15 sentabr, yakshanba

Siyosat

O‘zbekiston ikkita xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi 

O‘zbekiston Qozog‘iston va Turkmaniston bilan chegaralar tutashgan hudud hamda Afg‘oniston bilan huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikatsiya qildi.

Shavkat Mirziyoyev Abdulfattoh as-Sisini saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi 

Shavkat Mirziyoyev Abdulfattoh as-Sisini Misr prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi.

Qurilish vazirligi tashkil etildi 

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bazasida O‘zbekiston Qurilish vazirligi tashkil etildi.

Toshkentdagi markaziy ko‘chalardan biriga Chingiz Aytmatov nomi beriladi 

Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi arafasida O‘zbekiston poytaxtidagi markaziy ko‘chalardan biriga uning nomi beriladi.

Xalqaro migratsiya tashkiloti rahbari O‘zbekistonga tashrif buyurdi 

O‘zbekiston Xalqaro migratsiya tashkiloti faoliyatida to‘laqonli a’zo sifatida qatnashish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Tashqi ishlar vaziri Belarusning yangi elchisini qabul qildi 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va Belarusning yangi elchisi oliy va yuqori darajalarda bo‘lajak uchrashuvlar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.

DXX rahbari — O‘zbekistonga xavf solayotgan tashqi va ichki tahdidlar haqida 

Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Ixtiyor Abdullayev davlat xavfsizligiga tahdid sifatida siyosiy muxolifat, diniy erkinlikning noto‘g‘ri talqin etilishi, «zararli investitsiyalar» va boshqa omillarni sanab o‘tdi.

Prezident Jizzax viloyatiga keldi 

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi jarayonida xorijga paxta eksporti hajmini kamaytirib, uni O‘zbekistonda qayta ishlash miqdorini oshirish rejalari haqida so‘zladi.

O‘zbekistonda Qirg‘iziston madaniyati kunlari o‘tkaziladi 

Farg‘onada O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari raisligi ostida ikki davlat chegaradosh viloyatlar hokimlari kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

IIV Terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi 

IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig‘i va boshliqning birinchi o‘rinbosari tayinlandi.

Senat Davlat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi 

Senat Davlat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi. Hujjat bevosita prezidentga bo‘ysunuvchi DXX faoliyatining asosiy tamoyillarini belgilab beradi.

Shavkat Mirziyoyev kuzda Hindistonga borishni rejalashtirmoqda 

O‘zbekiston va Hindiston tashqi ishlar vazirlari Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik masalalarini mahokama qildi.