Siyosat

5 yanvar 2020, 18:41

Bosh prokuror o‘rinbosari — amaldorlarning jinoiy daromadlarni legallashtirishi haqida

Kelgusida mansabdor shaxslarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlari va ular bilan bog‘liq sud jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq bo‘ladi, deya ma’lum qildi bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova.

1 yanvar 2020, 23:44

Maykl Pompeo tashrifi kechiktirildi

AQSH davlat kotibi Maykl Pompeoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi hamda «C5+1» formatidagi vazirlar uchrashuvi kechiktirildi.

1 yanvar 2020, 01:10

«Keng ko‘lamli islohotlarimizni faol davom ettiramiz» — prezident

Biz milliy yuksalishning muhim bosqichiga qadam qo‘ymoqdamiz. 2020 yilda ham iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda keng ko‘lamli islohotlarimizni faol davom ettiramiz, dedi prezident Yangi yil tabrigida.

31 dekabr 2019, 20:10

Shavkat Mirziyoyev yil yakunlarini sarhisob qildi

Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning oxirgi ish kunida parlament palatalari rahbarlari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar mutasaddilari bilan uchrashib, yil yakunlarini sarhisob qildi.

31 dekabr 2019, 13:12

Sog‘liqni saqlash vaziri Senat majlisiga bormagani uchun SSV xodimlari javobgarlikka tortildi

Sog‘liqni saqlash vaziri Senat majlisiga bormagani sababli SSV mas’ul xodimlariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.

30 dekabr 2019, 19:58

Maykl Pompeo O‘zbekistonga tashrif buyuradi

AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo 2020-yil 5-yanvar kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi, uni prezident Shavkat Mirziyoyev qabul qiladi.

30 dekabr 2019, 12:43

Ichki ishlar vaziriga yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklatildi

Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik darajasining kamayishi uchun shaxsan javob berishini ma’lum qildi.

28 dekabr 2019, 10:37

Prezident Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi sanoat majmuasi ochilish marosimida ishtirok etish uchun Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi.

28 dekabr 2019, 00:58

«Men muxolifatga qarshi emasman, lekin u shu yerda shakllanishi kerak» — prezident

Shavkat Mirziyoyev siyosiy muxolifat haqida so‘zlar ekan, u mamlakat ichida shakllanishi va xalqning barcha muammolarini bilishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

27 dekabr 2019, 17:36

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Olmaota yaqinida sodir bo‘lgan aviahalokatda insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston rahbariga hamdardlik bildirdi.

27 dekabr 2019, 16:19

Shavkat Mirziyoyev: 2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi

“2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi”, — dedi prezident. U Yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligini tashkil etish hamda “Yoshlar media xoldingi"ni tuzishni taklif qildi.

26 dekabr 2019, 18:51

Shavkat Mirziyoyev harbiy institut hamda harbiy qismga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismga tashrif buyurdi.

25 dekabr 2019, 18:10

Prokuratura va DXX xodimlarining daxlsizlik huquqi chegaralandi

Prokuratura va DXX xodimlarini ma’muriy javobgarlikka tortishda endilikda rahbariyatning ruxsati talab qilinmaydi. O‘zbekiston prezidenti bu haqdagi tegishli qonunni imzoladi.

21 dekabr 2019, 09:57

Shavkat Mirziyoyev MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.

20 dekabr 2019, 13:31

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatori bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokioda Yaponiya imperatori Naruxito bilan uchrashdi.

20 dekabr 2019, 09:44

Prezident MDH norasmiy sammitida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi.

20 dekabr 2019, 09:41

Shavkat Mirziyoyev Sindzo Abe bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidenti va Yaponiya bosh vaziri strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonotni imzoladi. Tokioda turli sohalarga oid bir qator hukumatlararo kelishuv va hujjatlar imzolandi.

18 dekabr 2019, 16:56

Prezident Yaponiya moliya vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti va Yaponiya moliya vaziri hamkorlikni kengaytirish hamda qishloq xo‘jaligi, energetika va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish istiqbollarini muhokama qildi.

18 dekabr 2019, 12:31

Prezident Nagoyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nagoyada tahsil olayotgan va fan bilan shug‘ullanayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi.

18 dekabr 2019, 12:23

Shavkat Mirziyoyev Nagoya universitetining faxriy doktori bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyevga Nagoya universiteti faxriy doktori unvoni berildi. Prezident ilmiy-akademik almashuvlar va texnologiyalar transferi bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya qo‘shma fondini tashkil qilishni taklif etdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting