Siyosat

21 mart 2020, 12:25

Shavkat Mirziyoyev Sergey Lavrovni orden bilan mukofotladi

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

20 mart 2020, 10:51

AT va kommunikatsiyalar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamshid Egamberdiyev AT va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U investitsiyalar va moliya masalalariga javob beradi.

19 mart 2020, 16:12

Prokuratura va IIV tuzilmasida yangi lavozimlar joriy etildi

Prezident qarori bilan prokuratura va ichki ishlar organlarida qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha mas’ul lavozimlar joriy qilindi. Bosh prokuratura va IIV tuzilmasida ham ayrim o‘zgarishlar bor.

19 mart 2020, 13:24

«O‘zbekiston 24» telekanali direktori MTRK raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

«O‘zbekiston 24» telekanali direktori Madamin Safarov Milliy teleradiokompaniya raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Alisher Xo‘jayev esa MTRK raisi bo‘ldi (bunga qadar vazifasini bajaruvchi edi).

18 mart 2020, 20:59

Prezident «Raqamli Toshkent» dasturini amalga oshirishga ruxsat berdi

Joriy yilda «Raqamli Toshkent» dasturi doirasida transportga chiptalarni onlayn sotib olish, maktablarda onlayn jurnal va kundaliklar, kommunal xizmatlar uchun onlayn to‘lovlar va yagona elektron tibbiy karta yagona tizimi joriy etiladi. May oyidan «Xalq nazorati» portali ish boshlaydi.

17 mart 2020, 18:03

Toshkent hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Durdona Rahimova Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

16 mart 2020, 19:40

Rustam Jo‘rayev Milliy gvardiya qo‘mondoni bo‘ldi

Ikki yildan beri ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Toshkent IIBB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Jo‘rayev Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlandi. Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Toshpo‘latov uning o‘rnini egalladi. Shuhratjon Sobirov esa IIV rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

15 mart 2020, 18:15 1

Bosh vazir aholi o‘rtasida vahima tarqatganlar javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi

Abdulla Aripov jamoat tinchligiga tahdid soluvchi chaqiriqlar va ma’lumotlarni tarqatganlar javobgarlikka tortilishidan ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avtomobillar qimmatlashganiga qarshi namoyish o‘tkazishga chaqirgan shaxs ushlangan va u qonun oldida javob beradi.

14 mart 2020, 15:40

Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida hokim o‘zgardi

Prezident tashrifidan so‘ng Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida hokim o‘zgardi. Yangibozor va Xozarast tumanlarida ham hokimlarning yangilanishi kutilmoqda.

13 mart 2020, 17:06

«Biz yolg‘on, balandparvoz gapirib shu ahvolga keldik» — prezident

«Biz yolg‘on, balandparvoz gapirib shu ahvolga keldik. Prezidentga yolg‘on gapirish — Vatanga xiyonat», — dedi prezident Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda. U viloyat rivojlanishda orqada qolib ketganini ta’kidlab, tadbirkorlikni rivojlantirishni tezlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

13 mart 2020, 16:20

Navro‘zga bag‘ishlab o‘tkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar bekor qilindi

O‘zbekistonda Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar koronavirus sababli bekor qilindi. Xalq sayli va umumxalq xayriya hashari esa tegishli profilaktik tadbirlar ko‘rilgan holda o‘tkaziladi.

13 mart 2020, 09:35

«O‘zavtosanoat» rahbari — avtomobillar narxining ko‘tarilishi, tannarxlarning pasayishi va majburiyatlar haqida

«O‘zavtosanoat» rahbari Shavkat Umurzoqovning so‘zlariga ko‘ra, so‘m devalvatsiyasi, xom-ashyo narxining ko‘tarilishi va past marjaga qaramay, kompaniya avtomobillar narxlarining o‘sishini to‘xtatib turgan edi. U ishlab chiqaruvchi avtomobillar narxini pasaytirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajargani — dollarlarda aksariyat modellar 2017 va 2018 yildagiga qaraganda arzonroq ekanini ta’kidladi.

12 mart 2020, 18:08

Prezident aholi salomatligini mustahkamlash tizimini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev koronavirus iqtisodiyot va boshqa sohalarga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi. U aholi salomatligini mustahkamlash tizimini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

12 mart 2020, 10:48

Prezident Xorazmga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi.

11 mart 2020, 10:12

Prezident «Raqamli Toshkent» loyihasi bilan tanishdi

Pezident ta’lim, tibbiyot, uy-joy kommunal, transport, qurilish, kadastr va boshqa sohalarni qamrab oluvchi «Raqamli Toshkent» loyihasi bilan tanishdi. Bu yil shahar miqyosida elektron tibbiyot kartasi joriy etiladi.

10 mart 2020, 17:11

Sardor Umurzoqov nomzodi bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga ma’qullandi

Qonunchilik palatasi bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga ma’qulladi.

10 mart 2020, 11:57

Olmazor tumaniga prokuror tayinlandi

Toshkent shahar prokurorining katta yordamchisi bo‘lib ishlagan Oybek Mannonov Olmazor tumani prokurori etib tayinlandi.

10 mart 2020, 09:09

Hukumat jahon bozorlaridagi vaziyatning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini muhokama qildi

O‘zbekiston hukumati xalqaro moliya va tovar bozorlaridagi vaziyatning mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sirini kamaytarish bo‘yicha choralarni ishlab chiqmoqda. So‘m kursi hozircha barqaror deb baholanmoqda.

9 mart 2020, 20:32

Neft narxi keskin pasaydi, rubl arzonlashdi — jahon birjalaridagi qulashlar

Brent neft narxi 35 AQSH dollari atrofida bo‘lib turibdi, rubl so‘nggi to‘rt yil ichida keskin arzonlashdi, jahon birjalari qulashni boshladi. Buning sabablari va oqibatlari — «Gazeta.uz» sharhida.

8 mart 2020, 16:12

«Hokimlar yerto‘lani tozalash bilan shug‘ullanadigan vaqt o‘tdi» — prezident

«Toshkentda juda katta resurslar bor. Hozircha ularning yarmidan ham foydalanilmayapti», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident hokimlar yerto‘la tozalashni bas qilib, tadbirkorlikni rivojlantirish bilan shug‘ullanish vaqti kelganini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting