Siyosat

17 aprel 2018, 22:58

TIV rahbari Kolumbiyaning yangi elchisini qabul qildi

O‘zbekiston va Kolumbiya siyosiy maslahatlashuvlarni muntazam o‘tkazish va ishbilarmon doira vakillari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

17 aprel 2018, 16:05

Ijtimoiy soha vakillarini obodonlashtirish ishlariga jalb qilish qat’iy taqiqlandi

Prezident ijtimoiy soha vakillarini obodonlashtirish ishlariga jalb etishni taqiqlash bo‘yicha huquqiy mexanizm ishlab chiqishni topshirdi. U Bosh prokuraturaga o‘qituvchi Diana Yenikeyevaning o‘limida aybdor shaxslarni javobgarlikka tortishga buyruq berdi.

16 aprel 2018, 15:12

Rikardo Ernesto Lagorio Argentinaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov qarorgohi Moskvada bo‘lgan Argentina elchisi Rikardo Ernesto Lagorioni qabul qildi.

16 aprel 2018, 15:07

Abu Bakr O‘rozov O‘zA rahbari o‘rinbosari bo‘ldi

Abu Bakr O‘rozov O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

16 aprel 2018, 13:16

O‘zbekiston va Yevropol strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashni rejalashtirmoqda

Yevropol O‘zbekistonni strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashga imkon beruvchi ro‘yxatga kiritdi.

16 aprel 2018, 11:00

Adliya organlari faoliyatida yangi mexanizmlar joriy etiladi

Prezident adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

13 aprel 2018, 20:58

Qo‘qonda hokim o‘zgardi

Sudyalar oliy kengashining sobiq raisi Ma’ruf Usmonov yana Qo‘qon hokimligiga tayinlandi.

12 aprel 2018, 21:34

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni prezidentlikka qayta saylangani bilan tabriklab, uni O‘zbekistonga taklif qildi.

12 aprel 2018, 21:07

TIV rahbari Gretsiyaning yangi elchisini qabul qildi

O‘zbekiston va Gretsiya TIVlar o‘rtasidagi muntazam siyosiy maslahatlashuvlar, Savdo-iqtisodiy va fan-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita majlislarini qayta boshlashga qiziqish bildirdi.

12 aprel 2018, 17:57

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 aprel kuni Sirdaryo viloyatiga boradi.

12 aprel 2018, 17:06

Sherzod Kudbiyev bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bo‘ldi

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Sherzod Kudbiyev bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bo‘ldi.

12 aprel 2018, 14:49

Abduqahhor To‘xtayev qurilish vaziri bo‘ldi

Toshkentning Olmazor tumani hokimi Abduqahhor To‘xtayev qurilish vaziri etib tayinlandi.

12 aprel 2018, 11:53

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjonning amaldagi prezidentini ushbu lavozimga qayta saylangani bilan tabrikladi.

12 aprel 2018, 11:32

Prezident davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirishga topshiriq berdi

Prezident davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari va muddatlarini tubdan qisqartirish, blank va shakllarni sezilarli darajada optimallashtirishga topshiriq berdi.

11 aprel 2018, 23:16

Shavkat Mirziyoyev Jazoir xalqiga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Jazoir prezidentiga Il-76 qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.

9 aprel 2018, 23:47

Bosh prokuror o‘rinbosari tayinlandi

Prezident G‘ayrat Hidoyatovni bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinladi.

9 aprel 2018, 13:43

«Ilmdagi 90-yillardagi sharoitimiz hozirgiga nisbatan yuz karra yaxshi edi» — prezident

«Hech qanday rivojlanish bo‘lmadi. Ilmdagi 90-yillardagi sharoitimiz hozirgiga nisbatan yuz karra yaxshi edi», — dedi prezident olimlar bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda.

8 aprel 2018, 18:47

O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari chegaradagi hodisani muhokama qildi

Abdulla Aripov va Sapar Isakov telefon orqali muloqotda O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida qirg‘iz fuqarosining o‘limiga olib kelgan hodisani muhokama qildi.

7 aprel 2018, 23:50

Fayzulla Qosimov IIV AT, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasi rahbari bo‘ldi

Fayzulla Qosimov IIV Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

7 aprel 2018, 23:19

Qirg‘iziston fuqarosi O‘zbekiston chegarachilar tomonidan otilgan o‘qdan halok bo‘ldi

Chegarani noqonuniy kesib o‘tgan Qirg‘iziston fuqarosi o‘zbek chegarachilari tomonidan otilgan o‘qdan halok bo‘ldi. Tergov harakati olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting