Siyosat

11 fevral 2022, 15:30

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etilishini ma’lum qildi. Unga bosh vazir Abdulla Aripov rahbarlik qiladi, uning o‘rinbosari ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov bo‘ladi. Hududiy komissiyalarga esa hokimlar rahbar etib tayinlanadi. Komissiyalar yo‘llar holati va mavjud infratuzilma hamda avariya o‘choqlarini o‘rganadi.

11 fevral 2022, 14:59

Maktab va bog‘chalar oldida tezlik 30 km/soatdan oshmasligi shart — Shavkat Mirziyoyev

Toshkent shahridagi maktab va bog‘chalar oldida avtomobil harakatining maksimal tezligi 30 km/soatdan oshmaydi. Bu haqda prezident videoselektorda ma’lum qildi. Qolaversa, ayrim gavjum ko‘chalarda esa hozirgi 70 km soatdan 60 kmgacha tushirish zarurati borligi ta’kidlandi.

11 fevral 2022, 12:32

O‘zbekiston AQShdan Puma 3 AE harbiy dronlarini sotib oladi

O‘zbekiston Amerikaning AeroVironment kompaniyasidan razvedka ishlarini amalga oshiruvchi yengil RQ-20B Puma 3 AE dronlarini sotib oladi. Umumiy qiymati 8,54 mln dollarlik shartnoma bo‘yicha ishlar 2022 yil 30 noyabriga qadar tugatiladi. Shephard Defence Insight sayti hisob-kitoblariga ko‘ra, shartnoma doirasida O‘zbekistonga 40 ga yaqin dron yetkazib berilishi mumkin.

11 fevral 2022, 12:00

Diplomatik boykot ostida bo‘lib o‘tayotgan Pekin-2022 olimpiadasi

Xitoy poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari diplomatik boykotga uchradi. AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Daniya, Belgiya va boshqa davlatlar ushbu tadbirlarga hukumat amaldorlari va rasmiylarini yuborishdan bosh tortdi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa o‘yinlarni siyosiylashtirmaslik kerakligini ta’kidladi. Diplomatik boykotning sabablari, Olimpiya o‘yinlari tarixidagi boykotlar haqida — «Gazeta.uz» maqolasida.

11 fevral 2022, 11:21

Prezident birinchi marta yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash masalasida yig‘ilish o‘tkazadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash masalasida yig‘ilish o‘tkazadi. Bu davlat rahbari raisligida aynan shu masalaga bag‘ishlangan birinchi yig‘ilish bo‘ladi. Kuni kecha Avtotest va Autodriver asoschisi Komil Allamjonov «yo‘llarda YTH soni va o‘lim sonini qisqartirish uchun» kurash boshlaganini ma’lum qilgan edi.

10 fevral 2022, 19:27

Prezident Samarqandda tuman hokimlari, MB boshqarmasi rahbari va bir nechta amaldorni ishdan bo‘shatdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumani hokimi va IIB boshlig‘i, Nurobod tumani hokimi, Oqdaryo tumani prokurori va IIB boshlig‘i, Markaziy bank Samarqand viloyati Bosh boshqarmasi rahbari va viloyat elektr tarmoqlari korxonasi rahbari va boshqa amaldorlarni ishdan bo‘shatdi. Ularning ba’zilariga nisbatan korrupsiya holatlari bo‘yicha jinoiy ish ochilishi mumkin.

10 fevral 2022, 17:16

YeXHT bosh kotibi mart oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi

YeXHT bosh kotibi Helga Shmid mart oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. 3−4 mart kunlari Toshkent shahrida BMTning Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi global strategiyasi birgalikda amalga oshirilishining 10 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

10 fevral 2022, 15:52

Foto: Prezident Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Samarqandga tashrifi chog‘ida Shavkat Mirziyoyev an’anaga ko‘ra, Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Unga muftiy Nuriddin Xoliqnazarov hamda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov hamrohlik qildi. Qolaversa, davlat rahbari Imom Buxoriy majmuasi qurilishi bilan ham tanishdi. Bu yerda qariyb 10 ming kishilik masjid, 4ta minora, ayvonlar, yerostida galereyasi barpo etilmoqda.

10 fevral 2022, 13:26

Foto: Samarqand xalqaro aeroporti martda foydalanishga topshiriladi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini xalqaro aeroportdan boshladi. 83 mln dollarlik loyiha qariyb yakuniga yetib qolgan, hozirda yangi terminal to‘liq tiklanib, pardozlash ishlari olib borilmoqda. Soatiga 800 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yangi terminal martda foydalanishga topshiriladi.

10 fevral 2022, 11:02

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi. Tashrif doirasida yangi inshootlar qurilishi bilan tanishish rejalashtirilgan.

9 fevral 2022, 18:25

Nurdinjon Ismoilov Qozog‘istonning II darajali «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi

Chorshanba kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov Qozog‘istonga tashrifi davomida II darajali «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi. Shu kuni O‘zbekiston delegatsiyasi prezident Kasim-Jomart Toqayev qabulida bo‘lib, Qozog‘iston Parlamenti Majlisida ham qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

9 fevral 2022, 14:10

«2 mingga yaqin bog‘cha, maktab va tibbiyot muassasalari ichimlik suvini tashib kelishga majbur bo‘lmoqda» — prezident

Shavkat Mirziyoyev 1500 tadan ortiq mahallada markazlashgan ichimlik suvi taminoti yo‘lga qo‘yilmagani, 2 mingga yaqin bog‘cha, maktab va tibbiyot muassasalari ichimlik suvini tashib kelishga majbur bo‘layotganini ma’lum qildi. Buning yechimi sifatida kelgusi 5 yilda sohaga 40 trln so‘m investitsiya yo‘naltirilishi va ichimlik suvi ta’minoti 90 foizga yetkazilishi aytildi. 2022 yilning o‘zida budjetdan 2 trln so‘m, xalqaro moliya tashkilotlaridan esa 245 mln dollar jalb etiladi.

9 fevral 2022, 11:44

2022 yil oxirigacha elektroshoker va gazli qurollar ekspertizasi joriy etiladi

Prezident qarori bilan 2022−2023 yillarda 10 dan ortiq yangi turdagi ekspertizalarni o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan, video va fototexnika, videolarda transportning harakatlanish tezligini aniqlash, gazli va elektroshoker qurollar, avtomobillarga o‘rnatilgan gaz ballonlari portlashi, qolaversa, internetda bulutli servislar ekspertizasi o‘tkaziladi.

9 fevral 2022, 10:52

Afg‘onistonda gumanitar halokatning oldini olish asosiy vazifa — Abdulaziz Kamilov

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonda amalga oshirilayotgan har qanday ijobiy qadam va o‘zgarishlarni rag‘batlantirishi kerakligini ta’kidladi. O‘zbekiston TIV rahbari asosiy vazifa mamlakatda gumanitar halokatning oldini olish ekanligini eslatdi. «Vaziyatning keskinlashishi jamiyatda radikallashuv, turli guruhlar o‘rtasida to‘qnashuvlar, ekstremizm kuchlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin», — dedi vazir.

9 fevral 2022, 10:13

2022-yilda O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga Jahon bankidan $300 mln jalb qilinadi

Prezident qarori bilan O‘zbekistonda chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish maqsadlari uchun 2022-yilda Jahon bankidan 300 mln dollar kredit mablag‘lari jalb qilinadi. Qolaversa, “Veterinariya fidoyisi” va “Chorvachilik fidokori” ko‘krak nishonlari ta’sis etiladi.

8 fevral 2022, 16:13

Tal’at Valiyev Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari bo‘ldi

Tal’at Valiyev O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari etib tayinlandi. Avvalroq, Babur Shayakubov Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosarligidan ozod qilingandi.

8 fevral 2022, 14:55

Energiya resurslarni o‘zbek-qozoq bojxonasidan olib o‘tishni nazorat qilishga oid bitim tasdiqlanishi mumkin

2021 yil 6 dekabr kuni Nur-Sultonda imzolangan O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida energiya resurslarini bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tishni birgalikda bojxona nazoratidan o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlash kutilmoqda. Tegishli prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

8 fevral 2022, 12:24

«Lukashenkoning O‘zbekiston haqidagi fantaziyalarini jiddiy qabul qilish shart emas» — siyosatchilar va jamoatchilik faollari

Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekiston Ittifoq davlatiga qo‘shilishi mumkinligi bo‘yicha fikriga o‘zbekistonlik siyosatchilar va jamoatchilik faollari munosabat bildirdi. «Yuksalish» harakati raisi Bobur Bekmurodov bu «fantaziyalarni jiddiy qabul qilmaslikni» ta’kidlagan. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev Lukashenko va Solovyovni «o‘tgan-ketganni muhokama qiladigan, hammaning shaxsiy hayotiga burnini tiqadigan kampirlarga» o‘xshatgan. Adliya vaziri maslahatchisi Shahnoza Soatova Tashqi ishlar vazirligidan bu bayonotga munosabat bildirishini so‘ragan.

8 fevral 2022, 10:34 1

«O‘ylashimcha, O‘zbekiston ham Ittifoq davlatiga qo‘shiladi» — Lukashenko

Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston va sobiq ittifoq hududidagi ayrim davlatlar 15 yildan so‘ng Rossiya va Belarusni o‘z ichiga olgan Ittifoq davlati tarkibiga kirishi mumkinligini taxmin qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «mustaqil emas, balki suveren davlatlar» birlashmasi bo‘ladi.

8 fevral 2022, 08:46

Xabibulla Mirsoatov Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi

Yunusobod tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Xabibulla Mirsoatov Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari bo‘ldi. U Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbari Qudratilla Rafiqovning o‘g‘li.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting