Siyosat

6 iyun 2020, 14:21

“So‘xdagi voqealar qirg‘iz xalqi bilan do‘stligimizga ta’sir qilmasligi kerak”

Prezident Farg‘ona viloyati rahbarlari va aholisi bilan uchrashuvda eng muhim masalalarni muhokama qilishga chaqirdi. So‘x tumanidagi voqealarga to‘xtalib, ular qirg‘iz xalqi bilan do‘stona munosabatlarga ta’sir qilmasligi kerakligini ta’kidladi. “Vazmin, sabr-toqatli, mehr-oqibatli bo‘lishimiz zarur”, — dedi prezident va tumani aholsining hayotini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarga to‘xtaldi.

6 iyun 2020, 02:56

Prezident Farg‘ona viloyatida ishga tushirilgan bir qator yangi loyihalar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida bir qator loyihalarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, viloyatda qambag‘al aholi bilan ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar bilan ham tanishdi.

5 iyun 2020, 19:43

“Sariq” va “yashil” hududlarda avtobus harakatlariga ruxsat beriladi

8 iyundan “sariq” va “yashil” hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi.

5 iyun 2020, 17:10

«Online Maktab» loyihasi davom ettiriladi

Xalq ta’limi tizimida masofaviy ta’limni rivojlantirish maqsadida «Online Maktab» loyihasi davom ettirilishi rejalashtirirlmoqda. Tegishli qaror loyihasiga ko‘ra, 1 avgustdan televizion videodarslarni tasvirga olish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda va 1 sentyabrgacha yagona markazlashgan maktab.uz platformasi yaratiladi.

5 iyun 2020, 15:17

«Ramatov diagnoz qo‘yadi, davolashga Aripov» — prezident

Shavkat Mirziyoyev bosh vazir birinchi o‘rinbosari Achilbay Ramatovga chegaradosh hududlarga borib u yerdagi muammolarni o‘rganishga topshiriq berdi. Alohida urg‘u chegaradosh hududlardagi kambag‘allikni kamaytirish va aholi yashash darajasini rivojlantirishga qaratiladi.

5 iyun 2020, 13:12

Kanada O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi kurash uchun $185 ming ajratadi

Kanada hukumati O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun 185 ming AQSH dollari ajratadi.

5 iyun 2020, 10:20

Piyodalar va velosipedlar ustuvor o‘rinda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning «Kalyon» kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan Toshkent shahrining transport konsepsiyasi bilan tanishdi. Konsepsiyada ustuvorlik piyodalar, velosipedlar va jamoat transporti harakatiga berilgan.

5 iyun 2020, 10:02

Prezident Farg‘onaga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona aholisining hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi.

4 iyun 2020, 17:55

Xorijiy aviakompaniyalar DXXga yo‘lovchilar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadi

1 iyuldan xorijiy aviakompaniyalar o‘z yo‘lovchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni DXXning chegara qo‘shinlariga majburiy ravishda taqdim etadi. Ma’lumotlar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining standart formatida berilishi belgilangan.

4 iyun 2020, 13:53

Yosh olimlar Toshkentda uy ololmayotgani tufayli Senat hokimiyatga so‘rov yubordi

40 nafardan ortiq Fanlar Akademiyasining yosh olimlari ko‘p qavatli uylar uchun birinchi to‘lovni 2019 yil noyabrda to‘lab berishgan. Sergeli tumanidan ajratilishi kerak bo‘lgan uylar yuzasidan, Senat qo‘mitasi Toshkent shahar hokimiga senator so‘rovi yubordi.

4 iyun 2020, 13:46

«Turkiya tashqi turizmni ochishi bilan biz ham ochamiz» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xorijlik sayyohlarni qabul qilishni Turkiya bilan bir vaqtda boshlashini ma’lum qildi. «Qayerda bizni qabul qilishga tayyor bo‘lsa, biz ham tayyor bo‘lamiz. Biz darrov samolyotlarimizni uchiramiz», — deya ta’kidladi davlat rahbari.

4 iyun 2020, 13:10

So‘x tumanidagi muammolarni bartaraf etishga 1 trln so‘m ajratiladi

So‘x tumanidagi barcha muammolarni bartaraf etish uchun 1 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu masala bo‘yicha prezident qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Co‘xlik yoshlarning oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinishi uchun 500 ta kvota ajratiladi, ular oliy o‘quv yurtlariga imtihonlarni o‘z ona tillari — tojik tilida topshirishlari mumkin bo‘ladi.

4 iyun 2020, 11:55

So‘x tumani IIBga yangi rahbar tayinlandi

So‘x tumani ichki ishlar bo‘limiga Rahimberdiyev Qosimjon rahbar etib tayinlandi. IIBning oldingi rahbari So‘x tumaniga hokim etib tayinlangan edi.

4 iyun 2020, 09:57

Shavkat Mirziyoyev — «Ish joyini ko‘paytirib, kambag‘allikni qisqartirish — boshqa maqsadim yo‘q»

«Ish uslubimiz shunday bo‘lishi kerak: 50 foiz karantin, 50 foiz iqtisodiyot» — prezident pandemiya sharoitida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarga e’tibor berish kerakligini ta’kidladi. Iqtisodiy kompleks a’zolariga Xitoy tajribasini o‘rganish tavsiya etildi.

3 iyun 2020, 16:14

So‘x tumaniga yangi hokim tayinlandi

Farg‘ona viloyati So‘x tumaniga Sayidbahrom Sayidmusayev hokim etib tayinlandi. U 2019 yildan buyon tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

3 iyun 2020, 16:00

O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish talabi qo‘yiladi

O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilish talab etilishini ko‘zda tutgan hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, fuqarolikni olish uchun talabgorlar o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlovchi imtihondan muvaffakqiyatli o‘tib, tegishli sertifikatga ega bo‘lishlari shart bo‘ladi.

3 iyun 2020, 11:06

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etiladi

Prezident farmoniga binoan, davlat organlarida xalqaro reytinglar bilan ishlash masalasini muvofiqlashtirish maqsadida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etiladi va u Parlament nazorati ostida bo‘ladi. Shuningdek, 1 oktyabrga qadar “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali ishga tushiriladi.

2 iyun 2020, 17:31

Hukumat a’zolari va vazirlar So‘x tumaniga yetib kelishdi

Prezident topshirig‘i bilan bir guruh hukumat a’zolari va vazirlar So‘x tumaniga vertolyot orqali yetib kelishdi. Ular tumandagi muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf etish bo‘yicha dastur ishlab chiqadi.

2 iyun 2020, 13:32

So‘x-Rishton yo‘li YeOII talablari sababli yopilgan — bosh vazir

Bosh vazir Abdulla Aripov So‘x-Rishton yo‘li 2019 yil avgustida ochilganidan ikki kun o‘tib Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan YeOII talabi bilan yopilganini ma’lum qildi. Qirg‘iz delegatsiyasi bilan uchrashuvda yo‘lni qisqa muddatlarda ochish masalasi yana ko‘tarildi.

1 iyun 2020, 21:59

IIV PPX Bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi

IIV PPX va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasiga Azizxon Umarxonov boshliq etib tayinlandi. Bunga qadar u Toshkent IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting