Siyosat

19 iyul 2018, 21:03

«O‘zatom» agentligi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

19 iyul 2018, 16:29

Toshkent viloyati prokurori v. b. tayinlandi

Toshkent viloyati prokurorining sobiq o‘rinbosari Shavkat Raxmatov Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.

19 iyul 2018, 13:24

Bektemir tumaniga hokim tayinlandi

«SURE STEP» xususiy korxonasi bosh direktori lavozimida ishlagan Shohrux Mamajonov Bektemir tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

18 iyul 2018, 10:26

Oliy Majlis quyi palatasining ayrim qo‘mitalari tarkibi o‘zgardi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasiga yangi rais saylandi.

17 iyul 2018, 22:42

Prezident O‘zbekistonda farzandi o‘qituvchi bo‘lishni istaganlar soni kam ekanini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda farzandi o‘qituvchi bo‘lishni xohlaganlar 7 foiz, o‘qituvchilar orasida esa 3 foizni tashkil etishini keskin tanqid qildi.

17 iyul 2018, 22:18

Prezident maktab ta’limi darajasini ko‘tarishni topshirdi

Prezident o‘qituvchilar oyligini oshirish, ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish, o‘quv standartlari va dasturlarini qayta ko‘rib chiqishni topshirdi.

17 iyul 2018, 14:03

O‘zbekiston elchixonasi Moskva qamoqxonasida saqlanayotgan Ma’rufjon Shakarovga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda

O‘zbekiston elchixonasi Moskvadagi qamoqxonada saqlanayotgan Ma’rufjon Shakarovning onasi va xolasi bilan uchrashuvini tashkillashtirish borasida ish olib bormoqda

16 iyul 2018, 21:31

Yevropa ittifoqi O‘zbekiston bilan ikki tomonlama aloqalarni qayta tiklaydi

Yevropa ittifoqi O‘zbekiston bilan sherikchilik va hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bitimni yangilaydi.

16 iyul 2018, 19:46

O‘zbekiston-Qirg‘iziston yana ikki uchastkada chegara chizig‘ini belgilab oldi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston ikki uchastka bo‘yicha chegara chizig‘ini belgilab oldi.

16 iyul 2018, 15:42

Samarqand viloyatining yangi hokimi faoliyatini ta’mirlanayotgan Yoshlar markazini ko‘rishdan boshladi

Samarqand viloyatining yangi hokimi Erkinjon Turdimov faoliyatini ta’mirlanayotgan Yoshlar markazini ko‘rishdan boshladi.

15 iyul 2018, 11:38

Tojikiston hukumati rahbari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

O‘zbekiston va Tojikiston bosh vazirlari ikki davlat prezidentlari uchrashuviga tayyorgarlik masalasini muhokama qildi.

14 iyul 2018, 23:34

Surxondaryoliklar Erkinjon Turdimovga tashakkur bildirishdi va undan qolishini so‘rashdi

Erkinjon Turdimov hokim bo‘lib ishlagan vaqtida o‘zini qo‘llab-quvvatlagan Surxondaryo aholisiga minnatdorlik bildirdi. Surxondaryoliklar uning Samarqand viloyati hokimi etib saylanganidan xafa.

13 iyul 2018, 20:52

Samarqand viloyatining sobiq hokimi va uning yordamchisi hibsga olindi

Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev va hokimiyatning qator xodimlari hibsga olindi.

13 iyul 2018, 12:15

Shavkat Mirziyoyev Chernogoriya prezidentiga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev 13 iyul kuni Chernogoriya Respublikasi prezidenti Milo Jukanovichni milliy bayram — Davlatchilik kuni munosabati bilan tabrikladi.

12 iyul 2018, 18:47

Samarqand viloyatida hokim o‘zgardi

Bunga qadar Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Erkinjon Turdimov Samarqand viloyatiga hokim etib tayinlandi.

12 iyul 2018, 15:50

1995-yilda qabul qilingan o‘simliklar karantini to‘g‘risidagi qonun yangilandi

1995-yilda qabul qilingan “O‘simliklar karantini to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahriri tasdiqlandi.

11 iyul 2018, 15:49

Germaniyalik ekspert innovatsiya vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

Germaniya fuqarosi Karsten Xayns O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

9 iyul 2018, 22:22

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Tekirdog‘ provinsiyasidagi temir yo‘l halokatida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Turkiya rahbariga hamdardlik bildirdi.

9 iyul 2018, 12:36

Senat raisi Turkiya prezidentining inauguratsiya marosimida qatnashadi

Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning inauguratsiya marosimida qatnashadi.

9 iyul 2018, 10:33

Davlat soliq qo‘mitasi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Qoraqalpog‘iston va to‘rtta viloyat davlat soliq boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting