Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida byudjetdan tashqari «Obod va xavfsiz mahalla» jamg‘armasi tashkil etildi. Jamg‘arma mablag‘lari «xavfsiz mahalla» tamoyilini joriy etish, ehtiyojmandlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar yig‘inlarini moddiy-texnik jihozlash kabi maqsadlarda sarflanadi.
Cotton Campaign O‘zbekiston paxtasiga boykot hozircha bekor qilinmasligini bildirdi. Koalitsiya mamlakatda hali majburiy mehnatga barham berilmagani hamda ishchilarni himoya qilishda qo‘shimcha kafolatlarga ehtiyoj sezilayotganini qayd etib o‘tdi.
Prezident farmoni bilan, Jamoatchilik palatasi tashkil etiladi. 50 nafar a’zodan iborat Jamoatchilik palatasining raisi maqomiga ko‘ra vazirga tenglashtiriladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Cotton Campaign koalitsiyasini o‘zbek paxtasidan boykotni olib tashlashga chaqirdi. Vazir o‘z murojaatida o‘zbek matolaridan tayyorlangan niqoblar, jarrohlik xalatlar va boshqa turdagi shaxsiy himoya vositalari global tanqislikni hal qilishda yordam berishini ta’kidlab o‘tdi.
Nikolay Doroshenko Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. U oldin Qirg‘izistonda elchi bo‘lib ishlagan.
Pensiya jamg‘armasiga rahbarlik qilgan Baxrom Ashrafxanov O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi etib tayinlandi.
Choriyev Jasurbek Ergashevich O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Vengriyaga koronavirus bilan kurashish uchun 500 mingta tibbiy niqob jo‘natdi.
Milliy gvardiya qo‘mondoniga o‘rinbosarlar tayinlandi. IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Bekmurod Abdullayev Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Tojikistonda vaqtincha bo‘lib turgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning viza hamda ro‘yxatda turish muddatlari epidemiologik vaziyat barqarorlashgunicha uzaytiriladi.
Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumani hokimligi tashkil etildi. Tumanning butun hududi uchun «Hazorasp» EIZ imtiyoz va preferensiyalari amal qiladi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdan tashqari sammitida koronavirus pandemiyasi oqibatlariga qarshi samarali kurashish bo‘yicha bir qator takliflarni ilgari surdi.
G‘uzor tuman prokurori Bekzod Suyunov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi. Videoanjuman tarzida o‘tkaziladigan tadbirda koronavirus pandemiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama qilinadi.
O‘zbekiston koronavirus tarqalishining oldini olishga ko‘maklashish uchun Tojikistonga epidemiyaga qarshi kurashda zarur bo‘ladigan tibbiy va oziq-ovqat mahsulotidan iborat insonparvarlik yordamini yubordi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev har bir sektor hududida kamida 100 tadan xonadonda 1−1,5 sotixli issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Ogohlantirishdan keyin ham tomorqasiga ekin ekmaganlarga yer solig‘i oshirilgan stavkada qo‘llaniladi.
Tezkor va maxsus transport vositalarining to‘siqsiz o‘tib ketishiga halaqit bergan haydovchiga jarima miqdori oshirilishiga Oliy Majlisning 82 nafar deputati qarshi chiqdi.
Botir Xo‘jayev pensiyaga chiqqanligi sababli bosh vazir maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
2018 va 2019 yillarda DXX idoralari tomonidan xorijiy maxsus xizmatlar bilan hamkorlikda 9 ta terrorchilik harakatining oldi olingan. Ulardan 2 tasi O‘zbekistonda, 7 tasi hamdo‘stlik mamlakatlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lgan.
«Ro‘yxatdan o‘tkazish» tushunchasining kiritilishi, Toshkent shahrida propiskasiz ko‘chmas mulk sotib olish huquqi, propiska uchun nikohdan keyin bir yil birgalikda yashash sharti, Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tmasdan yashash muddatining 15 kunga oshirilishi — propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha qonun va Vazirlar mahkamasi qarorining loyihalarida.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting