Siyosat

Kecha, 21:00

30 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda pandemiya boshlangandan beri koronavirusdan kunlik kasallanish bo‘yicha eng yuqori antirekord qayd etilishi, mamlakatga 3 mln doza Moderna vaksinasi olib kelinishi, yangi qaror va qonun imzolanishi — “Gazeta.uz"ning 30 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Kecha, 18:14

Talabalarga 14 foizlik ta’lim krediti ajratiladi

Prezident qarori bilan bakalavr va magistrlarga Markaziy bankning asosiy stavkasida ta’lim krediti ajratiladi. MBning asosiy stavkasi pasaytirilsa ta’lim krediti foizi ham kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi. Kredit olish uchun talabalarning oila a’zolari kafil bo‘lishiga ruxsat beriladi.

Kecha, 17:29

Odam savdosi ikki baravardan ziyodga oshgan — Tanzila Narbayeva

Senatning yalpi majlisida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov yarim yil ichida sodir etilgan jinoyatlar haqida axborot berdi. Jumladan, 99 ta odam savdosi fosh etilgani aytildi. Tanzila Narbayeva esa ushbu jinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan ikki baravardan ko‘proqqa oshgani va 34 ta holat chaqaloqlar savdosi bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

Kecha, 15:31

«Sudlar to‘g‘risida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi

Prezident imzolagan yangi tahrirdagi «Sudlar to‘g‘risida» gi qonun bilan sudyalik lavozimiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar kuchaytirilmoqda. Hujjatda shuningdek, sudyalarning intizomiy javobgarligi va ularning ijtimoiy himoyasi batafsil aks ettirilgan.

29 iyul 2021, 21:00

29 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda pandemiya boshlangandan beri koronavirusdan kunlik kasallanish bo‘yicha eng yuqori antirekord qayd etilishi, Shavkat Mirziyoyevning Olmaliqqa tashrifi, O‘zbekistonga koronavirusga qarshi yana 17,9 mln doza vaksina olib kelinishi rejalashtirilayotgani — “Gazeta.uz"ning 29 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

29 iyul 2021, 18:21

Prezident saylovi uchun partiyalarning vakolatli vakillari ro‘yxatga olindi

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti saylovi uchun beshta partiyaning vakolatli vakillarini ro‘yxatga oldi. Ular MSK majlislari, hujjatlarni topshirish, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganini tekshirish, ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida ishtirok etadi.

28 iyul 2021, 21:00

28 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda pandemiya boshlangandan beri koronavirusdan kunlik kasallanish bo‘yicha eng yuqori antirekord qayd etilishi, Tokio olimpiadasida O‘zbekiston delegatsiyasi qo‘lga kiritgan bronza medal, prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi — “Gazeta.uz"ning 28 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

28 iyul 2021, 18:00

«Bolalar g‘amxo‘rlikni to‘liq his qilayapti-mi? Afsuski, yo‘q». Prezident — mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari haqida

Chorshanba kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev mehribonlik uylaridagi bolalar g‘amxo‘rlikni to‘liq his qilmayotganini qayd etdi. Shuningdek, hokimlar, sektor rahbarlari va Xalq ta’limi vazirligi mehribonlik uylari bilan yetarlicha ishlamagani tanqid ostiga olindi. Shundan kelib chiqib, 16 ta «Mehribonlik uyi» va 4 ta «Bolalar shaharchasi» Milliy Gvardiya tizimiga o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

27 iyul 2021, 21:00

27 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda pandemiya boshlangandan beri koronavirusdan kunlik kasallanish bo‘yicha eng yuqori antirekord qayd etilishi, vaksinadan bosh tortganlar ishdan chetlatilishi mumkinligi, O‘zbekiston Olimpiadaning to‘rtinchi kunini ham medalsiz yakunlashi — “Gazeta.uz"ning 27 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

27 iyul 2021, 12:49

Javlon Vahobov O‘zbekistonning Braziliyadagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov endi bir vaqtning o‘zida Braziliyadagi elchi vazifasini ham bajaradi. Shuningdek, u O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi vazifasida ham faoliyat olib boradi.

27 iyul 2021, 01:12

Senatning 17 yalpi majlisi 30 iyul kuni chaqiriladi

Senatning navbatdagi yalpi majlisida O‘zbekiston aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash hamda Zaytun moyi va zaytun mevasi to‘g‘risidagi xalqaro bitimga qo‘shilish haqidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, 2021 Davlat dasturining yarim yillik ijrosi, IIVning huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda Davlat ekologiya qo‘mitasining moratoriyga amal qilinmaslik holatlari bo‘yicha axborotlari tinglanadi.

26 iyul 2021, 21:00

26 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning haftalik ish grafiki, Olimpiada rekordini o‘rnatgan o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi, Moliya vazirining fuqarolarni “Tashabbusli byudjet"dan faol foydalanishga chaqirishi — “Gazeta.uz"ning 26 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

26 iyul 2021, 18:59 2

Moliya vaziri fuqarolarni «Tashabbusli byudjet»dan faol foydalanishga chaqirdi

«Tashabbusli byudjet» bo‘limini o‘z ichiga olgan «Ochiq byudjet» portali ishga tushirilganidan buyon fuqarolar 8000 dan ziyod murojaat yo‘lladi, ularni hal qilishga qariyb 160 mlrd so‘m ajratildi, deya ma’lum qildi moliya vaziri Timur Ishmetov. U o‘zbekistonliklarni mazkur platformadan faolroq foydalanishga chaqirdi.

26 iyul 2021, 14:49

YeXHTning maxsus missiyasi prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonini ijobiy baholagan — MSK

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov Ehtiyojlarni baholash missiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayoni bo‘yicha «juda ijobiy» xulosa berganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, missiya o‘tgan saylovlar bo‘yicha YeXHTning tavsiyalarini saylov amaliyotiga joriy etilishini ham ijobiy baholagan.

26 iyul 2021, 13:05

Afg‘oniston bilan chegarada palatkalar shaharchasi qurilmayapti — DXX Chegara qo‘shinlari

DXX Chegara qo‘shinlari «Gazeta.uz» so‘roviga bergan javobida Afg‘oniston bilan chegara hududda qochoqlar uchun palatkalar shaharchasi qurilayotgani haqidagi xabarni rad etdi. Shuningdek, Chegara qo‘shinlari afg‘on harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar ko‘ngillilari iyun oyida O‘zbekiston chegarasini qay tarzda kesib o‘tishganini ham ma’lum qilishdi.

26 iyul 2021, 11:59

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan avgust boshida uchrashadi

Prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi avgust oyining boshida o‘tkazilishi kutilayotgani ma’lum qilindi. Bundan tashqari, davlat rahbarining haftalik ish rejasi haqida ham ma’lumot berildi.

25 iyul 2021, 07:06

2022 yildan aholi va tadbirkorlardan 15 turdagi hujjat va ma’lumotlarni so‘rash tartibi bekor qilinadi

1 yanvardan boshlab davlat organlari tomonidan moliyaviy hisobotlar nusxalari, jismoniy shaxslarning so‘nggi 12 oydagi ish haqi to‘g‘risidagi, tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tganligi, davlat boji, yig‘imlar va aliment to‘langanligi, kam ta’minlanganlik va fuqaroning «Yoshlar daftari» yoki «Ayollar daftari»ga kiritilganligi haqidagi jami 15 turdagi ma’lumotlarni so‘rash tartibi bekor qilinadi. Ushbu ma’lumotlar «Elektron hukumat» platformasi orqali onlayn olinadi.

24 iyul 2021, 22:36

«16 fevral voqealari»da ayblangan 5 fuqaro oqlandi

1999 yilning 16 fevral kuni poytaxtdagi portlashlar sabab jinoiy javobgarlikka tortilgan 5 fuqaro oqlandi. Oqlanganlar «16 fevral voqealari»ning asosiy ijrochilari deb topilganlar emas. Ular sobiq bojxona xodimlari hisoblanadi.

24 iyul 2021, 22:32

24 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Xorijiy davlatlar rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashi, yangi chiqarilgan qarorlar, Toshkentning Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari chegarasi o‘zgarishi, Tokio olimpiadasining birinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilarlar birorta ham g‘alabaga erishmagani — “Gazeta.uz"ning 24 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

24 iyul 2021, 19:36

Toshkentning Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari chegarasi o‘zgardi

Toshkentning Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari hududiga Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray, Yuqori Chirchiq va O‘rtachirchiq tumanlaridan 7,8ming gektardan ko‘proq yer maydonlari qo‘shib berildi. Shu bilan birga, Sergeli va Bektemir tumanlaridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyatiga o‘tkazildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting