekabr 2020, 12:51

Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun Senat saytida e’lon qilindi

Senati sud hokimiyati faoliyati oid Konstitutsiyaga o‘zgartishlar to‘g‘risidagi qonunni o‘z saytida e’lon qildi. Ushbu qonun matni Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangan bo‘lsa-da, jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilmagan edi.

30 dekabr 2020, 12:25

O‘zbekistonda avtomobil karshering xizmatlari uchun imkoniyat yaratildi

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda karshering tashkilotlari faoliyatiga imkoniyat berildi. 10 yanvardan avtomototransport vositalarini ushbu tashkilotlaridan 30 kungacha ijaraga olish mumkin bo‘ladi. Ushbu tashkilot avtomototransport vositalari maxsus taniqlik belgiga ega bo‘lishi shart.

29 dekabr 2020, 16:48

Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida eng ko‘p ishlatgan so‘zlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 dekabrdagi parlamentga murojaatnomasida eng ko‘p «yoshlar», «ta’lim» va «pandemiya» so‘zlarini ishlatdi. Davlat rahbari nutqida 41% urg‘u iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 28% ijtimoiy sohaga doir masalalarga qaratildi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari murojaat bo‘yicha lingvistik va kontent tahlilni taqdim etishdi.

29 dekabr 2020, 14:28

Prezident madaniy meros ob’ektlarini saqlash dasturini qabul qilishni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida hukumatga madaniy meros ob’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, saqlash va muhofaza qilish bo‘yicha maxsus dasturni qabul qilishni topshirdi. Prezident oxirgi vaqtlarda ba’zi yodgorliklarga beparvo munosabatda bo‘linayotganini qoraladi.

29 dekabr 2020, 14:05

«Prezident saylovlari xalqaro tamoyillar asosida o‘tkazilishi kerak» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida O‘zbekiston 2021 yilda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovini o‘tkazish masalasiga to‘xtaldi. «Biz o‘tgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchilarning tavsiyalarini milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz», — dedi davlat rahbari.

29 dekabr 2020, 13:54

2021 yilda ikkita tezyurar poyezdni ishga tushirish rejalashtirilmoqda

2021 yilda ikkita tezyurar poyezdni ishga tushirish, Buxoro-Urganch-Xiva temir yo‘lini elektrlashtirishni boshlash, aholi punktlaridan viloyatlar markazlariga avtobus qatnovlarini ko‘paytirish hamda yer usti metrosi qurilishining ikkinchi bosqichini yakunlash rejalashtirilmoqda. Prezident parlamentga murojaatida 2021 yilga mo‘ljallangan rejalarga to‘xtalib o‘tdi.

29 dekabr 2020, 13:40

«Bizning ishimizdagi asosiy kamchilik, bu — bilim yetishmasligi va korrupsiya» — prezident

«Bizning ishimizdagi eng katta nuqson, bu — bilimlarning yetishmasligi va korrupsiya. Bu barcha sohalarda seziladi», dedi prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida. Davlat rahbari, shuningdek, kelgusi yilda byudjeti 3 trillion so‘m bo‘lgan «Mintaqaviy infratuzilmani rivojlantirish jamg‘armasini» tashkil etishni taklif qildi.

29 dekabr 2020, 13:19

Respublika jamoat xotin-qizlar kengashi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev Respublika jamoat xotin-qizlar kengashini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi va ushbu tashkilotga raisi sifatida Tanzila Narbayevani taklif qildi. Ayollarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va aniqlangan muammolarni hal qilish uchun byudjetdan qo‘shimcha ravishda 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi.

29 dekabr 2020, 12:31

2021 yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilni Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e’lon qilishni taklif qildi.

28 dekabr 2020, 17:13 1

O‘zbekiston prezidenti parlamentga murojaatlarida eng ko‘p qaysi so‘zlarni ishlatgan

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari oxirgi 3 yilda qilingan parlamentga murojaatlarning lingvistik va kontent tahlilini o‘tkazib, ularni tasviriy ifodalovchi so‘zlar jamlanmasini tuzdi.

28 dekabr 2020, 16:34

Prezident bir guruh vatandoshlarga mukofotlarni topshirdi

Prezident mustaqillikning 29 yilligi arafasida taqdirlangan bir guruh vatandoshlarga faxriy unvonlar, orden va medallarni topshirdi. “Bu yerda o‘tirganlar bugungi kunning qahramonlari, mardona xalqimizning buyuk vakillari” — deya ta’kidladi davlat rahbari.

28 dekabr 2020, 15:57 1

Prezident murojaatnomasi 29-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi

Davlat rahbari murojaatnomada 2021-yilga nom berishi, mamlakatni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar, ichki va tashqi siyosatga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilashi kutilmoqda.

28 dekabr 2020, 13:06

Deputatlar prezident xavfsizlik xizmatiga oid qonun loyihasini ko‘rib chiqdi

Deputatlar ko‘rib chiqqan prezident xavfsizlik xizmatiga oid qonun loyihasi MDH hamkorlik kelishuvi asosida ishlab chiqilgan hamda AQSh, Rossiya va Koreya tajribasi o‘rganilgan. Hozirga qadar xizmat bir qancha qonunosti hujjatlar asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Qonun esa xizmat faoliyatida huquqiy asosni yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

25 dekabr 2020, 18:01

Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi marta o‘tkazilayotgan O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib, nutq so‘zladi. Davlat rahbari o‘z nutqida Uchinchi Renessans, yosh volontyorlar faoliyati, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Toshkent tajribasi, «Yoshlar: 1+1» dasturi, Yoshlar kichik sanoat zonalari, «Yoshlar murojaati» elektron platformasi, tadbirkorlikka o‘qigan yoshlarga 4 foizlik kreditlar, yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash va boshqa mavzularga to‘xtaldi.

25 dekabr 2020, 16:14

Qonunga zid izohlar uchun javobgarlik joriy qilindi

OAV va bloglarda qoldirilgan izohlar uchun javobgarlik joriy etilmoqda. AOKA qonunga zid izohlar haqida resurs egasi va blogerlarni ogohlantiradi, 24 soat ichida izohlar o‘chirilmasa, sudga murojaat qilishi mumkin.

25 dekabr 2020, 12:41

Korrupsiya haqida xabar berganlar to‘g‘risidagi ma’lumot davlat siri etib belgilanishi mumkin

Korrupsiya to‘g‘risida axborot berayotganlarning shaxsi sir saqlanishi, o‘zi va yaqin qarindoshlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishi davlat tomonidan kafolatlanadi. Bu boradagi qonun loyihasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

24 dekabr 2020, 17:25

Abdulaziz Kamilov Misrning yangi elchisini qabul qildi

Abdulaziz Kamilov Misr Arab Respublikasining yangi elchisi Amira Fahmiyni qabul qilib, O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi va mas’uliyatli diplomatik missiyasini bajarishida muvaffaqiyat tiladi.

24 dekabr 2020, 13:41

«Qarz oluvchi tarmoq rahbarlari mas’uliyat va javobgarlikni sezayaptimi?» — prezident

Shavkat Mirziyoyev investitsiyalar va tashqi savdo sohasidagi bag‘ishlangan yig‘ilishda moliya institutlaridan olingan qarzlarning holati va natijalariga e’tibor qaratdi. «Qarz oluvchi tarmoq rahbarlari qarorlarda belgilangan mas’uliyat va javobgarligini sezayaptimi, yo‘qmi? Man o‘ylaymanki, hali yo‘q», — dedi prezident.

24 dekabr 2020, 12:50

Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollarining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollarining ilk muloqoti tashkil etildi. 2021 yilda muloqotga raislik qilish topshirilgan Tanzila Narbayeva uchrashuvni «mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun mutlaqo yangi maslahat maydonchasi» bo‘lib shakllanayotganini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting